|
Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva
|
bet | 31/116 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 5,55 Mb. | | #233060 |
Bog'liq JAHON-AXBOROTRESURSLARI (1)STN International
stnweb.fiz-karlsruhe.de
Akademik yo‘nalishdagi 200 dan ziyod ma’lumot bazalarini to‘playdi. Shu jumladan, ustunlik qilayotgan sohalarga alohida e’tibor qaratiladi. Bular: ximiya, fizika, geologiya, materialshunoslik, biotexnologiya, energetika, farmakologiya, toksikologiya, matematika va qishloq xo‘jaligi. Qidiruv tizimi web-interfeys va telnetga yaqin bo‘lgan qidiruv mexanizmiga ega. Ba’zi resurslarga 4 kunlik bepul sinov foydalanish (IP-manzil asosida aniqlanadi) -STN Sneak Preview taqdim etiladi.
Taylor & Francis Group online-tizim nomi
Informaworld
http://www.informaworld.com/
Taylor & Francis jurnallari – universal komplektlash yo‘nalishiga ega kutubxonalar uchun tavsiya etiladigan nufuzli nashrlar hisoblanadi. Meditsina, hayot faoliyati haqidagi fanlar, ijtimoiy-gumanitar sikldagi yo‘nalish bo‘yicha to‘ldiriladi. Manbalarning (jurnallar) umumiy miqdori – 1800 ga yaqin. Barcha taqdim etiladigan jurnallar – to‘liq matnli. Asosan to‘ldirishda meditsina; hayot faoliyati haqidagi fanlar, ijtimoiy-gumanitar sikl, shu jumladan iqtisod va biznesga oid resurlarga ahamiyat qaratiladi. Erkin foydalanish uchun – jurnallarning mundarijasi, maqolalarning referatlari va bibliografik tavsifi taqdim etiladi.
Routledge Reference Religion Resource http://www.reference.routledge.com/public/religion.html
Routledge Reference Religion Resource – dinshunoslik bo‘yicha onlayn foydalanish imkonini beradigan, bir vaqtning o‘zida bir qancha manbalardan topish imkonini beradigan zamonaviy qidiruv tizimiga ega eng yaxshi ma’lumotnoma nashri hisoblanadi.
Bu noyob kolleksiyada quyidagilar taqdim etilgan:
14 000dan ziyod dinshunoslikka nufuzli ishlar, shu jumladan, mumtoz ensiklopediyalar: Protestantlik ensiklopediyasi, Papstva ensiklopediyasi, Ilk xristianlik ensiklopediyasi, O‘lim va o‘lish ensiklopediyasi, Diniy Erkinlik ensiklopediyasiga ega;
tadqiqotchi va talabalar uchun fanlarni keng diapazoni, shu jumladan, falsafa, tarix, osiyo tadqiqotlari, sotsiologiya fanlari;
muharrir, muallif, muharririyat xizmatchilaridan 3000 dan ziyod maqolalar;
soha yo‘nalishlari -tarix, falsafa va din sotsiologiyasidan tortib, to yangi diniy harakatlar, mahalliy din va islom;
minglab turli sohalarga oid nufuzli mualliflik maqolalari, shu jumladan, magiya va alximiya, islomning kelib chiqishi va tarqalishi, protestantlik va katolik missionerlik, ekologik va meditsina etikasiga oid maqolalarni o‘z ichiga oladi.
|
| |