|
Muhandislik-texnologiya
|
bet | 139/193 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 2,19 Mb. | | #256562 |
Bog'liq Muhandislik-texnologiyaXalq pedagogikasi estetikaning «go‘zallik — hayot demakdir» degan qoidasidan kelib chiqib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni hayotdagi, mehnatdagi, turmushdagi, kishilar munosabatidagi go‘zallikda ishtirok etishini, uning hayotni, san’atni idrok eta bilish qobiliyatini shakllantirishni o‘zining bosh vazifasi deb hisoblaydi.
Agar inson estetik jihatdan tarbiyalangan bo‘lsa, u har qanday qiyin ishda ham go‘zallikni ko‘ra oladi va uni zavq-shavq bilan bajaradi.
Estetik kechinmalarda har doim xayol ishtirok etadi, busiz go‘zallikni idrok etish ham, ijodiy faoliyatni rivojlantirish ham mumkin emas. Xayol faoliyat jarayonida shakllanadi. O‘yin, rasm chizish, ertaklarni eshitish xayolning ishlashini talab etadi. Dastlabki vaqtlarda xayol faoliyat jarayonida narsalar bilan ta’sir etish natijasida yuzaga keladi.
Keyingi bosqichlarda esa ijodiy faollikning tashqi shakllaridan asta-sekin fikrlashga o‘tadi.
Estetik tarbiya — o‘quvchining estetik faoliyati orqali amalga oshiriladigan bilim, malaka va ko‘nikmalarni, estetik hissiyot, qiziqish, estetik ehtiyoj, estetik did va mulohazalarni tarbiyalashini o‘z ichiga oladi.
Bular o‘yin, mehnat jarayonida, maishiy faoliyatda, ijtimoiy va tabiat voqealari bilan tanishtirish orqali, san’at asarlari (badiiy tarbiya) vositasida estetik tarbiya berishdan iborat.
Estetik tarbiyaning asosiy vositalari quyidagilardir:
badiiy adabiyot, tabiat, mehnat;
insonlarni o‘rab turgan muhit, turmush estetikasi;
tabiat manzaralaridan olingan taassurotlar;
san’at asarlari;
o‘quvchilarning tasviriy faoliyatlari;
bayramlar, ko‘ngilochar tadbirlar, urf-odatlar, an’analar;
ma’lum maqsadga qaratilgan va rejali ravishda amalga oshiriladigan tadbirlar.
|
| |