Termik ta’siri - teri to‘qimasining hujayrasini qizishidan kuydirishi - gacha olib kelishi mumkin.
Elektrolitik ta’siri - organizmning suyuqliklari parchalanishi natijasida qonning va hujayralarning kimyoviy va fizik hususiyatlari o‘zgarilishi kuzatiladi.
Biologik ta’siri- tanani bioenergetik jarayonini buzilishi, ya’ni tirik hujayralarni to‘lqinlanishi va mushaklarni keskin qisqarishiga olib keladigan holat.
Elektr tok bilan shikastlanishni ikki turini ko‘rsatish mumkin: elektr jarohat va elektr zarb.
Elektr jarohatlanishi- insonni tanasini ayrim joylarini shikastlanishi, elektr kuyishi, elektr belgilari va terini metallanishini ko‘rinishlariga ega.
Inson tanasidan tok o‘tishi natijasida tanani qizishi - elektr kuyish deb ataladi. Tanani ichki va tashqi qismi kuyishi mumkin. Jarohat olish sharoitlariga ko‘ra kontakt, yoyi va aralash kuyishlarga ajratiladi.
4.1- rasm. Inson tanasidan tok o‘tishi natijasida tanani elektr kuyishi
Teri yuzasidagi kul yoki oq-sariq rangli dog‘lar elektrbelgilar deb ataladi. Shu dog‘lar tanani elektr o‘tkazgich qismlar bilan tutashgan joylarda hosil bo‘ladi. Ular ko‘pincha og‘riqsiz bo‘ladi, vaqt o‘tishi bilan o‘tib ketadi.
4.2- rasm. Yashin shakldagi elektr belgili ko‘rinishi
Tok ta’sirida metallarni zarrachalari bo‘g‘lanib, teri yuzasini qoplab oladi. Lat yegan qismini yuzasi g‘adir-budir bo‘lib qoladi. Shu holat elektr metallanish deb ataladi. Bu holat inson tanasi uchun xatarli emas, lekin ko‘zni metallanishi xavfli bo‘ladi.
4.3- rasm. Tok ta’sirida ter yuzasini elektr metallanishi
Yuqorida aytilgandan tashqari mehanik shikastlanishlar va elektroftalmiya ham elektr jarohatlanishiga kiradi. Tok o‘tishi vaqtida mushaklarni keskin qisqarishi natijasida terini, qon tomirlarini va nervlarini yorilishiga, suyaklarni sinishiga va tobiqlarni chiqishiga sabab bo‘ladi.Yoydan chiqayotgan ultra-binafsha nurlari natijasida ko‘zni shamollashini еlektroftalmiya deb aytiladi.
Elektr tokni ta’siri natijasida tirik to‘qimalarni to‘lqinlatib mushaklarni keskin qisqartirishiga olib keladigan holat elektr zarb deb ataladi. Odamni tok urish xolati to‘rt darajada baholanadi:
1 – darajada odam hushidan ketmagan holda yeqilib tushish, mushaklarni qisqartirishiga olib keladi;
– darajada odamning nafas olishi va yurak faoliyatiga ta’sir etilmagan holda hushdan ketish;
– darajada nafas va yurak faoliyatiga ta’sir etilgan holda hushdan ketish;
– darajada elektr shok, qon aylanishi va nafas olish to‘xtab, klinik o‘limyuz beradi.
Klinik o‘lim-bu odamni tirik va o‘lim orasidagi holat, shu holatida yurakni faoliyati va nafas olishi to‘xtaydi, insonda hech qanday hayot alomatlari sezilmaydi. Klinik holati 6-8 minut davom etadi. Shu davrida hech qanday yordam bermagan taqdirda miyani hujayralari parchalanib qaytarilmas-biologik o‘limiga o‘tib ketadi.
Inson tanasini elektr tokiga ko‘rsatayotgan qarshiligi
Inson tanasidan o‘tayotgan tok, eng kichik qarshilik ko‘rsatadigan yo‘lidan boradi. Shu holatida tanani qismlari har xil solishtirma qarshiligiga ega bo‘lgani bilan tushuntiriladi.
4.4- rasm. Inson terisining ko‘rinishi (kesmada) а) epidermis – terning tashqi qatlami; b) derma - terning ichki qatlami; 1) yuqori qatlami; 2) usish qatlami; 3) yog‘ qatlami; 4) ter bezi; 5) yog‘ bezlari; 6) qil; 7) qon tomiri; 8) sezgi asab
Insonni elektr tokidan shikastlanishining asosiy omillari
Elektr shok elektr tok ta’siriga ko‘rsatgan tanani og‘ir nervreflektori reaksiyasi. Shu holatida qon aylanishi, nafas olishi, asab tizimi va boshqa tizimlarni buzilishiga olib keladi. Shu daqiqadan so‘ng tanani to‘lqinlanishi fazasi boshlanadi: arteriya bosimi ko‘payadi, o‘g‘rig‘iga reaksiya hosil bo‘ladi, va hakazo. Shundan keyin esa tormoz fazasi boshlanadi: nerv tizimi bo‘shashadi, arterial bosimi kamayadi, nafas olishi susayadi va depressiya holati boshlanadi.
Elektr tokidan sikastlanishning asosiy sabablari. Elektr qurilmalarini ishlatish xavfligini taxlili inson tanasidan o‘tayotgan tokni meyorida, turli holatida kuchlanish ostida qolishi va turli tarmoqdagi turli factor va parametrlarini ulanib qolishi ta’sirini baholashiga keltiradi.
Elektr tarmoqlar o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tokli bo‘ladi. O‘zgaruvchan tok bir fazali va ko‘p fazalilarga ajratiladi. O‘zgaruvchan tokni uch fazali tarmoqlar turi eng ko‘p qo‘llaniladi. Transformator yoki generator neytral rejimi bo‘yicha, uch fazali tarmoqlar izolyasiyalangan yoki mustahkam yerga ulangan bo‘lishi mumkin. Agar generator yoki transformator yerdan izolyatsiyalangan bo‘lsa, yoki katta qarshilik orqali yerga ulanilgan bo‘lsa, izolyatsiyalangan neytral (kuchlanish transformatorlar, kompensasiyalovchi g‘altaklar va boshqalar) deb ataladi. Agar yerga ulash qurilmalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, yoki kichik qarshilik aparatlar orqali yerga ulangan bo‘lsa mustahkam yerga ulangan neytral (tok transformatorlari va boshqalar) deb ataladi.
Inson uchun elеktr havf darajasi bo‘yicha ish sharoitlari quyidagicha ajratiladi: yuqori havfi, xavfli va havfsiz darajalari.
|