• Estetik tarbiya
  • ESTETIKANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI




    Download 2,19 Mb.
    bet137/193
    Sana29.05.2024
    Hajmi2,19 Mb.
    #256562
    1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   193
    Bog'liq
    Muhandislik-texnologiya

    ESTETIKANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI. Estetikaning zamonaviy muammolari xaqida so’z yuritar ekanmiz birinchi navbatta eng asosiy estetik muammo xisoblangan estetik tarbiya borasida fikr yuritishni lozim topdik.
    Estetik tarbiya — insonning voqelikdagi va san’atdagi go‘zallikni idrok etish, tushunish va qadriga yetish qobiliyatini o‘stiradi. Estetik tarbiya, shuningdek, insoniyat faoliyatining har qanday sohasida estetik boyliklar yaratish, ya’ni go‘zallik qonuni bo‘yicha ijod qilish ehtiyojidan kelib chiqadi. Estetik tarbiya ijtimoiy sharoitlarga bog‘liq.
    Estetik tarbiyaning asosiy maqsadi — jamiyat a’zolarining har tomonlama mukammal rivojlanishlari uchun go‘zallikni to‘laqonli his etishga ko‘maklashishdan iboratdir.
    Estetik tarbiyaning hayotiy omillari faqat estetika, madaniyat, san’at, adabiyotdangina iborat emas. Ijtimoiy ong ko‘rinishlari va estetik qarashlar bilan bir qatorda, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar, turmush va texnika, sport va milliy urf-odatlar ham nafosat tarbiyasining nihoyatda muhim omillaridandir.
    Estetik tarbiyani to‘la amalga oshirmay turib axloqiy, g‘oyaviysiyosiy tarbiya asosida rivojlangan barkamol shaxsni voyaga yetkazib bo‘lmaydi.
    Estetik tarbiyaning asosiy ma’nosi va vazifasi kishilarda dunyo go‘zalligi to‘g‘risida his-tuyg‘ular, tasavvur va fikrlarni tarbiyalash va takomillashtirish orqali inson shaxsining har tomonlama va uyg‘un rivojlanishiga ko‘maklashishdan iborat.
    Estetik tarbiya, eng avvalo, tabiat va jamiyatda hamda san’at asarlarida go‘zallikni ko‘ra bilish, uni to‘g‘ri tushunish va qadrlash qobiliyatini tarbiyalashdan iborat. U hayot va mehnatning barcha tomonlariga go‘zallik ato etish qobiliyatini tarbiyalash, hayot va san’atda bema’nilikka, xunuklikka qarshi kurash hamda qobiliyatiga qarab san’atda o‘zining ijodiy kamolotini ko‘rsatishni nazarda tutadi.
    Estetik tarbiyaning asl mohiyati insonni real dunyoda mavjud bo‘lgan go‘zallikni to‘g‘ri idrok qilishga va hayotda haqiqiy go‘zallik uchun kurashga o‘rgatishdan iboratdir.
    Yuqorida aytilganlardan quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:
    Birinchidan, inson o‘zining mehnat faoliyati natijasida voqelikni estetik o‘zlashtiradi. Undagi go‘zalliklarni kashf etadi va idrok qiladi.
    Ikkinchidan, estetik tarbiya ishining barcha usul va vositalari kishida to‘g‘ri estetik fikr va idrok qilishni rivojlantirishga qaratilmog‘i lozim. Ya’ni, kishining estetik bahosi, mulohazasi va idroki voqelikda mavjud bo‘lgan go‘zallikni yoki xunuklikni to‘g‘ri aks ettirishi kerak.
    Uchinchidan, estetik tarbiya kishida har tomonlama va keng estetik did va manfaatlarni rivojlantirishni, kishilarni har qanday xunuklik, yaramaslikka nafrat ko‘zi bilan qarash, go‘zallikni ijod qilish ruhida tarbiyalashni nazarda tutadi.
    Estetikaning maqsadi — insonda hayotdagi, san’atdagi go‘zalliklarni umumjahon qadriyatlari nuqtai nazaridan idrok eta bilish va baho bera olish qobiliyatini tarbiyalash va o‘stirishdan iboratdir.
    Biz estetik jihatdan yaxshi tarbiya olgan odam deb, o‘z mehnati bilan hayot go‘zalligiga go‘zallik qo‘shuvchi, mehnat va ijtimoiy faoliyatini estetik kamolot darajasiga ko‘taruvchi komil insonni tushunamiz.
    «Agar kishini turmush ustozi dono qilmasa, hech dono unga so‘z o‘rgatmoq uchun ovora bo‘lmasinki, mehnati zoye ketadi», deydi Kaykovus. Demak, kishini tarbiyalashda hayotiy ta’sirning roli Kaykovusning diqqatidan chetda qolmagan. Yana u tarbiyani inson aqlini, shaxsiy hayotini shakllantiruvchi omillardan deb biladi. Uning fikricha, dunyoni bilishdan maqsad undan foydalanishdir.
    Oddiy musiqa kuyi, chiroyli gullar, suratlar dastlabki estetik kechinmani keltirib chiqaradi. Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning estetik tarbiyasi, avvalo, ularning «ko‘rish», «eshitish», tabiat ko‘rinishlari, atrof-muhitdagi go‘zallikni ajrata bilish va baholash ko‘nikmasini hosil qilishga qaratilgan. Buning uchun ashula, musiqali o‘yin, rasm solish, haykalchalar yasash mashg‘ulotlari keng qo‘llaniladi. Estetik tarbiya aqliy, axloqiy va jismoniy tarbiya bilan uzviy bog‘liq.
    Estetik tarbiya yosh avlodning axloq madaniyatini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. San’atga ehtiyojni, uni tushunishni, badiiy ijodda faol qatnashishga intilishni tarbiyalash estetik tarbiyaning birinchi navbatdagi vazifasidir. O‘z navbatida san’at ham biror maqsadga qaratilgan estetik tarbiyaning muhim vositasi hisoblanadi.


    Download 2,19 Mb.
    1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   193




    Download 2,19 Mb.