• Dinshunoslik fani bilan aloqadorligi.
  • Muhandislik-texnologiya




    Download 2,19 Mb.
    bet129/193
    Sana29.05.2024
    Hajmi2,19 Mb.
    #256562
    1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   193
    Bog'liq
    Muhandislik-texnologiya

    Sotsiologiya bilan estetika fanining uzviy bog’liqligi bush vakt tizimida san’atning urni shaxsning estetik madaniyati bilan mexnat faoliyati о‘rtasidagi aloqadorlikka taallukli boltan ma’lumot va axborotlarni jamlash va ilmiy qayta ishlab chiqishda yaqqol ko’zga tashlanadi.
    Estetika fani ruxiyashunoslik (psixologiya) fani bilan xam chambarchas bog‘lik. Buni estetika tafakkur taraqqiyotining barcha bosqichlarida kuzatamiz. Bu yaqinlikning asosi shundaki, voqelikka estetik munosabatning barcha tomonlari estetik did yoki estetik xis-tuyg‘u, badiiy ijod yoki badiiy idrok qilish jarayonlarining-xammasi ruxiyat mezoni bilan о‘lchanadi. Chunki, estetika u yoki bu darajada insonning ruxiy, xis-tuygu xolatini ifodalaydi.
    Ruxiyashunoslik fani estetik munosabatlarning barcha tomonlarini, jumladan, badiiy ijod va idrok jarayonlarini amaliy va nazariy jixatdan tadkik etadi. Ayni maxalda estetika fani inson ruxiy xayotining eng murakkab va nozik tomrnlarini kamrab oladi. Estetikaning tarkibiy qismlaryni ruxiyatshunoslik fanining erishgan yutuklari va xulosalaridan keng foydalanmasdan turib tasavvur etib bo’lmaydi. Ayni paytda shuni xam unutmaslik kerakki, san’atning uziga xos xususiyatlarini urganishda ruxiyashunoslik fanining axamiyati kanchalik katta bulmasin, u xech vakt estetika fanining urnini bosa olmaydi. Zero, o’tmishda va xozirda voqelikka estetik munosabatning butun bir soxasiga ruxiyashunoslik akidalarini bosh mezon qilib olib, estetikani mustaqil fan sifatida chetga surib qo’yishga moyillik seziladi.
    Dinshunoslik fani bilan aloqadorligi. Din, estetika va san’at doimo bir-birini to‘ldirib keladi va ko‘p hollarda biri boshqasi uchun yashash sharti bo‘lib maydonga chiqadi. Buning ustiga, har bir umumjahoniy dinning «o‘z tasarrufidagi» san’at turlari bor: buddachilik uchun haykaltaroshlik, nasroniylik uchun tasviriy san’at, musulmonchilik uchun badiiy adabiyot. Shuningdek, barcha umumjahoniy dinlar o‘z ibodatxonalarini taqozo etadi. Ibodatxonalarning esa me’morlik san’ati bilan bog‘liqligi hammamizga ma’lum.
    Umuman olganda, dinlar deyarli barcha san’at turlari bilan aloqadorlikda ish ko‘radi. Asrlar mobaynida ana shu aloqalar natijasi o‘laroq, san’at asarining o‘ziga xos ko‘rinishi — diniybadiiy asar vujudga keldi. «Abu Muslim jangnomasi», Shohizinda me’moriy majmuyi, Kyoln jomesi, Rembrandtning «Muqaddas oila» asari, Hindi—Xitoy mintaqasidagi Budda ibodatxonalari ana shunday diniy-badiiy asarlardir. Ularda diniy g‘oyalar badiiyat orqali ifoda topgan. Estetika bunday asarlarni tadqiq etar ekan, albatta, dinshunoslik bilan hamkorlik qilmay iloji yo‘q: u o‘sha diniy g‘oyalarning mohiyatini, har bir umumjahoniy dinning san’at oldiga qo‘ygan talablarini yaxshi bilmog‘i va hisobga olmog‘i lozim.

    Download 2,19 Mb.
    1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   193




    Download 2,19 Mb.