Muhandislik-texnologiya




Download 2,19 Mb.
bet134/193
Sana29.05.2024
Hajmi2,19 Mb.
#256562
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   193
Bog'liq
Muhandislik-texnologiya

Kulgililik kategoriyasi. Estetik tafakkur tarixida kulgililik bir qadar keng o‘rganilgan tushuncha hisoblanadi. Jumladan, Aflotun ojiz va layoqatsiz odamlarni kulgili deb hisoblagan bo‘lsa, Arastu kulgi ayrim xatoliklar hamda kishilarga ozor yetkazmaydigan va zarar keltirmaydigan xunuklikni keltirib chiqaradi, deydi. Olmon mumtoz nafosatshunoslaridan Immanuil Kant kulgililikning tabiatini latifa misolida ochib berishga harakat qiladi, Fridrix Shiller hajviyani veallik bilan ideallik orasidagi qarama-qarshilik orqali ko‘rsatib o‘tadi. Heorg Hegel kulgililikning asosini zohiriy ishonch va botiniy to‘laqonli orasidagi qarama-qarshilik orqali ifodalaydi.
Insondagi layoqatsizlik, loqaydlik, mas'uliyatsizlik, izzattalablik, shuhratparastlik kabi illatlar kulgililikning obektlaridir. Shuningdek, kulgi — axloq hududlarini bezarar buzishdir. Har qanday ozod inson hazil bilan ro‘baro‘ kelishi mumkin. Bu holatda kulgi insonning shaxsiy ehtiyojini qondiradi. Inson kulishga va kuldirishga qodir bo‘lgan yagona mohiyatdir. Kulgililik boshqa estetik hodisalar singari faqat obektiv tomonga ega bo‘lmay, subektiv tomonlarni ham o‘zida birlashtiradi. Kulgililikning subektiv tomoni — keng ma'nodagi hazil (yumor) tuyg‘usidir.
Bugungi kunda milliy g‘oya va milliy mafkura hayotiy ehtiyoj darajasiga kо‘tarildi. Shunday ekan, har bir inson jamiyatda о‘z о‘rnini bilishi, о‘zini jamiyatning ajralmas qismi deb his qilishi lozim. Endilikda mafkura dunyosida paydo bо‘ladigan bо‘shliq pirovardida jamiyat, inson va mamlakat uchun naqadar katta xavf solishini anglamoqdamiz. Tarbiyaning nafosatli shakli esa mazkur jarayonlarda yosh avlodni gо‘zallik haqidagi tuyg‘ularini, tabiatga bо‘lgan munosabatini, badiiy adabiyotga qiziqishini, jamiyat ma’naviy rivojidagi yangicha qarashlarni gо‘zallik va ulug‘vorlik asosida tarbiyalashdek dolzarb vazifani amalga oshirishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, Jamiyatni ma’naviy yangilashdan kо‘zlangan bosh maqsad, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq erkinligi va farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik kabi kо‘p-kо‘p masalalardan iborat»
Hulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, har bir inson jamiyatda о‘z о‘rnini bilishi, о‘zini jamiyatning ajralmas qismi deb his qilishi lozim. Zero, bugungi kunning talabi ana shundan iborat. Mazkur talabga javob berish esa insondan har tomonlama tarbiyalanganlikni talab qiladi. Tarbiyaning nafosatli shakli esa mazkur jarayonlarda insonni gо‘zallik haqidagi tuyg‘ularini, tabiatga bо‘lgan munosabatini, badiiy adabiyotga qiziqishini, jamiyatga bо‘lgan qarashlarini gо‘zallik va ulug‘vorlik asosida tarbiya qilishi bilan diqqatga sazovordir.

Download 2,19 Mb.
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   193




Download 2,19 Mb.