Muhandislik-texnologiya




Download 2,19 Mb.
bet147/193
Sana29.05.2024
Hajmi2,19 Mb.
#256562
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   193
Bog'liq
Muhandislik-texnologiya

FETISHIZM
Portugalcha «fetiko» so‘zi o‘zbekchada «yasalgan» degani bo‘lib, fetishizm dinining mohiyatini yaqqol ifoda qiladi. Fetish, ya'ni odamlar qo‘li bilan yasalgan ayrim narsa va predmetlarda sirli ilohiy kuch-qudrat mavjud, deb o‘shalarga sig‘inishni keltirib chiqargan. Fetishlarda kasallik, ins-jinslarni daf qilish, yomon ko‘zdan saqlash, yaxshilik qiladigan, omad keltiradigan xosiyatli xususiyatga ega bo‘lgan sirli tomonlar bo‘ladi, deb tasavvur qilingan. Fetishlar xilma-xil predmetlar; but, xoch, afsonaviy farishtalar, ma'budalar, avliyolarning rasmlari, haykallari payg‘ambarlarning soch tolalari, kiyimlari; tumor, ko‘zmunchoq, tasbeh, ayrim maqbaralar, sag‘analar, qabrlar, chorvadorlar orasida hayvon kalla suyaklari, shoxlari, ko‘z tikan, isiriq, do‘lana kabi o‘simliklar, daraxt shoxlariga bog‘langan alaf deyiladigan turli rangdagi lattalar; Tavrot, Injil, Qur'on, Hadis kabi mukaddas kitoblar bo‘lishi mumkin.
Ilmi-amal, irim-sirimlarga oid: qaychining ochilib qolishi, supurgini tikka qo‘yish, kechki paytda tirnoq olish, kechasida uy supurish, jasadni tunab qolishi ham fetish bo‘lishi mumkin.
Duolar yozilgan qog‘ozni lattaga tikib uch, to‘rtburchak shaklida tumor qilib taqadilar. Go‘yo shu tumor «yomon ko‘z»dan, «ins-jins»lardan, xavfli kasalliklardan saqlaydi, omad keltiradi. Tumor yosh bolalar kiyimiga tikib qo‘yiladi, chaqaloqlar beshigiga osib qo‘yiladi, xotin-qizlarning bo‘yniga taqiladi, hatto mashinalarga osiladi.
Eng ko‘p tarqalgan fetishlardan biri ko‘zmunchoqdir. Ko‘z-munchoqlar toshdan qilinadi. Tosh teshiladi, bo‘yaladi, qora rangga oq ko‘z qilinadi. Ko‘zmunchoqlar bolalar bilagiga, beshigiga, kiyimlariga osiladi, tikib qo‘yiladi, bog‘lanadi. Xotin-qizlar isirg‘asiga bir-ikkita ko‘zmunchoq qo‘shib taqa-dilar. Shaxsiy yengil mashinalarga ham isiriq, tumor, ko‘z-munchoq osish rasm bo‘lgan.
Xristian dinida Iso payg‘ambarning but-xochga mixlab o‘ldirilishi ifodalangan, but-xochga sig‘inish keng tarqalgan. Bunday butlar deyarli barcha cherkovlarda, xristian ruhoniylarining kiyimlarida, dindorlarning uylarida uchraydi. Xoch kichik hajmda bo‘yinga taqiladi, xochni o‘pib tavob qilinadi.
Isoning onasi Bibi Maryam rasmiga sig‘inish ham keng tarqalgan. Xoch ham eng ko‘p tarqalgan fetishlardan hisob-lanadi. Barcha xristianlar, ayniqsa katoliklar xochga ixlos qo‘yishgan. Salibchilar, ritsarlar kiyimida xoch rasmi solin-gan edi. Poplar kiyimida ham xoch rasmi bor. Cherkovlar, ibodat uylari, monastirlar peshtoqida xoch bor. Xristian qabrlari ustiga xoch qo‘yiladi. Fetishizm dini garchi qadim zamonlarda paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, hozir ham o‘z kuchida. Masalan, Turkiya, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Eron, Misr, Suriya kabi davlatlarning bayrog‘ida yarim oy, yulduzlar tasviri bor, chunki osmon jismlari ilohiy kuch sifatida islomgacha bo‘lgan davrlarda fetishlar edi. Masjidlar, madrasalar ustiga yarim Oy ramzi qo‘yilgan. Qabrlar ustiga ham ba'zan oy, yulduz rasmi tushirilgan toshlar yoki yog‘och o‘rnatilganki, bularda ham fetish ma'nosi mavjud, Ma'lum ma'noda ulug‘ siymolar, olimlar, sarkardalar, dohiylarga o‘rnatilgan haykallar, mavzoleylar ham fetishlar hisoblani-shi mumkin.
Fetish hisoblangan ko‘pgina asotirlar, kamyob buyumlar, predmetlar ayni paytda san'atga mansub bo‘lib madaniyat yutuqlariga kiradi. Masalan, rus rassomlari ishlagan avliyolar rasmi tushirilgan ikonalar ana shunday san'at asarlaridir. Shuning uchun fetishga kiradigan ko‘zmunchoq, tumor, xoch kabilarni ayrim yoshlar dinga ishongani uchun emas, balki bir taqinchoq, zeb-ziynat buyumi deb taqib yuradilar.
Islom dinida, undagi an'anaviy, ilk islom fundamentalizmi, vohhobizm fetishizmga bid'at deb salbiy qaraydi. Ilohiy qudrat faqat Alloh bo‘lishi kerak, deb har qanday boshqa narsaga sig‘inishni yoqtirmaydilar. Hozirgi davrda qabr ustiga qo‘yilgan panjara, toshlar vahhobiylar tomonidan buzib tashlash voqyelari mavjud.
Shunday qilib, fetishizm eng qadimgi ibtidoiy dinlar-dan biri, lekin bu diniy tasavvurlar hamon saqlanmoqda.

Download 2,19 Mb.
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   193




Download 2,19 Mb.