Axloqshunoslik boshqa ijtimoiy-falsafiy fanlar bilan uzaro aloqadorlikda




Download 2,19 Mb.
bet126/193
Sana29.05.2024
Hajmi2,19 Mb.
#256562
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   193
Bog'liq
Muhandislik-texnologiya

Axloqshunoslik boshqa ijtimoiy-falsafiy fanlar bilan uzaro aloqadorlikda rivojlanib kelmoqda. Ayniqsa, uning nafosatshunoslik (estetika) bilan aloqasi qadimiy va uziga xos. Avvalo, insonning xar bir xatti-xarakati va niyati xam axloqiylikka, xam nafosatga tegishli buladi, ya’ni muayyan ijobiy faoliyat xam ezgulik (ichki go’zallik) xam nafosat (tashki go’zallik) xususiyatlarini mujassam qiladi. Shu bois Sukrot, Aflotun, Forobiy singari qadimgi faylasuflar kup xollarda axloqiylikni ichki go’zallik, nafosatni tashki go’zallik tarzida talkin etganlar. Bundan tashkari, ma’lumki, sanat nafosatshunoslikning asosiy tadqiqot obyekti xisoblanadi. xar bir sanat asarida esa axloqning dolzarb muammolari kutariladi va san’atkor doimo uzi yashayotgan zamonda erishilgan eng yuksak axloqiy darajani badiiy kiyofalar orkali bevosita yoxud bilvosita aks ettiradi. Demak, nafosatshunoslik urganayotgan xar bir badiiy asar ayni paytda, ma’lum ma’noda, axloqshunoslik nuktai nazaridan xam tadkik etilayotgan buladi.
Axloqshunoslikning dinshunoslik bilan aloqasi shundaki, xar ikkala fan xam bir xil muammo – axloqiy mezon muammosini xal etishga karatilgan. Chunki umumjaxoniy dinlar vujudga kelguniga kadar mavjud bulgan ma’lum urf-odatlar va qadriyatlar muayyan diniy qonun-koidalarga, mukaddas diniy kitoblarga katta ta’sir ko’rsatgan. Ayni paytda, dinlar xam axloqqa ana shunday ta’sir utkazganlar.
Chunonchi, islom dinini oladigan bulsak, Quryoni karim, xadisi sharif, Ijmo’ va muayyan fatvolardagi mezonlar xamda talablar musulmon Sharki millatlari axloqiy darajasining shakllanishida katta axamiyat kasb etgan. Shuningdek, komil inson muammosi xar ikkala fan uchun umumiy xisoblanadi. Farq shundaki, axloqshunoslik bu muammoga zamonaviy tarbiya nuktai nazaridan yondoshadi.
Axloqshunoslikning huquqshunoslik bilan aloqasi uzoq tarixga ega. Ma’lumki, juda kup xollarda axloq meyorlari bilan huquq meyorlari moxiyatan va mazmunan bir xil buladi. Shunga ko’ra, axloqni jamoatchilik asosdagi huquq, huquqni esa qonuniylashtirilgan axloq deb atash mumkin. Zero, axloqshunoslik bilan huquqshunoslikning tadqiqot obyektlari kup jixatdan uxshash, ular faqat yondoshuv usuli nuktai nazaridan farq qiladi, ya’ni huquq meyorlarining bajarilishi, odatda, maxsus adliya idoralaridagi lavozimli kishilar orkali, majburiy sanksiyalar vositasida yulga kuyiladi: axloq meyorlari esa umumiy qabul qilingan milliy urf-odatlar, jamoatchilik fikri yordamida, aloxida belgilangan kishilar tomonidan emas, balki muayyan ijtimoiy gurux, jamiyat tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, huquqshunoslik kasbi uchun muxim bulgan amaliy axloq jixatlarini axloqshunoslikning huquqshunos odobi deb ataladigan maxsus soxasi tadkik qiladi va tavsiya etadi.
Axloqshunoslik pedagogika bilan xam chambarchas aloqada. Pedagogikadagi shaxsni shakllantirish, tarbiyalash, ta’lim berish jarayonlarini pand-nasixatlarsiz, odobnoma darslarisiz tasavvur qilib bulmaydi. Shu bois axloqshunoslik uzining nazariy va, ayniksa, amaliy jixatlari bilan pedagogikaning asosi xisoblanadi. Zero, maorif tizimidagi talim-tarbiya uzini xar bir kadamda axloqiy tarbiya sifatida namoyon qiladi.
Qadimdayok axloqshunoslikning ruxshunoslik (psixologiya) bilan aloqasi aloxida axamiyatga ega bulgan. Zotan, bu ikkala fan kishilar xatti-xarakati, fe’l-atvori va mayl-istaklarini urganadi. Lekin bu urganish ikki xil nuktai nazardan olib boriladi: ruxshunoslik u yoki bu xatti-xarakat, fel-atvor, sababiy asos (motiv) larning ruxiy tabiati va shakllanish shart-sharoitlarini ochib beradi, axloqshunoslik ruxshunoslik tadkik etgan xodisalarning axloqiy axamiyatini tushuntiradi.
Axloqshunoslikning ijtimoiyshunoslik (sotsiologiya) bilan aloqasi uziga xos. Bu ikkala fan inson faoliyatini boshqarishning ijtimoiy muruvatlaridan bulmish axloqni urganadi. Lekin axloqshunoslikning mikyosi bu borada keng. Ma’lumki, sotsiologiya insonlarning ommaviy xatti-xarakati va ularning qonuniyatlarini faqat muayyan ijtimoiy tuzum doirasidagina tadkik etadi. Axloqshunoslik esa, uz moxiyatiga kura, lozim bulganda, muayyan ijtimoiy tuzum yoki davr doirasidan chikib, inson axloqining yuksak yutugi sifatida kelgusi davrlar uchun xam tarixiy va axloqiy axamiyat kasb etgan shaxsiy, istisnoli xatti-xarakatlarni xamda ularning sababiy asoslarini urganadi.
Axloqshunoslikning siyosatshunoslik bilan aloqasi, ayniksa, uziga xos va murakkab. Chunki siyosiy kurash karama-qarshi axloqiy koidalar va talablar kurashini takazo etadi. Shaxsiy intilishlar bilan davlat va jamiyat manfaatlarining mosligi, maksadlar va vositalarning pok yoki nopokligi muammolari urtaga chiqadi. Lekin, aslida siyosat kay darajada axloqiylik kasb etsa, shunchalik u oqilona buladi. Bu xozirgi kunda axloqshunoslik xam, siyosatshunoslik xam jiddiy tadkik etadigan eng muxim umumiy muammolardan biridir. Shuningdek, raxbarlik odobi, partiyaviy odob, etiket singari axloqshunoslikning muomala madaniyati doirasiga kiruvchi maxsus soxalari xam siyosatshunoslik bilan chambarchas bog’liq.
Bundan tashkari, keyingi paytlarda axloqshunoslikning ekologiya bilan aloqasi tobora mustaxkamlanib bormokda. Tarixan axloqshunoslik kuprok insonning uzi, uzgalar va jamiyat oldidagi majburiyatlarini taxlil etish bilan shugullangan, uning tabiatga bulgan munosabati dikkat markazidan chetda kolib kelgan. Lekin, keyingi davrlarda, ayniksa, XX asrda tabiatga nisbatan tor manfaatparastlik doirasidagi yondoshuvlar okibatida paydo bulgan ekologik buxron manzarani uzgartirdi. Endilikda global ekologik muammolar kuprok odamlarning ijtimoiy-axloqiy nuktai-nazarlariga bog’liq ekani ma’lum bo’lib koldi. Shunday qilib, xozirgi kundagi ekologik muammolarni xal etish axloqshunoslikka borib takalmokda. XX asrda ekologik axloqshunoslik degan maxsus soxa xam yuzaga keldi. Lekin, bu axloqshunoslik ekologiyani tulik uz ichiga oladi, degan suz emas. Chunki bunda axloqiy baxolash va boshqarish obyekti sifatida tabiatning uzi emas, balki odamning tabiatga bulgan munosabati maydonga chiqadi.
Axloqshunoslik xamma davrlarda xam yuksak axamiyat kasb etib kelgan fan. Faqat zulm va zuravonlikka, adolatsizlik va huquqsizlikka asoslangan totalitar tuzumlardagina yolgonga buysundirilgan, soxtalashtirilgan xamda shu yul bilan uning axamiyati pasaytirilgan. Mamlakatimiz mustaqillikka erishishi sharofati bilan yana axloqshunoslik yangi jamiyatda tobora uz yuksak mavkeini egallab bormokda.
Ana shu yangilanish jarayonida axloqshunoslikning uz urni bor. Uning oldida yangi demokratik va huquqiy davlat barpo etishga kirishgan mamlakatimiz fuqarolarining, ayniksa, yoshlarning axloqiy darajasiga mas’ullik va xar tomonlama kamol topgan zamon kishisi tarbiyasini nazariy asoslashdek ulkan vazifalar turibdi. Ularni faqat qadimiy va xar doim zamonaviy bo’lib kelgan axloqqa yangicha yondashuvlar asosidagina amalga oshirsa buladi. Ayni paytda, ularni axloqshunoslik fani oldida turgan vazifalarning bir qismi, ta’bir joiz bulsa, milliy axloqshunoslik vazifalari deb atash mumkin. Zero fanimizning xozirgi kunda umumjaxoniy global muammolarni xal qilishdek muxim vazifasi xam borki, u xakda aloxida tuxtalmaslikning iloji yuk. Ulardan biri, eng muximi sayyoramizda «etosfera» – axloqiy muxit davrini yaratish bilan bogliq.
Ma’lumki, yuzlab asrlar mobaynida inson kichik biologik olam sifatida katta biologik olam ichida, uning bir parchasi, jonli organizmlar podshosi, oqil va xukmron qismi sifatida yashab keldi. XIX asrning oxiridan boshlab, ayniksa XX asrda u uz tafakkur kuvvati bilan, ilmiy-texnikaviy inkiloblar tufayli ana shu biosfera ichida noosferani-texnikaviy muxitni yaratdi. Mana, xozirgi kunda, qarang, ertalabdan kechgacha biz o’z texnikaviy kashfiyotlarimiz ichida yashaymiz-yeymiz, ichamiz, yuramiz, uxlaymiz ularsiz xayotimizni tasavvur kila olmaymiz. Bular metro, avtobus, televizor, radio, telefon, eskalator, pleyer, lift, kompyuter, poyezd, tayyora, teploxod, gaz plitalari, elektr asboblari, zavodlar, loqatorlar, kimyoviy dori-darmonlar va x. k. Bugun video telefonda gaplashar ekanmiz, yuzlab chakirim naridagi suxbatdoshimizni kurish va u bilan gaplashish uchun ot-ulovda yoki piyoda boradigan bulsak, necha kunlab yul bosishimiz kerakligi xakida uylab utirmaymiz, tugrirogi, bu esimizga xam kelmaydi. Chunki texnika bizning yashash muxitimizga aylanib kolgan.
Faqat bugina emas. Inson endilikda uzi yashayotgan butun boshli sayyoraga ta’sir ko’rsata boshladi. Yer tarixida inson birinchi marta ulkan geologik kuch bo’lib maydonga chikdi. Insoniy tafakkur biosferadagi uzgarishlarning asosiy sababiga aylandi. Bu xakda noosfera ta’limoti asoschilaridan biri buyuk rus olimi V.I.Vernadskiy shunday degan edi: «Butun geologik davr mobaynida yaratilgan, uz muvozanatlarida barkarorlashgan biosfera inson ilmiy tafakkuri bosimi ostida tobora kuchliroq va teranroq o’zgarishga kirishdi. Aftidan, inson ilmiy tafakkuri xarakatining bu tomoni tabiiy xodisa bulsa kerak. xozir biz biosferadagi yangi geologik evolyusion uzgarishlarni boshdan kechiryapmiz. – Biz noosferaga kirib boryapmiz». Ammo noosfera faqat ijobiy emas, balki salbiy xodisa sifatida xam namoyon bo’lmoqda. Atom, vodorod, neytron bombalarining kashf etilishi, yadro kallakli baleistik raketalarning yaratilishi ana shunday salbiy xodisalardandir. Bundan tashkari, noosferaning vujudga kelishi atmosferani, olamiy okeanni, yer osti va yer usti suvlarini, nabototni, xayvonotni, xatto insonni ich-ichidan kimyoviy zaxarlanishga olib keldi. xozirgi kunda tirik organizmlarning, usimliklarning, xayvonlarning kupgina turlari jisman yuk bo’lib ketish arafasida turibdi. Ayniksa joy topolmay, okeanda, kemalarda suzib yurgan radioaktiv chikindilar yoki ularning kimsasiz go’zal orollarga kumib tashlanishi, kislota yomgirlarining kupayib borishi singari xodisalar bagoyat xatarli. Afsuski, inson kura-bila turib, uzi utirgan shoxga bolta urishni tuxtatmayotir. Bu muammolarning xal etilishi faqat atrof-muxitni kimyoviy zaxardan ekologik tozalashnigina emas, balki, eng avvalo, global ma’noda, XXI asr kishisi ongini texnokratiya zaxaridan foriglantirishni takozo etadi. Ya’ni, ular insoniyat oldida endilikda ekologik xodisa emas, balki tom ma’nodagi axloqiy muammolar sifatida kundalang bo’lib turibdi. Mashxur avstriyalik etolog olim, Nobel mukofoti laureati Konrad Lorens: «Yoppasiga va tez yoyilib borayotgan jonli tabiatga begonalashish xodisasining asosiy sababi sivilizatsiyamiz kishisidagi estetik va axloqiy tuposlikdir», degan suzlari shu nuktai nazardan ayni xaqiqat.
Yuqorida aytilganlardan chiqadigan xulosa bitta: kelajakda inson uzini va uz sayyorasini mukarrar xaloqatdan kutkaraman desa – XXI asrdan boshlab etosfera davriga utishi kerak; axloqiylik xar birimiz uchun xar kadamda bugungi texnikaviy muxit kabi zaruratga aylangandagina bunga erishish mumkin. Bunda axloqshunoslik fanining urni nixoyatda bekiyos.
Shuningdek, yana bir muxim muammo bu – biologik axloqshunoslik. Mazkur xodisa sunggi bir necha un yillik ichida sof tabobat muammosidan tulakonli axloqiy muammoga aylandi: endilikda, birovning muayyan a’zosini boshqa bemorga jarroxlik operatsiyasi yuli bilan utkazish orkali kishi xayotini saqlab qolish axloqiy nuktai nazardan kanday baxolanadi, degan savol kun tartibida dolzarb bo’lib turibdi.
Chunki, tabobat borasidagi sunggi tadqiqotlar inson ulimi bir laxzada ruy bermasligini, yurak urishi va nafas olish tuxtaganda xam, miya ulmasa – insonni uldi deyish mumkin emasligini isbotlab berdi. Dastlab miya kobigi, undan keyin miya tanasi xalok buladi. Shunday keyingina insonni ulgan deb xisoblash mumkin. Zero xozir toki miya ulmas ekan, kupgina ichki a’zolarning yangi tobobat texnikasi vositasida ishlashda davom etishini ta’minlash va shu orkali ancha muddatgacha insonda tiriklikning minimal darajasini saqlab turish mumkin. Demak, yurakning yoki buyrakning kuchirib utkazilishi xali ulmagan odamning minimal tiriklikka bulgan huquqini poymol qilishdir. Buning ustiga, amerikalik neyroxirurg Pol Person uz tajribalariga asoslanib, yurak kuchirib utkazilganda rux xam kuchib utadi, degan fikrni bildiradi. Chunonchi, 19 yashar kizning yuragi 40 yashar erkakka utkazilganida, yigitning fe’l-atvorida juda katta uzgarishlar ruy bergan. Yoki 20 yashar kizning yuragi va upkasi 36 yashar ayolga utkazilganda xam shunga uxshash uzgarishlar yuzaga kelgan: kulishigacha uzgarib ketgan. Axloqiy nuktai nazardan buni kanday izoxlash mumkin?
Biologik axloqshunoslikning anchadan buyon kupchilikka ma’lum muammosi, bu – abort. Ma’lumki, turtinchi xaftaning oxirida xomilada dastlabki yurak urishi paydo buladi. Sakkizinchi xaftaning oxirida esa miya tanasining elektrofiziologik faolligini kuzatish mumkin. Demak, xar kanday abort, xalq ta’biri bilan aytganda, jonlini jonsiz qilish, tirik organizmni tiriklikka bulgan huquqdan maxrum etishdir. Xush, abortni axloqsizlik tarzida baxolash kerakmi yo yukmi? Bu savollarga xam axloqshunoslik javob topmogi lozim. Bizning fanimiz oldida ana shunday global vazifalar turibdi. Aynan shu vazifalarni bugungi kunda axloqshunoslikning axamiyatini belgilab beruvchi barometrlar, deyishimiz mumkin.
Avval biz axloqiy xissiyotlarni axloqiy anglash uchun muayyan ma’noda material ekani tugrisida bir rov tuxtalib utgan edik. Bu xakda mumtoz faylasuflar xam e’tiborga sazovar fikr bildirganlar. Chunonchi, buyuk ingliz mutafakkiri Jon Lokk, tushunchada nimaiki bor ekan, u bundan avval xissiyotda mavjud bulgan, deb ta’kidlaydi. «Tabiat qonuni borasidagi tajribalar» asarida u shunday deb yozadi: «Agar xissiyotdan aklga narsalar kiyofasi yetkazib berilmasa, u xolda tafakkur uchun xech kanday material berilmagan buladi va akl bilishin taraqqiy ettirishi borasida tosh, yogoch, kum va xokazo kurilish materiallarisiz me’mor bino kurishda kanchalik ish kila olsa, shunchagina ish bajara biladi». Aklni ideallashtirish, xissiyotni ikkinchi darajali omil chifatida talkin etish, afsuski, Lokk va unga uxshash ba’zi mutafakkirlar fikrlarini xisobga olmaslik keyingi davrlarda ayniqsa kuchaydi. Xegel singari faylasuflar esa butun borlikni mantiqiylashtirish yulidan bordilar. Lekin XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, garb allomalari bu yulning kup jixatdan yanglish ekanini angladilar. XX asr mutafakkirlari, ruxiy taxlil falsafasidagi yangi froydchilik okimining atokli namoyandalaridan biri Karl Yung shunday deb yozadi: «garb kishisi» ruxiy («psixologik», suzini eshitganida, uning uchun «u shunchaki ruxiy» tarzida jaranglaydi. Uning uchun «psixe» – kalb kandaydir, achinarli darajada kichik, e’tiborga noloyik, shaxsiy, subyektiv v.x. Shu sababli «rux» (kalb) urniga «akl» suzini ishlatishni ma’qul ko’radi. Boshqa bir o’rinda: «... barcha metafizik muloxazalar uchun ijodiy zamin aynan qalbning (ma’naviylikning) ko’zga ko’rinmas, yetishib bulmas tarzdagi in’ikosi xisoblangan ongdir...», degan fikrni bildiradi. Darxaqiqat, «yurak va aql», «xissiyot va ong» baxsida garb, ayniksa, bizning XX asrda, suzsiz, birinchilikni aklga, ongga beradi. Yukoridagi kabi fikrlar istisnoli xollardir. Shu bois axloqshunoslik nuktai nazaridan muxabbat xakida gap ketsa, uni xissiyot, deb yana buning ustiga, ta’riflash kiyin bulgan tuygu, deb ataydilar va uni tushuncha tarzida olib karashdan chuchiydilar. Vaxolanki, muxabbat aynan axloqiy xissiyot va axloqshunoslikning bosh mezoniy tushunchasidir.
2. Muxabbat bosh mezoniy tushuncha sifatida deyarli barcha asosiy tushunchalarda va tamoyillarda uz «xissa»siga ega. Na ezgulikni, na yaxshilikni, na vataparvarlikni, na insonparvarlikni muxabbatsiz tasavvur etib bulmaydi. utgan ma’ruzalarning ba’zilarida biz bu tushunchaning moxiyati, turlari xakidagi Iloxiy Ogustin, Imom gazzoliy, Erix Fromm singari mutafakkirlar fikrlarini keltirgan edik. kushimcha qilib shuni aytish mumkinki, u – insonni tashki va tarnssendentral olam bilan boglovchi, uni yolgizlikdan olib chiqadigan buyuk kuch. Muxabbatning obyekti doimo go’zallik, manfaatsiz go’zallik. U – Olloxmi, Vatanmi, yormi – muxabbat egasiga undan-da go’zalroq narsa yuq. Ayni paytda bir obyektni sevgan kishi boshqa obyektlarni xam sevmasligi mumkin emas. Deylik, yorga bulgan xaqiqiy muxabbat Vatanga, insoniyatga muxabbatni inkor etmaydi, aksincha, barkaror qiladi. Zero «uz-uzicha», yakka, «xudbin» muxabbatning bulishi mumkin emas. Inson uzi uzgaga aylanganida, uzgani uziga aylantira olganida xaqiqiy muxabbat egasi xisoblanadi. Mana shu obyekt bilan subyekt orasidagi farqning yuqolishi eng buyuk, eng mukammal lazzatdir. Buni mavlono Fuzuliy nixoyatda go’zal qilib, bir baytda shunday ifodalaydi:
Ishkdir ul, nasha’i komilkim, andandir mudom
Mayda tashviri xarorat, nayda ta’siri sado.
Komil nash’a, komil lazzatga faqat komil insongina erisha oladi. Demak, muxabbat inson axloqiy xayotining chukkisi, komillik belgisidir. Shu bois xaqiqiy muxabbat egalari yoshlar tomonidan doimo axloqiy ideal tarzida qabul qilinadi: Farxod va Shirin, Romeo va Julyetta, Otabek va x.
Shuni ta’kidlash lozimki, muxabbat – oliy tuygu, shu ma’noda u oliy tushuncha. Lekin uni tuban, kuyi narsa – xodisalarga nisbatan xam kullash xollari uchrab turadi. Chunonchi, Fromm singari garblik mutafakkirlar, ba’zi rus faylasuflari muxabbat tushunchasini ulikka (nekrofil), mol-dunyoga, pulga nisbatan kullaydilar. Ularga nisbatan «uchlik», «ruju», «xirs» singari tushunchalarni kullash ma’kul emasmikan?
Muxabbat xam, axloqshunoslikdagi kupgina tushunchalardek, «juftlik» xususiyatiga ega, uning ziddi – nafrat. Nafrat tushunchasi, albatta, muxabbat singari keng kamrovli emas. U aksil muxabbat tarzida namoyon bulgan obyektdan chetlashish, undan begonalashishni takozo etadi. xazar, jirkanch xissi nafratning kundalik turmushidagi tor, «mayda» kurinishidir. Nafratning ularga nisbtan «yirikligi» uning ijtimoiy xodisa sifatida namoyon bulishidir. Ayni paytda, bu tushuncha gazabdan keskin farq qiladi. U, gazabga uxshab, uz obyektini yukotishga intilmaydi, undan faqat yuz buradi. Kurinishdan, nafrat kishida yokimsiz taassurot uygotsa – da, aslida u asosan illat emas, axloqiy fazilat sifatida insonning vijdonliligidan, botiniy jasoratidan dalolatdir.
Nafratdan tashkari yana rashk tushunchasi borki, u – ijtimoiy xodisa emas, faqat jinsiy muxabbat bilan yonma-yon keladi. Ma’lumki, muxabbat egasi uz sevgisini va sevgilisini kizganib, asrab qolishga xarakat qiladi. Ana shu qizganish xissa meyoridan oshib ketganda rashkka aylanadi. Rashk esa, uni kanchalik ta’rif-tavsif qilmaylik – meyorning buzilishi, illat.
Inson xayotida axloqiy meyorlar xam katta axamiyatga ega. Ular tamoyillarga nisbatan ancha sodda, umumlashmagan, tor kamrovli. Ularni kundalik xayotimizda ma’lum axloqiy tamoyillarning amalga oshish murvatlari xam deyish mumkin, ular axloqiy talablarning eng oddiy shakli sifatida ruyobga chiqadi. xalollik, rostguylik, xushmomalalik, boodoblik, kamtarlik singari meyorlar ayniksa, dikkatga sazovar. Shuni xam aytish kerakki, xalollikni uning dastlabki tor diniy mazmunida-kaysi taom xarom-u, kaysinisi xalol, degan ma’noda tushunmaslik lozim. U allakachon umuminsoniy ma’no kasb etgan meyorga aylangan. xalollik, rostguylik vijdon tushunchasi bilan bog’liq, insonning uzgaga munosabati uziga munosabatidek sof bulishini talab etuvchi me’yorlardir.
Insondagi ixtiyor erkinligi zaruriyat talabi bilan oqilona, aklga buysundirilgan ravishda, cheklanadi, ya’ni nisbiylashadi. Aks xolda, muayyan bir, bir necha inson yoki guruxning betiyik erkin ixtiyori nafaqat boshqa insonlar va guruxlar, balki nabotot, xayvonot olami, butun dunyo uchun fojeaga aylanishi mumkin. Ixtiyor erkinligini bunday cheklashning, aklga buysundirishning asosiy vositasi axloqdir.
Shunday qilib, axloq – oliy mavjudotga ato etilgan oliy ne’mat. YA’ni axloqning kelib chiqishi iloxiy manba’dandir. Ana shu iloxiy asosni asrab-avaylab, taraqqiy toptirish xar bir insonning asosiy vazifasi, burchi. Shu bois uz-uzini va, iloji bulsa, uzgalarni axloqiy tarbiyalash barcha mukaddas kitoblarda savob sanaladi.

Download 2,19 Mb.
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   193




Download 2,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axloqshunoslik boshqa ijtimoiy-falsafiy fanlar bilan uzaro aloqadorlikda

Download 2,19 Mb.