|
Muhammadal-xorazmiynomidagi
|
bet | 3/4 | Sana | 20.08.2024 | Hajmi | 328,62 Kb. | | #269721 |
Bog'liq MI1. Yuqori havf daraja sharoitlari:
namligini mavjudligi (bug‘lar yoki suv tomchilari mavjudligi va
nisbiy namlig 75 % dan oshiq);
tok o‘tkazuvchan changlarni mavjudligi (tеxnologik yoki boshqa changlar elеktr simlarni qoplab mashinalar va uskunalarni ichkari qismlarga kirib izolyatsiyalarni sovutish sharoitlarini buzadi, lekin yong‘in yoki portlash havfi bo‘lmaydi);
v) yuqori haroratni mavjudligi (yil fasliga va turli issiqlik nurlanishlarga qaramasdan uzoq vaqt davomida harorat 350C dan va qisqa vaqt davomida 400 oshadi).
2. Xavfli darajadagi sharoitlar:
namlikni mvjudligi (yomgir, kor, tеz-tеz suvni purkab turilishi, namlik bilan qoplangan pol, patolok, dеvor va xonada joylashgan boshqa prеdmеtlar);
kimyoviy faol muhitni mavjudligi (uzoq vaqt davomida izolyatsiya va uskunani tok o‘tkazuvchi qismlarga ta’sir etuvchi yoki, doimo bo‘lgan agrеssiv bug‘lari, gaz va suyuqliklar);
v) yuqori xavfli ikki va undan ko‘p bo‘lgan yuqori xavfli
sharoitlariga xos hususiyatlar;
3. Havfsiz darajalari
Insonlarni elеktr tok jarohatlanishi sharoitlarni yo‘qligi yuqori xavfli, yoki ayniqsa xavfli sharoitlari yo‘qligi
Elektr qurilmalarini himoya vositalari Umumiy tushuncha va tavsifi
Elektr qurilmalarida qo‘llanib kelayotgan himoya choralari shartli ravishda ikki guruhga bo‘linishi mumkin: elektr qurilmalarni meyori ish sharoitlariga havfsizligini ta’minlash va avariya holatidagi sharoitlarini havfsizligini taminlash.
Meyoriy ish sharoitlarida havfsizlikni taminlash choralari quyidagicha; izolyatsiya, tok o‘tkazuvchi qismlarni oldiga to‘siqlar o‘rnatish; havfsizlik blokirovkalarni qo‘llash; orentasiyani ta’minlash; elektr tarmoqlarni yerdan izolyatsiyalash; yerga ulanib qolgan tokni hajm qismini kompensatsiyalash; himoyalovchi qisqa tutashuv tashkil qilish; kichik kuchlanishni qo‘llash; izolyatsiyalangan maydonchalarni qo‘llash; potensiallarni tenglashtirish.
Avariya sharoitida (izolyatsiya lat olgan sababli tok yurmaydigan qismlarga kuchlanishni o‘tib ketishi) ishlab turgan elektr qurilmani havfsizligini ta’minlashda quyidagi choralar qo‘llaniladi: himoyalovchi yerga ulash (zazemleniya); nollanish (zanuleniya); himoyalovchi o‘chirish; ikki qavatli izolyatsiyani qo‘llash; ish joyini izolyatsiyalash; baland kuchlanishdan past kuchlanishga o‘tishida himoya choralrini qo‘llash.
Elektr qurilmalarni turlariga, oziqa manbai sharoitlariga (kuchlanish qiymatlari, neytral holati) va ishlatish sharoitlariga (atrof muhit) qarab havfsizlik taminlashida jamlanganlik choralari qo‘llaniladi.
Elektr izolyatsiya bu dielektrik qatlami (tok o‘tkazmaydigan qatlam), yoki dielektrkdan tayyorlangan uskunani izolyatsiyasi, yoki tok o‘tkazuvchi elementlarni boshqa qismlardan ajratilib qo‘yish.
Elektr uskunalarida quyidagi izolyatsiya turlari qo‘llaniladi:
- ishchi izolyatsiya elektr qurilmalarini tok o‘tuvchi qismlaridagi havfsizligini ta’minlovchi elektr izolyatsiyasi;
- qo‘shimcha izolyatsiya-ishchi izolyatsiyani lat olishi havfi bo‘lsa, elektr qurilmani himoyalash uchun qo‘llaniladigan qo‘shimcha
izolyatsiyasi;
- ikki qavatli izolyatsiya ishchi va qo‘shimcha izolyatsiyalardan tashkil topgan izolyatsiya;
- puhtalangan izolyatsiya ikki qavatli izolyatsiyani darajasiga ega bo‘lgan, yaxshilangan ishchi izolyatsiyasi;
Izolyatsiyani elektr sxemasi uchta parallel ulangan shohchalaridan iborat.
Harorat va qo‘shimcha kuchlanishi ko‘tarilishi bilan hamda ish jarayonida eskirish tufayli izolyasiyani ko‘rsatgichlari kamayadi (yomonlashadi). Kuchlanish 120V gacha ko‘tarilguncha izolyasiya qarshiligi kamayib boradi. Undan keyingi ko‘tarishlar izolyasiyaga ta’sir etmaydi, lekin kuchlanish hatdan tashqari ko‘payishi izolyasiyani yorib o‘tishiga olib keladi.
Izolyatsiya holati uchta ko‘rsatgichlarga ega: elektr mustahkamligi, elektr qarshiligi va dielektrik yo‘qotishlari. Elektr mustahkamligini sinovi yuqori kuchlanishda yorib o‘tishiga tekshiriladi, elektr qarshiligi–o‘lchov bilan, dielektrik yo‘qotishlari – mahsus tadqiqotlar bilan aniqlanadi.
Izolyatsiyani ishlatishdan oldin kamchiligini va lat yegan joylarni aniqlash uchun mahsus qa’bul qilish-topshirish sinovlar o‘tkaziladi:
kapital va joriy ta’mirlashdan keyingi tekshiruv sinovlar;
ta’mirlash orasida, qoida bilan belgilangan mudatida yoki kamchiliklar aniqlangandan so‘ng profilaktika sinovlar o‘tkaziladi; - izolyasiyani doimo nazorat ostida bo‘lishi.
Elektr uskunalarni kuchlanish 1000V dan katta bo‘lsa, barcha uchta ko‘rsatgichlar tekshiriladi, agar kichik bo‘lsa faqat izolyasiyani qarshiligi bilan yuqori kuchlanish sinovdan o‘tkaziladi.
Izоlyatsiyani dаvriy nаzоrаt qilishdа mахsus o‘lchоv аsbоblаri - mеgоmmеtr bilаn izоlyatsiyani fаоl qаrshiligini o‘lchаsh nаzаrаdа tutilаdi. Ishlаb chiqаrilаdi MC 1101, MC1102/1 mаrkаli
M4000 vа 4100 seriyali mеgоmmеtrlаr 100, 250, 500, 1000 vа 2500 V kuchlаnishni o‘lchаydi. Elеktr uskunаni izоlyatsiyasini qаrshiligini o‘chirilgаn hоlаtidа o‘lchаnаdi. Misоl uchun, kuchlаnish 1000 V gаchа bo‘lgаn kuchlanish tоk vа eritkichlаrni elеktr o‘tkаzgichlаrini izоlyatsiyasini qаrshiligini o‘lchаsh vаqtidа, sаqlаgichlаr оrаsidаgi eruvchi ulamalаri оlinib, yoki o‘tkаzgich vа yer оrаsidаgi охirgi sаqlаgichdаn kеyingi, hаmdа istаlgаn ikkitа o‘tkаzgich оrаsidа, tоk zаnjirlаridа esа bаrchа elеktr priyomniklаr, аpаrаtlаr vа bоshqаlаr o‘chirilgаn bo‘lishi kerаk: yoritilish zаnjirlаridа yoritgichlаr o‘rnаtilmаgаn bo‘lib, rеzеtkаlаr, o‘chirgichlаr vа guruh qоlqоnchаlаri ulаngаn bo‘lishi kerаk. O‘lchаshlarni 1000V gа tеng bo‘lgаn kuchlаnishdа mеgоmmеtr yordаmidа o‘tkаzilаdi, shu bilаn birgа o‘lchаnаyotgаn bir minutlik qаrshiligi 500 k.om dаn kam bo‘lmasligi kerаk.
Shundаy o‘lchоvlаr hаr bir kаpitаl tаmirlаshidа kamida 3 yildа bir mаrtа o‘tkаzilish kerаk. Tа’mirlаsh оrаsidаgi vаqtlаrdа sinоv muddаtlаrini ishlаb chiqish, kоrхоnаni elеktr uskunаlаrigа jаvоbgаr shахs tаyinlаydi [18].
Elеktr uskunаlаrni o‘lchоvlаrni o‘chirilgаn hоlаtidа o‘tkаzish izоlyatsiyani qаrshiligini umumiy hоlаti to‘g‘risidахulоsа chiqаrib bo‘lmаydi. Elеktr mаnbаi izоlyatsiyalаngаn nеytrаl hоlаtidаgi tаrmоqlаrdа mеgоmmеtr yordаmidа har bir fаzаni izоlyatsiyasini qаrshiligini yergа nisbаtаn, kuchlаnishni vа istеmоlchilаrni o‘chirilmаgаn hоlаtidа o‘lchаsh mumkin. Shu o‘lchоvlаrni nаtijаlаr butun tаrmоq istе’mоlchilаr bilаn birgа izоlyatsiya qаrshiligini аniqlаsh vа ekspluаtаsiya dаvridаgi hаvfsizlik dаrаjаsini bаhоlаsh mumkin. Elеktr qurilmаlаrini zаnjirini izоlyatsiyasini qаrshiligini yergа nisbаtаn o‘lchаb turish-bu elеktr uskunаni izоlyatsiyasini ish vаqtidа dоimо nаzоrаt qilib turish dеmаkdir.
Xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlaridagi rivojlanish darajasini elektr energiyasisiz tasavvur qilish qiyin. Lekin, elektr energiyasi inson mehnatini yengillashtirib ish unumdorligini oshishiga olib kelish bilan bir qatorda, uning hayoti uchun xavfli ham hisoblanadi. Ishlab chiqarishda uchraydigan boshqa xavf manbalaridan elektr xavfi keskin farq qiladi. Chunki, ularni faqatgina maxsus jihozlar va asbob-uskunalar bilangina aniqlash mumkin.
Elektr tokidan jarohatlanish asosan quyidagi holatlarda yuz berishi mumkin:
1. Elektr yoyi orqali tok tasiri
2. Jihozlar korpusining metall qismlarida bexosdan tok sodir bo‘lishi natijasida
3. Katta o‘lchamdagi mashinalarni elektr uzatmalari liniyalariga ruxsat etilgan miqdordan kam masofada yaqinlashuvida.
Yuqoridagi holatlarga bog‘liq holda elektr tokidan jarohatlanish sabablarini quyidagi ikki guruhga, yani tashkiliy va texnik sabablarga ajratish mumkin:
Tashkiliy sabablarga, ishchilarni elektr xavsizligi bo‘yicha o‘qitilmaganligi va tegishli yo‘riqnomalardan o‘tkazilmaganligi; ishchilarni shaxsiy himoya vositalari bilan taminlanmaganligi; elektr qurilmalarini muxandis-texnik xodimlar tomonidan qoniqarsiz nazorat qilinishi; elektr qurilmalariga profilaktik tamirlash ishlarini sifatsiz olib borilishi; ish joylarida elektr qurilmalari va jihozlari bilan ishlash qoidalari hamda ko‘rsatmalarining bo‘lmasligi kiradi.
Texnik sabablarga esa: tok o‘tkazuvchi qismlarda ishonchli to‘siqlarni bo‘lmasligi; elektr qurilmalari, jihozlari va o‘tkazgichlarini noto‘g‘ri o‘rnatilishi hamda elektr qurilmalarini o‘rnatishda binolarning elektr xavfsizligi bo‘yicha kategoriyalarini hisobga olinmasligi; himoya va saqlash qurilmalarining bo‘lmasligi yoki ularni noto‘g‘ri o‘rnatilishi.
Ishlab chiqarishdagi elektr qurilmalarida sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalarning tahlili, asosan ushbu baxtsiz hodisalar elektr qurilmalari bilan ishlashga nomutaxassis ishchilarni qo‘yilishi, himoya vositalari bilan taminlash va undan foydalanish masalalariga etiborsiz munosabatda bo‘lish oqibatida sodir bo‘layotganligini ko‘rsatadi. Shu sababli elektr qurilmalaridan foydalanishda baxtsiz hodisalarni oldini olish “Elektr qurilmalarini o‘rnatish qoidalari - (PUE)” talablariga to‘liq rioya etilishini talab qiladi.
Elektr xavfsizligi deb insonlarni elektr toki, elektr yoyi, elektromagnit maydoni va statik elektr tokining xavfli va zararli tasiridan himoya qilishga qaratilgan tashkiliy va texnik tadbirlar hamda vositalar tizimiga aytiladi. 1862 yili De Merkyu elektrdan jarohatlanish to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni yoritdi. XX asrda avstraliyalik vrach insonni elektr toki o‘ldirishi mumkinligini, lekin tok bilan insonni o‘ldirish qiyinligi to‘g‘risida xulosa qildi.
Elektr tokining inson tanasiga tasiri bir necha omillarga, jumladan, tok kuchiga, inson tanasining elektr tokiga karshiligiga, kuchlanish miqdoriga, tok turiga va chastotasiga, tokni tasir etish vaqtiga, tokning inson tanasi bo‘ylab utish yo‘liga hamda insonning shaxsiy xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Elektr toki insonga uch xil, yani, kimyoviy, issiqlik va biologik tasir ko‘rsatadi. Kimyoviy tasirda inson tanasidagi qon va boshqa organik suyuqliklar buzilishi mumkin. Issiqlik tasirida esa tananing ayrim qismlarida kuyish hosil bo‘ladi. Biologik tasirda tananing tirik hujayralarini ko‘zg‘alishi va uyg‘onishi oqibatida muskullarni ixtiyorsiz ravishda tortishishi, qisqarishi yuzaga keladi.
Yuqoridagilarga mos holda, elektr tokining inson tanasiga tasiri elektr zarba, elektr kuyish va elektr shikastlanish ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Ushbu tasirlar ichida elektr zarba eng xavfli hisoblanadi va u elektr tokining inson tanasidagi muhim azolari: yurak, o‘pka, asab tizimi va boshqa shu kabi azolari orqali o‘tishi natijasida yuzaga keladi.
Elektr kuyishlar esa quyidagi ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: bevosita yoki kontaktli - bunday holat inson tanasining elektr qurilmalaridagi tok o‘tkazuvchi qismlar bilan yaxshi kontaktda bo‘lmasligi natijasida yuz beradi; bilvosita elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida erigan metall parchalarining sachrashi yoki elektr yoylaridagi uchqunlar tasirida yuz beradi.
Inson organizmining elektr tokiga qarshiligi. Elektr tokidan shikastlanishda inson tanasining qarshiligi muhim rol o‘ynaydi. Inson organizmining elektr tokiga qarshiligi 1000 Om dan 100 000 Om gacha bo‘lib, u quyidagi omillarga bog‘liq holda o‘zgaradi:
1. Tok kuchi va chastotasi
2. Terining holatiga (quruq yoki ho‘l, dag‘al yoki mayin, jarohatlangan yoki jarohatlanmagan)
3. Tokni ta’sir etish vaqti
4. Tanani elektr simi bilan bog‘lanish yuzasiga va darajasiga
5. Tokni inson organizmi orqali o‘tish vaqti
Ko‘pincha quyidagi holatlar ko‘p uchraydi:
- oyoq-oyoq – 0,4 % energiya yurak orqali o‘tadi;
- qo‘l-qo‘l – 0,4-3,3 % (eng xavfli o‘tish yo‘li hisoblanadi)
- qo‘l-oyoq - 1 va 2 holatlar oralig‘i hisoblanadi.
6. Organizmga tokni kirish joyi
7. Inson organizmi holati (asosan ruhiy holati)
8. Atrof-muhitning iqlimiy sharoitlari ( harorat, namlik, havo bosimi va b.)
Yuqori harorat va namlik, past atmosfera bosimi elektr tokidan jarohatlanish xavfini oshiradi.
Tok kuchi miqdorini ortishi bilan inson organizmida mos reaksiyalar sodir bo‘la boshlaydi. Ushbu reaksiyalarni quyidagi 3 turga ajratish mumkin:
1. Tokni sezish.
2. Muskullarni ixtiyorsiz qisqarishi.
3. Yurak fibrillyatsiyasi
Ikkinchi va uchinchi holatlardagi reaksiyalarda o‘lim xavfi tug‘iladi.
Inson organizmida asosiy reaksiyalar hosil qiladigan minimal tok miqdori, tok ta’siri boshlanish miqdori deb ataladi. Shunga bog‘liq holda tok quyidagicha tafsiflanadi:
1.Sezilarli tok (2 mA.gacha) .
2.Qo‘yib yubormaydigan tok (10…25 mA.)
3.Fibrillyatsion tok (50 mA.dan yuqori).
Tokning inson organizmiga ta’siri tok kuchi bilan bir vaqtda ta’sir etish vaqtiga ham bog‘liqdir. Yuqorida ko‘rsatilgan tok turlarining har biri uchun minimal ta’sir etish vaqti quyidagicha belgilangan:
1.Sezilarli tok (2 mA.gacha) -10 minutgacha
2. Qo‘yib yubormaydigan tok (10…25 mA.)-3 sek.
3.Fibrillyatsion tok (50 mA.dan yuqori)-1 sek.
Odamning tok tasiriga qarshiligi 30 sek. dan keyin taxminan 25%, 90 sek.dan keyin esa 70 % ga kamayadi.
Inson uchun 10 mA gacha bo‘lgan o‘zgaruvchan tok, 50 mA gacha bo‘lgan o‘zgarmas tok xavfsiz, shuningdek 0,05 A tok kuchi xavfli va 0,1 A tok kuchi halokatli hisoblanadi.
|
| |