TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI




Download 2,19 Mb.
bet135/193
Sana29.05.2024
Hajmi2,19 Mb.
#256562
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   193
Bog'liq
Muhandislik-texnologiya

TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI. Go‘zallik haqidagi ilk tasavvurlar ham tabiat bilan bog‘liqdir. Tabiatdagi organizmlarning har biri o‘z holicha emas, balki boshqa organizmlar bilan bogliq holda yashaydi. Nabotot olami ham, hayvonot olami ham quyosh, suv, havo, tuproq ta’sirida yashaydi, rivojlanadi.
O’zbek xalqi tabiatga tarixan uzoq davrdan buyon mehr bilan qarashga, uni asrab-avaylashga o‘rganib kelgan. Bu milliy bayram, qadimiy ap’apa, urf-odatlarda ham yaqqol ko‘rinadi. Xususan, O’rta Osiyo xalqlarining har yili nishonlanadigan Navro‘z bayrami, asrlar davomida ona Yerga va tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbat, unga ehtiyotkorona munosabatda bolish, uni ardoqlash tuyg‘ularini tarbiyalagan.
Tabiatga estetik munosabat xususida Qadimgi Xitoy daochilik ta’limotida ham o‘ziga xos yondoshuv mavjuddir. Daosizm talimotida Inson mavjud olam kabi dao qonunlari asosida vujudga kelgan, u tabiatning bir qismi, uning vazifasi fazilat (de) yo‘lidan borish. Har qanday sun’iy aralashuv, tabiatning muvofiqlik tartibini o‘zgartirishga intilish odamlar uchun haloqatli, barcha yovuzliklarning, son-sanoqsiz baxtsizliklarning manbayi tabiat joriy etgan qonunlardan chekinishdir. Shu sababli, Laoszi nazdida faoliyat daoga qarshi qaratilgan va xalqqa zarar keltiradi, uning asosiy axloqiy tamoyili «uvey»faoliyatsizlik, donishmand kishining «dao»si — bu kurashsiz faoliyat. Lekin bu kurashsiz faoliyat aslida tabiatga qarshi bo‘lmagan faol xatti-harakat, faqat daoga xos, tabiat qonunlariga mos faoliyatdir. Tabiat go‘zalligini asl holda saqlash va uni ko‘rish, his qilish daochilikda muhim ahamiyat kasb etgan.
Qur’oni Karim va Hadisi shariflarda Islom qonun va qoidalari, shariat ahkomlari bilan bir qatorda atrof-muhitni toza saqlash, tabiat boyliklaridan to‘g‘ri foydalanish, ularni isrof qilmaslik, insonning yashash tarzi, shaxsiy gigiyenasi, zurriyotni tozaligiga, o‘simlik-hayvonot dunyosini asrashga, umuman ekologiya va tabiatni muhofaza qilishga katta ahamiyat berilgan.
Tabiatdagi eng oddiy narsa va hodisalar mazmuni va shakli uyg‘unligi bilan go‘zaldir. Go‘zallik bu voqelik (tabiat, jamiyat, san’at) hodisasi bolib, aniq hissiy ta’sir o'tkazish orqali insonda jismoniy va ma’naviy kuchlar oqimining ko'payishiga, shodlik, zavqlanish, to‘la ma’naviy qoniqish holati vujudga kelishiga imkon yaratadi. Go‘zallik doimo foydalidir, lekin bu foydalilik jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qilishga mo‘ljallangan boladi.
Tabiatdagi go‘zallik ijtimoiy hayot go'zalligidan, foydali amaliy faoliyatidagi go'zallik badiiy ijoddagi gozallikdan farq qiladi. Lekin go‘zallik qanchalik o‘zining rango-rangligi bilan ajralib turmasin, ularning barchasi qandaydir umumiy tub belgilarga ega bo‘lib, mana shu umumiy tub belgilar tufayli ularning barchasini maxsus ilmiy-falsafiy istiloh-go‘zallik tushunchasi orqali talqin etish imkoniyati mavjud.
Insonda tabiatga qanday munosabatda bo‘lish tuygusi birdaniga paydo boMmagan, albatta, u sekin-asta, inson zoti va tabiati rivojlanib borgani sari shakllanib borgan. Inson atrofidagi tabiatni ozlashtira boshlashi bilan tabiat boshqacha ijtimoiy orzu mezonlari bilan baholanadi, o‘lchanadi, inson uchun tabiatning gozallik va xunuk tomonlari ayon bola boshlaydi.
XX asrda ilmiy-texnikaviy taraqqiyot natijasida biosfera ichida noosfera ya’ni texnikaviy muhitning paydo bo‘lishi inson hayoti va faoliyatining asosi bo‘lgan mehnatga katta ta’sir ko‘rsata boshladi. Bugun uyali aloqa, kompyuterlarsiz hayotni tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu esa texnika hayotimizga tobora chuqur kirib borayotganini ko’rsatadi. Albatta, biosferadagi barcha o‘zgarishlarning sababchisi inson — uning tafakkuri ekanligi barchaga ayon. XXI asr yuqori texnologiyalar, axborotlar asri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu esa kishilarning ongi, faoliyati mana shu tezkorlikka moslashishi lozimligini taqozo etadi.
Texnika rivojining ko‘p yillik tarixi bizning texnik bilimlarimiz, ixtirochilik, konstruktorlik qobiliyatimiz fan, inson ehtiyojlari, yashash muhiti rivojiga muvofiq doimiy mukammallashib borishini ko‘rsatmoqda. Hozirgi zamon sivilizatsiyasi sanoat va texnika taraqqiyoti bilan bog‘liqdir. U industrial sivilizatsiya yoki texnogen jamiyati deb atalmoqda.
Inson va jamiyat «texnosfera»da joylashgan bo‘lib, texnika bir joyda to‘xtab turmaydi. Texnika innovatsiyasi inson hayotini to‘xtovsiz o‘zgartirib turuvchi katalizator — harakatga keltiruvchi sifatida inson ongidan joy olai. Mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish ijtimoiy hayotga, iqtisod, siyosat va mafkuraga kirib keldi. «Inson va mashina» munosabatlari tobora yangicha mazmun kasb etib bormoqda.
Turmush bu ijtimoiy hayot sohasiga oid tushuncha bo‘lib, u inson, millat va xalqning yashash tarzi, urf-odatlar, rasm-rusum majmuyi, obektiv reallik, moddiy, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, sog‘liqni saqlash, shuningdek, ma’naviy qadriyatlarga bolgan ehtiyojlarini qondirishdan iborat. U azaldan madaniy qadriyatlarni vujudga keltiradigan va asraydigan muhim makon bo‘lib kelgan. Turmush madaniyati inson hayoti va ijtimoiy muhitda iqtisodiy, ijtimoiy, estetik mezonlarni ko‘rsatish bilan birga estetik madaniyatni ham shakllantiruvchi hodisadir.
Turmush madaniyatining o‘ziga xosligi mehnat, oila, Vatan, kattalarga hurmat, o‘zini tutish meyorlari kabi tabiiy, sodda ammo, asosiy qadriyatlarni singdirishida namoyon bo'ladi. Turmushga singgan qadriyatlar nisbatan mutlaq bo‘ladi, juda kam o‘zgaradi. Ushbu fazilatlar, qadriyatlarni har bir shaxs o‘zi bilan oilasiga olib o‘tadi va uning abadiyligini ta’minlaydi. Turmush estetikasi dizayn, ekoestetika, atrof-muhit estetikasi, estetik tarbiya bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, moddiy va badiiy madaniyatni integratsiyalashning eng ta’sirchan vositalaridan biridir.
Turmush estetikasi insonni voqelikka estetik munosabatini namoyon etadigan sohalardan bo‘lib, u bevosita tashqi ko‘rinishi, kiyinish va muomala madaniyati, narsa va buyumlarga, turar joylariga munosabatini aks ettiradi. O’z o‘rnida insonni o‘rab turgan narsa va buyumlar olamining go‘zalligi inson hayotining uyg'unligini ta’minlaydi va uni estetik tarbiyalaydi. Turar joyi, tashqi ko'rinishi, kiyim ko‘rkamligi orqali inson yashayotgan, mansub bo‘lgan jamiyat haqida estetik tasavvur olish mumkin. Va aksincha turmushda tartibsizlik, palapartishlik estetik madaniyat pastligidan dalolat beradi.
Mustaqillik yillarida madaniy-hordiq infrastrukturasidagi islohotlar, bolalar uchun sport maktablari, madaniyat saroylari va barkamol avlod saroylari, fitnes klublar, tikish-bichish, kasb-hunar o‘rganish bilan bog‘liq to‘garaklar aholi turmush estetikasiga ijobiy ta’sir ko‘rsata boshladi. «Ma’lumki, aholining turmush sharoitini yaxshilash, hayotdan rozi bo‘lib yashashiga erishish bugungi zamonaviy davlatchilik taraqqiyotidagi muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Yaqinda ayni shu ko‘rsatkichlar bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko‘magida AQShning Kolumbiya universiteti sotsiologlari tomondan ijtimoiy so‘rov va tadqiqotlar o‘tkazilib, shu asosda «Butunjahon baxt indeksi»ning («World Happiness index») yangi reytingi e’lon qilindi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, ushbu ro‘yxatda O’zbekiston 158 mamlakat orasida 44-pog‘onada, Mustaqil Hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlar orasida birinchi o‘rinda qayd etildi»15
Turmush estetikasining muhim jihati insonni o‘rab turgan narsa va buyumlar yaratish va unga bolgan munosabatida aks etadi. Qadimgi odamlar turli narsalardan loy, yog‘och, tosh va tabiatning boshqa predmetlaridan o‘ziga xos mo‘jizalar yaratganligi ma’lum. Bu narsalar dizayn faoliyati jarayonida yaratila borib turmush madaniyatining muhim xususiyatini tashkil qiladi.

Download 2,19 Mb.
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   193




Download 2,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI

Download 2,19 Mb.