|
NIKOH VA OILANING AXLOQIY ASOSLARI
|
bet | 127/193 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 2,19 Mb. | | #256562 |
Bog'liq Muhandislik-texnologiyaNIKOH VA OILANING AXLOQIY ASOSLARI, UNING YOSHLAR TARBIYASIDAGI O‘RNI.
Nikoh va oilaning ahloqiy asoslari xaqida so’z yuritishdan avval oila va nikoh nima? degan savolga qisqa ta’rif berishlikni lozim topdik. Oila so’zinivg lug’aviy ma’nosi haqida har xil nuqtai nazarlar bor. Masalan, Rimliklarda "oila" so’zi (familia) dastlabki mulk egasiga boysunadigan shaxslar (bu shaxslar mulkining bir qismi hisoblangan; mulk egasining o’z bolalari, xotini, asir, sotib olingan yoki meros bo’lib o’tgan qullar ham hisobga kirgan) majmuini bildirgan. "Ota" so’zi ham dastlab hozirgi ma’nodaga otani emas, balki o’ziga qarashli oilaning xo’jasi yoki egasi degan so’zni anglatgan. "Oila"ning lug’aviy ma’nosi boshqa bir manbaada quyidagicha izohlanadi: "Oila asli arabcha "ayolmand, niyozmand" ma’nolarini anglatuvchi “oil” so’zidan chiqqanligi "Farxangi zaboni tojikiyda qayd etilgan. "O’zbek tilining izohli lug’ati" da ham bu so’zning arabchaligi ta’kidlanib, "er-xotin, ularning bola chaqalari va eng yaqin tug’ishganlaridan iborat birga yashovchi kishilar majmui, xonadon" ma’nosidagina izohlanadi. Har ikkala izohda ham so’zdagi ma’no yuki onalik bulog’idan suv ichgan holda shakllanganligi yetarli ifodalanmagan. "Oila" so’zining lug’aviy ma’nosi uning mohiyatini anglashda va ta’kidlashda muhim negiz bo’ladi. Darhaqiqat, oila er xotin, ularning bola chaqalari, eng yaqin tug’ishganlaridan iborat kishilar guruhi, boshqacha aytganda xonadonidir. Chunki oila juftlik qonuni asosida yuzaga keladi, bir erkaknnng o’zi yoxud bir ayolning o’zi oila bo’la olmaydi. Qolaversa, oila faqat er va xotindangina iborat emas. Oila er xotindan tashqari erning ota onasi, ya’ni qaynota va qaynonalar, farzandlar, uka va singillardan iborat ko’p bo’g’inli xonadon. Uning har bir a’zosi o’z mavqeiga ega, shu oilaning ichki intizomiga buysunib yashaydi. Shu ma’noda oila jamiyat ichidagi jamiyatdir. Bu jamiyatning o’z saltanati bor: Bunda minglab tasodiflar jarayonida er xotin muhabbati sinovdan o’tadi, shu sinov jarayonida ular bir birlarini chuqurroq tushuna boradi, bir birlarini qadrlashni o’rniga qoyadigan bo’ladi, bir birlariga kechirimli bo’lishadi, er otaga, xotin-onaga aylanadi, farzandlarni tarbiyalab elga qo’shadi, orzu xavas ko’radi. Shu manoda oila inson hayotiga to’kislik baxsh etadi, jamiyatning muqaddas maskani sifatida sadoqat sarchashmasiga aylanadi. Oila ana shu asoslarga tayangan holda kishilik tafakkuri va ijtimoiy harakatining ulug’ kashfiyoti bo’ldi. Demak, oila-jamiyatning asosiy bo’g’ini, yacheykasi bo’lib, unda er xotinlik, ota onalik, farzandlarning va tug’ishganlarning o’zaro shaxsiy qarindoshlik va mulkiy maqsadlari, manfaatlari va huquqlari bilan bog’liq munosabatlar mujassamlashgandir. Kishilar uchun muqaddas dargox bo’lgan oila insonlarning tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy munosabatlari zamirida vujudga keladi. Albatta oila juftlik qonuni asosida yuzaga keladi. Bu jarayonda eng avvalo ikkala jins o’rtasidagi kelishuv, ya’ni nikoh asosiy rol oynaydi. Chunki oila taqdiri rasmiy nikohiy tus olishidan boshlanadi, shundagina er xotin oldida, xotin er oldida, ular ota ona sifatida farzandlaru qavm qarindoshlar, mahalla koy, qisqasi jamiyat oldida, o’z navbatida farzandlar ham o’z ota onalari va el oldida ma’suliyat sezadilar va burchli ekanliklarini his etib yashaydilar.
O’z navbatida nikoh nima? degan savol tabiiy. Nikoh ham arabcha so’z bo’lib, "O’zbek tilining izohli lug’ati"da: Er xotinlikni shariat yo’li bilan rasmiylashtirish marosimi va shu marosimda domulla tomonidan o’qiladigan shartnoma ma’nosiga ega ekanligi qayd etilgan". Boshqa lug’atlarda ham nikoh "Er xotinlikning yuridik (huquqiy) ravishda rasmiylashtirilgan oilaviy ittifoqi, "nikoh ahdi", "er-xotinlik, uylanish" ma’nolarida ishlatilgan. Nikoh to’g’risida ham turli ta’riflar bor. Shundan eng ma’quli quyidagi ta’rifdir: "Nikoh ikki jinsdagi shaxslarning oilaviy munosabatlarda ishtirok etish uchun o’zaro ahdlashuvidir". Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FXDYO) bo’limida tuziladi va rasmiylashtiriladi Qonunga binoan nikoh tuzish shartlaridan eng muhimlari nikohga kiruvchilarning o‘zaro roziligi va ularning nikoh yoshiga etganliklari. Bizda yigitlar 18 yosh, qizlar 17 yosh nikoh yoshlari qilib belgilangan. Nikoh tuzishdan oldin ikki yosh orasida goh ochiq sevgi-muntazam uchrashuvlar, ahdu-paymonlar va orqa varotdan bir-birini yoqtirish bo‘lishi mumkin. Har ikkala ahvolda ham rozilik o‘zgarmas shart hisoblanadi.
Muhammad Alayhissalom uylariga sovchi kelganda qizlari Fotimadan doimo rozilik so‘raganlar va rad javobi olganlar. Faqat Hazrat Ali sovchi qo‘yganlarida Bibi Fotima rozilik berganlar. Demak, farzandning roziligini olish bizga payg‘ambarimizdan qolgan sunnat. Hozirgi kunda ham ko‘pgina yoshlarimiz sovchi orqali turmush quradilar. Odatda sovchi kelib ketgach, yigit bilan qiz uchrashtiriladi, ikkalasi bir-birini ma’qul ko‘rsagina to‘y bo‘ladi. Juda ko‘p hollarda bunday yoshlar o‘rtasida keyinchalik haqiqiy muhabbat shakllanadi. Abdulla Qodiriy «O‘tgan kunlar» romanida tasvirlagan Otabek bilan Kumush o‘rtasidagi sevgini buning mumtoz namunasi desa bo‘ladi. Nikoh o‘z mohiyatiga ko‘ra ahloqiy hodisa. Unda ehtiroslar axloqqa bo‘ysundiriladi. Oddiy birga yashashda esa tabiiy extiyojni qondirish birinchi o‘rinda turadi. Nikohda u ikkinchi darajali mavqe’ni egallaydi. Demak, nikoh oilaning faqat huquqiy asosi bo’lib, erkak bilan ayolning bir biriga va bolalariga, ya’ni bir oilaga mansub kishilarning bir birlari oldida va jamiyat oldida huquq va majburiyatlarini, axloqiy va huquqiy ma’suliyatini belgilaydigan oilaviy ittifoqidir. Demak, oila nikoh asosida vujudga keladi. Lekin oila va nikoh aynan bir tushunchalar emas. Oila nikoh va qonqardoshlik bilan bog’langan kishilarning tarixan shakllangan ittifoqidir, eng avvalo, er va xotin, ota onalar bilan bolalar o’rtasidagi munosabatlardir. Nikoh oilaning faqat huquqiy asosi bo’lib, bir oilaga mansub kishilarning, eng avvalo, er va xotinning va farzandlarning bir-birlari oldida huquq va majburiyatlarini, axloqiy va huquqiy ma’suliyatini ifodalaydi.
Oila va nikoh tarixiy hodisa bo’lib, ular jamiyatning kelib chiqishi va taraqqiyotida azaldan mavjud bo’lmagan. Oilaning kelib chiqishi hali batamom oydinlashtirilgan emas. Bu to’g’rida turlicha nuqtainazarlar mavjud. Mutaxassislarning aksariyatining fikricha, oila va nikoh munosabatlarining evolyutsiyasi quyidagicha yuz bergan: Ibtidoiy tuzumning avvalida (ilk va so’nggi paleolit chegaralarida) umuman oila va nikoh bo’lmagan, u davrda promiskutet deb nomlangan tartibsiz jinsiy aloqalar odati hukm surgan, ya’ni to’dadagi har bir ayol barcha erkaklarniki va har bir erkak barcha ayollarniki hisoblangan. Keyin bu aloqalar o’rnini guruhiy nikoh egallagan. Guruhiy nikohda bir urug’dagi hamma erkaklar boshqa urug’ning barcha ayollariga er bo’lish huquqiga ega bo’lganlar. So’ngra esa mazkur jamiyat oilasining asosiy shakli sifatida juft oila paydo bo’lgan. Juft nikohda esa er xotin hisoblangan erkak va ayol o’z urug’larida yashagan. Bu oila qarindoshlikni ham ota tomonidan (otalik davri), ham ona tomonidan (onalik davri) hisoblab borgan, lekin bu oilalarda hali er xotin nikohi barqaror, alohida xo’jalikka ega emas edi. Bu davrda (bronza davri boshlanishi va temir davrida) tabiiy faktor o’z vazifasini tugalladi, ya’ni jinsiy munosabatlar doirasida qon qardoshlar istisno qilindi, jinsiy munosabatlar faqat bir erkak va bir ayol munosabatlariga aylangan nikohda xotin er bilan yashash uchun uning urug’iga ko’chib o’tgan. Monogam (yakka nikohlik) oila paydo bo’ldi. Nihoyat individual oila bo’lib, bu kichik oilada nikoh er -xotinni hamda ularning bolalarini bir biri bilan mustahkam bog’laydi. Bu holat xususiy mulkchilik rivojlana boshlab ibtidoiy jamoa tuzumi emirilayotgan davrga to’g’ri keladi. Oila shakllari nikoh xarakteriga qarab ham bir -biridan farq qiladi: 1) Poligam (ko’p nikohlik) va monogam (bir nikohlik) oila; 2) hukmronlik kimning qo’lida bo’lishiga qarab oila patriarxal (ota yoki aka-ukalarning biri tomonidan boshqariladigan) matriarxal (ona tomonidan boshqariladigan), 3) demokratik (er xotinning tengligiga asoslangan) oilaga bo’linadi. Hozirgi jamiyat oilasi "demokratik" oilaning tipik shaklidir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 2-fevraldagi «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori oila mustahkamligini ta’minlash, uning ijtimoiy vazifalarini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish, ayniqsa, oilaning farzandlar tarbiyasidagi nufuzini oshirishga ko‘maklashish hamda mamlakatimizda oila va nikoh munosabatlarining qadriyat sifatida e'tirof etish uchun asosiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan marosimdagi ma’ruzasida oilaning jamiyat taraqqiyotidagi nufuzi haqida: «Barchamizga ayonki, yurtimizdagi har qaysi inson, har qaysi oilaning eng ezgu orzu-maqsadlari, hayotiy manfaatlari avvalambor uning farzandlari timsolida namoyon bo‘ladi, ro‘yobga chiqadi. Albatta, bu borada yurtimizda ulkan ishlar qilinmoqda va ular amalda o‘zining ijobiy natijasini bermoqda», — deb ta’kidlagan edilar.
Oilani fuqarolik jamiyatining, davlatning eng muxim xujayrasi deyishadi. Chunki xar bir jamiyat a’zosining, bulajak fukuroning tarbiyasi oiladan boshlanadi. Oila uch jixatni: uzining bevosita kurinishi bulmish nikoxni; oilaviy mulk va anjomlar xamda ular xakidagi gamxurlikni; bolalar tarbiyasini uz ichiga oladi.
Qonunga binoan nikox tuzish shartlarida eng muximlari – nikoxga kiruvchilarning uzaro roziligi va ularning nikox yoshiga yetganliklari. Bu – masalaning huquqiy tomoni. Uning ikkinchi – axloqiy tomoni xam borki, u sevgi bilan bog’liq. Nikox tuzishdan avval ikki yosh orasida gox ochik sevgi – muntazam uchrashuvlar, axdu paymonlar qilish yoki orkavorotdan bir-birini yoktirishi xollari bulishi mumkin. xar ikkala xolda xam rozilik uzgarmas shart xisoblanadi.
Ba’zan, qadimda Shark xalqlarida, shu jumladan o’zbeklarda kizning yoki yigitning roziligisiz tuy qilib yubora berishgan, ota-onalar kelishsa – bas, degan fikrlarni uchratadi kishi. Ayniksa, bunday gaplar shurolar davrida tinimsiz takrorlanar edi. Vaxolanki, bunday xol kam bulgan, uni musulmonchilik inkor etadi. Rivoyat qilishlaricha, paygambarimiz Muxammad alayxissalom uylariga sovchi kelganida, kizlari Fotimadan doimo rozilik suraganlar va rad javobi olganlar. Faqat xazrat Ali sovchi kuyganlarida, Bibi Fotima rozilik berganlar. Demak, farzandninng roziligini olish bizga paygambarimizdan qolgan sunnat.
Xozirgi kunda xam kupgina yoshlarimiz sovchi orqali turmush quradilar. Odatda sovchi kelib ketgach, yigit bilan qiz uchrashtiriladi, ikkalasi bir-birini ma’kul ko’rsagina, fotixa qilinib, tuy taraddudi kuriladi. Juda kup xollarda bunday yoshlar urtasida keyinchalik xaqiqiy muxabbat shakllanadi. Abdulla kodiriy «utgan kunlar» romanida tasvirlagan Otabek bilan Kumush urtasidagi sevgini buning mumtoz namunasi desa buladi. Ochigini aytish kerakki, muxabbatning xam uz darajasi bor: Layli bilan Majnunning muxabbati xamma sevishganlarga xam nasib etavermaydi. Bunday romantik-sururiy sevgi real xayotda kamdan-kam uchraydi. Buning ustiga, oilaviy muxabbat ma’lum ma’noda salobatli, kuprok yashirin tarzda namoyon buladi.
Nikox uz moxiyatiga kura axloqiy xodisa. Unda extiroslar axloqqa buysundiriladi. Oddiy birga yashashda esa tabiiy extiyotni kondirish birinchi urinda turadi, nikoxda u ikkinchi darajali mavke egalaydi.
Oilaning yana bir jixati – uning uz mulkiga egaligi. Agar nikox oilaning botiniy kurinishi bulsa, oilaviy mulkni uning tashki kurinishi deyish mumkin. Oilaning mavjud bulishi uchun ishlab topiladigan mablag xam zarur. Oila uchun topiladigan ana shu mablag, shubxasiz axloqiy tabiatga ega: oila boshligi oila a’zolarini xalol yedirib-ichirishi, kiydirishi lozim. Oilani erkak kishi boshqaradi. U nafaqat «topib keladi», balki oilaviy mulkka xujayinchilik qilish, uni taksimlash huquqiga xam ega.
Oilada bolaning axamiyati nixoyatda katta. Ota bolada uz jufti xalolini, ona esa sevimli erini kuradi: bolada er xotinning muxabbati predmetlashadi, jonlanadi. Bola – oilani tutib turuvchi jonli muxabbat. Bolalar oilada umumiy oilaviy mulk xisobiga yeb-ichadilar, tarbiya oladilar.
Oilada bolalar intizomli bo’lib o’smoqlari, ota-onaga buysinishlari lozim. Lekin bu intizom qullikka urgatish emas, balki bolalariga xos erka-tantiklik, uzboshimchalik singari salbiy xususiyatlarni yukotishiga xizmat qilishi kerak. Ota-onaga buysunishdan bosh tortishga yul kuyish bolaning kelajakda kupol badxulk nokamtarin bo’lib yetishuviga olib keladi. Shu bois oila ilk axloqiy tarbiya uchogi sifatida xam katta axamiyatga ega.
Oila buzilishi xam mumkin. Buning turli sabablari bor. Biri – oilani axloqiy nuktai nazardan buzilishi. Bunda bolalar balogatga yetgach, erkin shaxs sifatida yangi oilaga asos bulishlari – ugil bolalarning uylantirilishi, kizlarning erga berilishi nazarda tutiladi.
Uylantirilgan farzandlarga xam, erga berilgan kizlarga xam yangi oila kurish va uni moddiy jixatdan dastlabki paytlarda muxtojlikdan saqlab turish uchun yetarli bulgan uy-ruzgor ashyolari ajratiladi. Shuningdek, oilaning tabiiy buzilishi xam mavjud. Unda ota-onaning, yoki otaning vafoti tufayli oila mulkining meros bo’lib bir yoki bir necha farzandga utishi munosabati bilan oila buzilishi mumkin.
Bundan tashqari, nikox bekor qilinishi munosabati bilan oila buziladi. Aslida nikox xam diniy, xam dunyoviy nuktai nazardan buzilmasligi kerak. Lekin urtada xiyonat sodir bulishi yoki yana boshqa bir xil sabablar tufayli nikoxni faqat axloqiy obruga ega, qonun bilan tan olingan idoralar, masalan sud, va vakolatli ruxoniy bekor qilishi mumkin, zero u, aytganimizdek, axloqiy xodisa. xar bir jamiyat mana shu sunggi turdagi oila buzilishiga qarshi kurashadi. Bunday oila buzilishi kancha kamaysa, u usha jamiyat axloqiy takomillashib borayotganini anglatadi.
2. Dastlabki axloq maskani bulmish oilalar yigindisi fuqarolik jamiyatini, millatni tashkil etadi. Fuqarolik jamiyati moxiyatan oila bilan davlat urtasidagi daraja. Garchand, uning taraqqiyoti davlat taraqqiyotidan keyinrok ruy bersa xaa, u albatta davlatni takozo etadi, ya’ni fuqarolik jamiyatining yashashi uchun uning oldida mustaqil nimadir bulishi kerak. Fuqarolik jamiyati zamonaviy dunyomizda vujudga keladi, zero, xozirgi paytdagina fuqarolar huquqi xaqiqatan xam inobatga olinadi. Fuqarolik jamiyatida xar bir odam uzi uchun maksad. Birok, u boshqalar bilan uzaro munosabatda bulmasdan turib, uz maksadiga tula erisha olmaydi: boshqalar uning maksadga yetishishi yulidagi vositadir. Natijada xar bir aloxida maksad boshqalar bilan uzaro munosabatlar vositasida, ularning farovonlikka intilishini kanoatlantirgani xolda, uzi xam kanoatlanadi. Boshqacharok qilib aytganda, fuqarolik jamiyatida yaxshi, badavlat, baxtli, huquqiy yashash uchun bulgan xar bir fuqaroning intilishi pirovard natijada butun jamiyatning ushanday yashashiga olib keladi.
Fuqarolik jamiyati, shunday qilib, bir kishining extiyojini uning mexnati vositasida kondirishi barobarida, shu mexnat vositasida barcha kolganlarning xam extiyojini kondiradi. U uz a’zolarining shaxsiy erkinliklari va huquqlarini ximoya qiladi, odil sud vositasida ular mulkiga daxl qilinishiga yul kuymaydi. Fuqarolik jamiyati turli tabakalardan tashkil topadi. Ular orasida tabakaviy yoki sinfiy ziddiyat singari xodisalar ruy berishi mumkin emas. Chunki bunda shaxs – davlat fuqarosi, muayyan inson manfaatlari birinchi urinda turadi va bu manfaatlar, aytganimizdek, xam axloqiy, xam qonuniy jixatdan ximoya qilinadi.
Mamlakatimizda xozir erkin, demokratik fuqarolik jamiyatini tuzishga kirishganmiz. Bu jamiyat, ma’lum ma’noda, garbliklar tasavvuridagi fuqarolik jamiyatlaridan farq qiladi. garbda bu borada e’tibor asosan huquqiy yunalishning ustuvorligiga karatilsa, bizda axloqiy-ma’naviy yunalishning ustuvorligini kurish mumkin. Shu nuktai nazardan olib karaganda, biz kurayotgan fuqarolik jamiyati garb dunyosi uchun urnak bulishi mumkin. Bu faxrlanish xissidan kelib chikkan balandparvoz gap emas. Masala shundaki, garb jamiyatlari xozirgi paytda axloqiylikni huquqiylikning yukori boskichi sifatida qabul kilmokdalar. Lekin ular uchun «axloqiy urin bushatishdan» kura «huquqiy urinni egallab turish» na faqat qonuniy, balki zavklirok tuyuladi. Bizning mentalitetimizda esa, buning aksi – xar bir «axloqiy urin bushatish» o’zbek qalbiga kuvonch, uz insonlik burchini bajarganlik xissini tuldiradi.
|
| |