|
POLITEIZM
( Ko‘p xudolik)
|
bet | 149/193 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 2,19 Mb. | | #256562 |
Bog'liq Muhandislik-texnologiyaPOLITEIZM
( Ko‘p xudolik)
Ibtidoiy jamiyatning yemirilishi oqibatida eramizdan avvalgi ikkinchi ming yillikda quldorlik jamiyati vujudga kelib, u yangi eraning beshinchi asriga qadar davom etdi.
Insoniyat tarixida quldorlik tuzumida dastlabki sinfiy antogonistik munosabatlar, xususiy mulkchilik munosabati hukmronlik qilgan, dastlabki davlat darajasidagi siyosiy kuchlar paydo bo‘lgan edi.
Ishlab chiqarish jarayonida ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik, savdogarlik, me'morchilik, harbiy kuchlar, urush harakatlari, oilaviy munosabatlar, ijtimoiy hayotda sinfiy va tabaqaviy bo‘linish, san'at turlari, sport musobaqalari, aqliy va jismoniy mehnat turlari paydo bo‘lishi natijasida diniy tasavvurlarda ham keskin o‘zgarishlar yuz berdi.
Tarixiy jarayonlarning ob'ektiv rivojlanish qonuniyat-lari hali inson tomonidan anglab yetilmaganligi, tabiat va jamiyatda sodir bo‘layotgan yaxshi va yomon voqyea-hodisalar sabablari odamlar uchun noma'lum bo‘lganligi uchun ana shu sabablar ilohiyotdan qidirilgan, shunga muvofiq keladigan mifologik obrazlar, rivoyatlar to‘qilgan. Shu tariqa ilohiyotning oliy obrazlari - Xudolar to‘g‘risida, ma'budalar haqida tasavvurlar paydo bo‘lgan.
Politeizm, ya'ni grekchada poli-ko‘p, teos-xudo - ko‘p xudolik dini quldorlik davrining klassik dini edi. Siyosiy hokimiyat, hukmron tabaqalar, quldor zodagonlar, sarkarda-lar, podsholar siyosatiga va ijtimoiy mavqyeiga mos keladigan xudolar va ilohiy homiylar ham to‘qilgan. Natijada Osmon, Quyosh, yulduz, yorug‘lik va zulmat, oy, yil fasllari, suv, shamol, o‘rmon, tog‘, bo‘ron, dengiz, yer osti, dehqonchilik, uzumchilik, o‘tloqlar, hayvon va o‘simliklar, urush, adolat, omad, oila, muhabbat, go‘zallik xudolari, ma'budalari, bosh xudolar, yaxshilik, yovuzlik xudolari kabi ko‘pdan ko‘p xudolarga sig‘inish vujudga kelgan.
Oilada onalar mavqyei va xuquqining yemirilishi, uning o‘rniga ota hukmronligining o‘rnatilishi natijasida xotin xudo va ma'budalarni erkak xudolar orqaga surib yubordi.
Odamlar yer yuzida tarkib topgan: hukmronlik va tobelik, qon-qarindoshlik, er-xotinlik, vafodorlik va vafosizlik, jinoyat va jazo kabilar osmondagi xudolar orasida ham to‘la ravishda mavjud deb o‘ylaganlar. Xudolar ham tug‘iladi va o‘ladi, uylanadi, aka-uka bo‘ladi, deb tasavvur etganlar. Turli sohalar bo‘yicha alohida-alohida xudo yoki ma'buda hukmronlik qiladi, deb o‘ylaganlar. yerda yuz beradigan barcha voqyealar Osmondagi yoki yer ostidagi xudolar xohishi bilan bo‘lishiga qattiq ishonishgan. Xudo va ma'budalarga atab ko‘pdan ko‘p marosimlar o‘tkazilgan. Ularni gavdalantiradigan rivoyatlar, haykallar, ibodatxonalar yaratilgan. Farqi shunda ediki, odam, jamiyatdagi voqyealar o‘tkinchi bo‘lsa, xudolar hayoti o‘rniga boshqa xudolar kelar edi.
Buddaviylik dinining paydo bo‘lishi tarixi, asosiy ta'limotlari. Buddaviylik oqimlari: janubiy buddizm (xinayana), maxayana, Vadjrayana. Buddizimda rohiblik. Buddizm manbalari. O‘rta asrlarda Dzen buddizm ta'limoti. Xozirgi davrda buddaviylikning rivojlanishi.
Buddaviylik - eng qadimgi dinlardan biri. U eramizdan oldingi VI asrda( ruhoniylar hisobida 544 yil - dinning afsonaviy asoschisi vafot etgan yil) shimoliy Hindistonda rivojlangan quldorlik jamiyati yuzaga kelib, yirik davlatlar tashkil topayotgan sharoitda vujudga keldi.
Buddaviylikka hozirgi davrda 700 mln. kishi e'tiqod qiladi. Buddaviylikning vatani Hindistondan uni boshqa dinlar, xususan hinduizm deyarli siqib chikargan. Hozirgi vaqtda buddaviylik Xitoy, Mongoliya, Yaponiya, Shri-Lanka, Nepal, Birma, Kampuchiya, Tailand, Laos, V'etnam, Indoneziya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan.
Rivoyatlarga ko‘ra, Budda cheksiz qayta tug‘ilish natija-sida turli qiyofada - podachi, raqqosa, quruvchi, shoh, hatto xudo shaklida namoyon bo‘lgan. U shu oliy maqsadga erishish uchun obro‘li Shakya qabilasini tanlagan emish. Ana shundan bu diniy rivoyatda Budda - Gautama nomi keng tarqalgan.
Gautama haqida aniq ma'lumotlar yo‘q. Rivoyatlarga ko‘ra, u hind qabilasi hukmronlaridan birining o‘g‘li bo‘lgan va zurriyodsiz malika Mayya g‘oyibdan homilador bo‘lib, uni 45 yoshida tuqqan. Gautama tug‘ilishida mo‘jiza ro‘y bergan. Tabi-iy hodisalar - yer qimirlashi, chaqmoq chaqishi, momaqaldiroq guldirashidan tashqari, chaqaloq tug‘ilgan zahoti yetti qadam qo‘ygan va gapira boshlagan.
Gautamaning otasi Moni o‘g‘lini din yo‘liga bag‘ishlashga rozi bo‘lmay, unga yaxshi ma'lumot bergan hamda yaxshi sharoitlarda tarbiyalagan va u hyech qanday qiyinchilik ko‘rmay o‘sgan, o‘zining donoligi, kuchliligi va epchilligi bilan hammani hayratga solgan. Vaqtlar kelib, u bir ko‘r cholga duch kelgan, kasal yotgan kishini, o‘likni ko‘rgandan so‘ng hayotininng mohiyati, maqsadi, og‘irliklari, kasallik va o‘lim haqida o‘ylay boshlagan. Binobarin, hayotning behudaligini anglab, tarki dunyo qilgan, darvesh yo‘liga kirgan, bu bilan u go‘yo kishilar boshiga tushadigan kulfatlar, azob-uqubatlar sabablarini mohiyatiga tezroq yetib, ulardan qutilish yo‘lini topmoqchi bo‘lgan. Nihoyat 35 yoshida «haqiqiy ilohiy bilim»ni topganligini e'lon qilgan. Shundan so‘ng u Budda deb nom olgan («budda» so‘zi ilohiy haqiqatga erishgan, degan ma'noni anglatadi). Gautamaga shu tariqa 4 ta ilohiy haqiqat siri ochilgan, ular buddizm ta'limotiga asos qilib olingan.
Gautama haqida to‘qilgan rivoyatlar, birinchidan, bu dinni kishilar o‘rtasida keng yoyishga, obro‘sini ko‘tarishga xizmat qilgan bo‘lsa, ikkinchidan, buddizmning g‘ayritabiiy kelib chiqishini «asoslash» bilan eziluvchi ommani azob-uqubatlardan qutqarishga diniy izoh berishdir.
Har qanday dinlar kabi buddizmning ham kelib chiqishi sababini xalqlarning yashash sharoiti va hayotidan, muayyan davrdagi ijtimoiy munosabatlardan qidirish lozim.
Qadimiy Hindistonda buddaviylik shakllangunga qadar murakkab sinfiy munosabatlar mavjud edi. Kishilar oliy, o‘rta va quyi tabaqalarga ajratilib, oliyga - braxmanlar, harbiylar, o‘rta tabaqalarga - hunarmandlar, savdogarlar, dehqonlar, eng quyi tabaqaga esa qora xalq, xizmatkorlar kiritilardi. Quyi tabaqa kishilarining hayoti nihoyatda og‘ir edi. Ular ijtimoiy tenglik u yoqda tursin, diniy tenglikka ham erishish huquqiga ega emas edilar. Bu xol katta noro-zilikka sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, jamiyatni kastalarga, oliy va past toifalarga ajratish mavjud bo‘lib, braxmanizm dini kastachilikning himoyachisi va g‘oyaviy quroli edi.
Buddaviylik quldorlik jamiyatida braxmanizm mazhab-laridan bir sifatida paydo bo‘ldi. U braxmanizmning jon-ning ko‘chib yurishi, jannat va do‘zax haqidagi aqidalarni saqlab qoldi. Braxmanizmning jamiyatni kastalarga bo‘lini-shi to‘g‘risidagi ta'limotiga qarshi chiqib, barcha kishilar din sohasida teng huquqli deb e'tirof kildi. Buddaviylikning diniy tenglik haqidagi g‘oyasi odamlarning kastalarga bo‘linib ketishiga qarshi kurashda ijobiy rol o‘ynadi. Biroq buddaviylik bu kurashga diniy-mistik tus berib, kishilar «azob-uqubat chekishda va undan xalos bo‘lishda» ham tengdirlar, deb hisoblaydi. Bu holat diniy hissiyotlarni singdirishga xizmat qildi.
Buddaviylik diniy ta'limotining asosiy manbai tripitaka (lug‘aviy ma'nosi « uch savat») deb nom olgan diniy yozuvlarda aks etgan. Diniy ta'limotda Budda uchta savatda ta'limot qoldirgan, deb tasavvur etiladi. Birinchi savat -Vinaya-Pitaka deyiladi va u budda rohiblik jamoasini tashkil etish tartib-qoidalari, pand-nasihatlar, ahloq normalari bayonidir; ikkinchi savat - Sutta-Pitaka deyilib, unda duolar, dostonlar, afsonalar bayon etilgan; uchinchi savat - Atxidamme-Pitaka bo‘lib, diniy falsafiy-ahloqiy g‘oyalar bayonidan iborat. Buddaviylik, hamma narsaning asosida bilib bo‘lmaydigan ruh yotadi, deydi. Dunyo real mavjud emas, u faqat kishilarning xayolida, bilib bo‘lmaydigan ruhning namo-yon bo‘lishida, deb ta'lim beradi. Buddaviylikdagi Nirvana ta'limoti «muqaddas haqiqat» deb ataladi. Unga ko‘ra: 1) hayot va turmush azob-uqubatlarining sababi - kishilarning istaklari va nafslarida; 2) azob-uqubatdan qutulish uchun kishilar o‘zlarining istak va nafslarini tiyishlari, Budda kashf etgan aqidalarga amal qilishlari zarur. Buddaviylik azob-uqubat tushunchasini mutlaqlashtiradi, borliqning barcha ko‘rinishlarini, uning mohiyatini, har qanday hayot tarzini azob-uqubat deb hisoblaydi. Shuning uchun ham buddaviylik Nirvanani borliqning intihosi, deb ham tushunadi.
Buddaviylik ta'limotiga ko‘ra, jonli mavjudotlarning o‘lishi uni tashkil etgan dharma (element, zarracha)larning ajralib ketish jarayonidir. Bu dharmalarning yangidan birikishi ilgari qilingan «savob va gunoh»lar bilan bog‘liq deyilgan. Dharma Nirvana darajasiga yetgandagina qayta tug‘ilishlarga barham berilib, azob-uqubatdan butunlay xalos bo‘ladi.
3) Buddaviylik ta'limotiga ko‘ra azob-uqubatlardan xalos bo‘lishning eng maqbul yo‘li rohiblik (zohidlik) jamiyatiga (sangxa) o‘tish hisoblanadi. Odam joni-ruhi gunohdan tozalangach, mutlaq sokinlik olami bo‘lgan Nirvanaga dohil bo‘ladi.
4) Rohiblik boshqa dinlarga qaraganda buddaviylikda avvalroq vujudga kelgan bo‘lib, hozirgi kunda buddaviylik mazhablaridan bo‘lmish Xinayana tarqalgan mamlakatlar xalqlarining ijtimoiy hayotida muhim rol o‘ynamoqda.
Rohiblar buddaviylikka e'tiqod qiluvchilar orasida juda katta obro‘ va hurmatga sazovor bo‘lib, ularga itoat etish va aytganini bajarish zarur, deb hisoblanadi. Buddizmda bir nechta mazhablar paydo bo‘ldi. Bulardan eng yirigi 1 asrda ajralgan Hinoyana («Kichik arava» - tor yo‘l ma'nosida) Shri-Lanka, Birma kabi mamlakatlarda keng tarkalgan. Mahayana («Katta arava» - keng yo‘l ma'nosida) Tibet, Yaponiya, Mo‘g‘uliston hamda Oltoy va Uzoq Sharqda yashovchi ba'zi xalqlar o‘rtasida keng tarqalgan. Buddaviylik Tibet va Mo‘g‘ulistonda ham tarqalgan bo‘lib, u lamaizm degan nom bilan yuritiladi. Buddaviylikning bu mazhabi mahalliy xalqlar o‘rtasida qadimdan mavjud bo‘lgan diniy tasavvur va urf-odatlarni o‘zlashtirgan. Lamaizmda buddaviylikka xos tasavvurlar bilan bir qatorda, Buddaviylikning yana qaytib kelishi va yer yuzida adolatli hokimiyat o‘rnatishi to‘g‘risidagi bashoratga keng o‘rin berilgan. Lamaizmni ko‘chmanchi xalq hayotiga moslashlashtirishga urinish mavjud. Undagi ibodat qilish tartibi ham ancha soddalashtirilgan.
Buddaviylik ta'limotida olam uch bosqichli deb ta'riflanadi. Birinchi olam eng yuqori olam bo‘lib, unda mutlaqo osoyishtalik hukmron. Unda faqat sof ruhgina mavjud deyiladi. Bu olam ruhning makonidir. Buddaviylikning ta'lim berishicha, ilohiy ruhni mutlaqo bilib bo‘lmaydi. Birinchi olamda ruh materiyadan tashkarida, u harakatsiz osuda yashaydi. Ikkinchi olam, rivoyatlarga ko‘ra, ruhiy mavjudotlar bilan to‘la jannat bo‘lib uni bodisatva deyiladi. Bu olamning hokimi Amitabadir. Amitaba olamida ruh gunohidan xalos bo‘lgan, lekin eng oliy olamga, ya'ni nirvanaga - mutlaqo bo‘shliq va osoyishtalik olamiga ko‘tarilmagan avliyolar yashaydi. Buddalar kishilarga budda ta'limotini o‘rganish, yaxshi yo‘ldan boshlab borish uchun yerga yuborilar ekan. Uchinchi olam eng quyi olam bo‘lib, unda odamlar va hayvonlar yashaydi. Bu olamdagi ruh qafasda yashaydi. U materiyaning changalida turadi va ozod bo‘lish hamda yuqori olamga ko‘tarilishga harakat qiladi. Ruhning yuqori olamga ko‘tarilishi odamlar qiladigan savobli ishlarga bog‘liq. Agar odam budda ta'limotiga e'tiqod qilsa, yaxshilikka intilsa, uning joni qayta tug‘ilishlardan so‘ng jannatga va undan nirvanaga ko‘tariladi. Yomonlikka mansub gunohkor kishilarning ruhi esa quyi dunyoda azoblanib, kafan ichida yuraveradi, yuqori olamga hyech qachon ko‘tarila olmaydi. Agar insonning budda ta'limotiga zid ishlari ko‘payib ketsa, xirs yoki tovlamachilikka berilib, undan qutila olmasa, bunday odamning ruhi bir necha qayta tug‘ilishlardan keyin yer ostidagi do‘zaxga tushadi va unda abadiy azoblanadi. Buddaviylikda qayta tug‘ilish deganda yangidan paydo bo‘lish tushunilmaydi, balki ilgari o‘lgan odamlarning jismidan tarqalgan dharmalarning yangi asosda birlashib, kelajak avlodga o‘tishi tushuniladi. Shuning uchun, budda dini inson kelajak avlodi uchun ham javobgar deb hisoblaydi.
Agar odam yaxshi bo‘lsa, budda ta'limotiga to‘liq rioya qilsa, boy va e'tiborli bo‘lsa uning dharmalari asosida qayta tug‘ilgan odam ham boy va badavlat, sofdil bo‘ladi. Aksincha, odam yomon kamabag‘al, qashshoq bo‘lsa, budda ta'limotiga rioya qilmasa, uning dharmalaridan paydo bo‘lgan odam ham kambag‘al, qashshoq bo‘ladi. Buning sababi avlodlar yomon hayot kechirgani uchun berilgan jazodir. Buddaviylik o‘zining bu ta'limoti bilan jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlik va jabr-zulmning tub mohiyatini ilohiy taqdir bilan izohlaydi.
Hindistonda quldorlik barham topishi bilan buddaviylik braxmanizmga tobora yaqinlashib bordi, keyinchalik hinduizmga qo‘shilib ketdi. XI-XII asrlarda buddaviylik Hindistonda o‘z ta'sirini deyarli yo‘qotdi.
Markaziy Osiyo va Sharqiy Turkistonda buddaviylikning yopilishi Kushonlar saltanati ravnaq topgan davrlar (er.av.II asr. yangi er. I asrlari) bilan bog‘liq. U hozirgi Markaziy Osiyo, Afg‘oniston, Pokiston, Shimoliy Hindiston va Sinszyan hududlarini o‘z ichiga oladi. Kushonlar davrida buddaviylik Hindistondan Markaziyo Osiyoga, bu yerdan esa «Buyuk ipak yo‘li» orqali Uzoq Sharqqa yoyilgan. Buddaviylikni Hind savdogarlari, sayyohlari, missionerlari dunyoga tarqatganlar.
Markaziy Osiyo xalqlari buddaviylikni qabul kilib, budda diniga oid yodgorlik inshootlar, ibodatxonalar, monastirlar kabi o‘ziga xos imoratlar bunyod qilganlar. Masalan, Tohiriylar davlatining poytaxti Balx shahrida budda diniga oid yuzga yaqin monastir bo‘lib, ularning uch mingta monaxi bo‘lgan, ko‘pchilik aholi esa buddaga ibodat qilgan. Markaziyo Osiyoda buddaviylikdan tashqari o‘sha davrlarda yana zardo‘shtiy dini ham mavjud edi. Budda diniga oid ibodatxonalar Farg‘onada, Samarqand yaqinida, Pop tumanidagi Chodak qishlog‘ida, Qirg‘iziston va Turkmaniston-ning janubiy tumanlarida topilgan. Shunday qilib buddaviylik o‘lkamizga eramizning boshlarida kirib keldi.
Lamoizm (tibet tilida «lama»-oliy samoviy, degan ma'noga ega bo‘lib, zohidlarni shunday deb ataladi) VII-XIV asrlarda tarkib topgan.
Tibetda buddaviylikning Mahayana yo‘nalishidagi oqimi bo‘lib, u yerda hukmron din bo‘lib kelgan. XVI asrning oxirlaridan boshlab lamaizm Mo‘g‘ulistonda, XVIII asrning boshidan esa Buryatistonda keng tarqalgan. 1741 yilda barcha lamalar Rossiyaga sodiq fuqaro bo‘lib qolishga qasam ichadilar va o‘z diniy ta'limotini targ‘ib qilishga rasmiy ijozat oladilar. Dastlabki lamalar XVII asr o‘rtalarida Jungoriyadan Rossiyaga ko‘chib kelgan qalmiq qabilalar bilan birga kelganlar va Rossiya fuqaroligini qabul qilganlar. Qalmig‘iston, Buryatiston ruhoniylaridan Tuva ruhoniylari -lamalari VII asrlaridayoq payd bo‘lganligi bilan farq qiladi. Biroq tuvaliklar lamaizmni ularning azaliy dini bo‘lgan shomonizm bilan qismangina qo‘shishgan xolos. Lamaizm ta'limotida 7 ta asosiy aqida bor.
Birinchi aqida: burxonlar to‘g‘risidagi ta'limot. Lamaistlarning xudolari va surati burxonlar atamasi bila ataladi.
Ikkinchi aqida: «muqaddas kitoblar» to‘g‘risidagi ta'li-mot. Lamachilar ikkita to‘plam kitobni «muqaddas» bilib e'zozlaydilar. Ularning birinchisi Ganjur (tibetcha-vahiy-lar) 108 jildli va ikkinchisi Danjur (tibetcha-sharhlar) 225 jildli. XIV asrda tibet tilida yozilgan bu matnlar Tripitakadan qilingan tarjimalarni ham, lamachi ruhoniylar yaratgan asarlarni ham o‘z ichiga oladi.
Uchinchi aqida - eng mayda, g‘ayritabiiy o‘lmas zarralar bo‘lmish draxmalarning birikishidan iborat jon to‘g‘risidagi ta'limot. Dharmalar tanalarni vujudga keltiradi, tana o‘ladi, ammo jon o‘lmaydi.
To‘rtinchi aqida - dunyoning manzarasi to‘g‘risidagi, narigi dunyodagi hayot to‘g‘risidagi ta'limotdir. Lamaizm ta'limotiga ko‘ra, narigi dunyo ikki bosqichga bo‘linadi: sansara - kishi joni o‘zgarib turadigan cheksiz zanjir. Nirvana - bunda ayniqsa, taqvodor joni orom topadi.
Beshinchi aqida - dindorlar bilan burxonlar o‘rtasidagi zarur vositachi sifatidagi lolalar to‘g‘risidagi ta'limot. Bularning ko‘plari jonli xudolar yoki xubliganlar - boshqacha shaklda gavdalanuvchilar deb qaraladi.
Oltinchi aqida - muqaddas urush to‘g‘risida bo‘lib, bu urush oqibatida buddist bo‘lmagan kishilarning hammasi yo‘q qilinishi kerak.
yettinchi aqida - azob chekish to‘g‘risidagi aqida, Lamaizm ham buddizm kabi yerdagi hayotni azob chekish deb hisoblaydi. Uning sabablarini esa aslo yo‘q qilib bo‘lmaydi, deb ta'kidlaydi. Lamaistlar faoliyatini amalga oshiradigan markazlar datsanlar bo‘lib, ularda lamalar har kuni ibodat qiladilar.
Oddiy lamaistlar o‘z uylarida ibodat qilishlari ham katta ahamiyatga ega.
Lamaistlar ibodatlarni oddiy shaklga kiritish uchun harakat qiladilar. Masalan, Mo‘g‘ulistonda, Buryatiyada, maxsus dindorlar avlodlari xotirasini eslash marosimida pul to‘lab turli raqamli sharlar yoki pattalarni shu qurilmaga tashlaydilar, aylanib chiqqan o‘sha patta yoki sharni olib, uni qo‘llariga, peshonalariga tekkizib lamaga qaytib bersalar niyatlari ijobat bo‘lgan hisoblanadi.
Buddaviylik va Lamaizmda buddaga sig‘inish, vaz'xonlik eshitish, Gautamaning tug‘ilishi, nurga to‘lishi, targ‘iboti va o‘limi bilan bog‘liq bo‘lgan «muqaddas» joylarni ziyorat qilish, buddizm obidalari saqlanadigan ibodatxonalarning ustunlariga sig‘inish asosiy marosimlar hisoblanadi.
Hozirgi paytda Birmada 17-asrda qurilgan ibodatxona va 6 metrli oltindan yasalgan budda haykali bulib, butun dunyo buddistlari shu ibodatxonaga hajga boradilar.
Buddaviylik ta'limotini tartibga solish maqsadida 1971 yilda Birmada buddistlarning maxsus ibodatxonasida Tripi-takaning turli tarjimalari va Variantlarini taqqoslash natijasida yagona matn ishlab chiqildi. Yangi matn mazmuni 729 marmar plitaga tushirildi. Bu yozuvlar saqlangan ibodatxona butun dunyo buddistlarining muqaddas va ziyoratgoh joyiga aylantirildi. Buddizm ruhoniylari halqaro miqyosda buddizm mavqyeini kuchaytirishga harakat qilmoqdalar. Shu maqsadda buddizmning turli tashkilotlarini birlashtirmoqdalar, buddistlarning halqaro konferensiyalari, s'ezdlarini o‘tkazmoqdalar.
Buddaviylikning bir necha halqaro tashkilotlari mav-jud, shulardan eng yirigi 1950 yilda tashkil topgan, jahon buddistlari qardoshlaridir.
Buddaviylik Xristian va Islom dinlariga kuchli ta'sir ko‘rsatgan. Xususan, oxirat to‘g‘risidagi, qayta tirilish, ruh va jonning o‘lmasligi, hayvonlarni azoblash gunohligi, qon to‘kmaslik kabi ta'limotlar buddaviylikdan keyingi dinlarga o‘tgan.
Xristianlikning paydo bo‘lishi va asosiy yo‘nalishlari: pravoslav dini, katolitsizm, protestansizm. Xristian dini konfessiyalari, ta'limotlari. Xristian dini manbalari. Xristian dinining asosiy jihatlari. Xozirgi davrda xristian dinining rivojlanishi va dunѐ davlatlaridagi o‘rni.
Jahon dinlaridan biri Xristianlik bo‘lib, bu dinning nomi Iiusis Xristos, bola xudo - payg‘ambar nomidan olingan. Dunyodagi barcha xristianlar Iiusis Xristos (Iso)ning ummatlari hisoblanadilar.
Hozirgi davrda xristianlik eng keng tarqalgan din bo‘lib, Amerika, Avstraliya, yevropa, Osiyo qit'alarida va boshqa joylarda 2 milliard xristianlar mavjud. Bu din monoteistik va jahon dinidir. Xristianlar dunyoning 254 mamlakatida yashaydilar.
Xristianlik yangi eraning 1 asri o‘rtalarida Rim imperiyasining Sharqiy viloyatlardagi Iudeya (hozirgi Isroil), kichik Osiyo (hozirgi Turkiya) va Falastin hududlarida yashaydigan mazlum xalqlar va qullar orasida iudaizmning firqasi sifatida paydo bo‘lib, so‘ngra undan ajralib chiqdi va yangi dinga aylandi.
Xristianlik tarixi yaxshi tadqiq etilgan. Jumladan, Injilda, Ioan Bogoslovning «Vahiynoma» asarida, B.Spi-nozaning «Ilohiyot va siyosatga oid risola»sida, L.Feyerbax-ning «Xristianlikning mohiyati» asarida va boshqa manbalarda xristianlikning kelib chikish tarixi, uning aqidaviy ta'limoti, marosimlari, ahloqiy va huquqiy qarashlari, rivoyatlar bayon etilgan.
Xristianlik 325 yilda Rim imperiyasida rasmiy mafkura va davlat dini deb rasmiy ravishda e'lon qilingan edi. Xristianlik rasman tan olingan davrdagi tarixiy shart-sharoit quyidagicha edi:
Rim quldorlik davlatining qullarga va bosib olingan mazlum xalqlarga nisbatan qattiq jabr-zulm qilishiga qarshi olib borilgan ozodlik urushlari va qo‘zg‘olonlar birin-ketin mag‘lubiyatga uchrab, ulardan shafqatsiz o‘ch olinib jazolashlar oqibatida umumiy ruhiy-ma'naviy inqiroz paydo bo‘lgan. Qullar sinfidan bo‘lgan Spartak yetakchiligida eramizdan avvalgi 73-71 yillarda Rimdagi qo‘zg‘olon bostirilgach, 6 ming qul Rimga olib boradigan yo‘llar chetiga qurilgan xochlarga mixlab tashlangan. Shun-dan keyin qullar bilan mazlum xalqlar tez orada samoviy haloskor - payg‘ambar Iso kelib bizni ozod qiladi, sabr-toqat qilish, ibodat bilan shug‘ullanish kerak, deb yangi dinga umid bog‘ladilar. O‘sha fojea oqibatida umumiy umidsizlik avj olgan. Spartakning mag‘lubiyati, - degan edi tarixchi Sharl Enten, - Isoning g‘alabasi edi.
Qachonlardir shon-shuhratga, kuch-qudratga to‘lib-toshgan Rim quldorlik davlati eramizning I-III asrlariga kelib inqirozga yuz tutdi. Qulchilik o‘rniga feodal tartiblar o‘rnatila boshlandi. Quldorlar va boshqa yuqori tabaqalar orasida ijtimoiy aynish kuchayib, ma'naviy buzilish, ayshuishratga berilish o‘sib bordi.
Rim davlati hududlarida yashayotgan turli urug‘lar, qabilalar, elat va xalqlar o‘z xudolariga, payg‘ambarlariga, urf-odatlariga sig‘inar edilar. G‘oyaviy-mafkuraviy birlik bo‘lmaganligi ham Rim qudorlariga xalq ustidan siyosiy va g‘oyaviy hukmronlik qilishni tobora qiyinlashtirardi. Rim davlati uchun yagona xudo, yagona payg‘ambar, yagona din asosidagi mafkura zarur edi. Bu ahvol shakllanib kelayotgan xristianlik jamoalariga erkinlik berish, ularda klirlarning rahbarlikni qo‘lga olishi, ana shu maksadni ifodalaydigan aqidalar ishlab chiqishga olib keldi.
Xuddi ana shu uchta tarixiy sababga ko‘ra xristianlik nisbatan tezroq shakllanib bordi, u ko‘pchilik orasida keng tarqaldi, yuqori va quyi katlamdagi kishilar orasida e'tiqod, iymonga aylandi. Yangi din yuqori tabaqa uchun mazlumlar ustidan hokim bo‘lish yo‘llarini ochib berdi, xalqni esa tinchlantirdi.
Xristianlik o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmagan. Uning falsafiy-mistik nazariy asosini yahudiy faylasufi, Aleksandriyalik Filonning falsafiy ta'limoti, Rim stoiklaridan Seneka-ning falsafasi tashkil qiladi. Xristianlik bevosita yahudiy milliy dinning ko‘p xususiyatlarini meros qilib oldi. Unda qadimgi Sharq dinlarining ko‘pdan-ko‘p unsurlari qayta ishlangan hamda o‘zlashtirilgan. Masalan, qadimgi Hindiston-ning hinduizm dinidagi uch qiyofa bilan namoyon bo‘ladigan xudolar: Braxman, Vishnu, Shiva xristianlikdagi uch qiyofali yagona xudo (ota xudo, muqaddas ruh, bola xudo) shaklida tasavvur etilgan. Xristianlik ibodatlarida sham yoqish otashparastlardagi olovga sig‘inish, avlodlar ruhi-arvohiga jin chiroq yoqish odati; totemizm dinidagi totem hisoblangan hayvonlar go‘shtini iste'mol qilish va u bilan qon va tana orqali yanada yaqinlashish rasm-rusumi; fetishizmdagi ayrim predmet va narsalarni ilohiylashtirish esa xristianlikdagi butparastlikda yaqqol namoyon bo‘ladi.
Xususan, faylasuf olimlar Seneka bilan filonlarning falsafiy-ahloqiy qarashlarining xristianlik mafkurasini ishlab chiqishga ko‘rsatgan ta'siriga alohida to‘xtalib o‘tish kerak.
Seneka (er.av. 4 yilda tug‘ilgan va yangi eraning 65 yilida vafot etgan) o‘z falsafasida moddiy boyliklar to‘plash, noz-ne'matlarni iste'mol qilish kabilarni bu dunyoning behuda ovoragarchiliklari deb e'lon qilib, ulardan voz kechishni targ‘ib kiladi. U bu talabni jonni qutqarib qolish yo‘lidagi birinchi qadam deb bildi. Dunyo, Senekaning fikricha, insoniyatni kelayotgan halokatdan qutqarib qolishga qudrati bo‘lgan ilohiy hokimga muhtojdir. Filon (eramizdan avvalgi 1 asrning oxiri, yangi eraning birinchi yarmida yashagan) grek-rim falsafasini yahudiy dini bilan qo‘shishga urinib, xudo bilan odamlar o‘rtasida turuvchi ilohiy vositachi borligi haqidagi ta'limotni ishlab chiqqan edi. Bu vositachi «Kaloni xudo» bo‘lib, u kishilarni to‘g‘ri yo‘lga solib yuborish va ularni hammadan qudratli xudo bilan tanishtirish uchun tangrining yerga yuborgan farzandidir.
Xristianlik yevangeliyalarini (hadislarini, xushxabar-larini) yozgan avliyolar Seneka va Filonning bu g‘oyalaridan foydalanganlar. XIX asrda Germaniyada yashagan dinshunos olim B.Bauer umrining oxirigacha mana shu masala bilan shug‘ullanib keldi. U o‘z tadqiqotlariga yakun yasab, quyidagi xulosaga keldi: «Yil hisobimizning 40-yilida yashagan Iskandariyalik yahudiy Filon juda ham qarib qolgan chog‘ida Xristianlikning haqiqiy otasi bo‘ldi, rimlik Stoik Seneka esa, xristianlikning amakisi bo‘ldi».
Stoiklar falsafasi qadimgi Gretsiyada eramizdan avvalgi IV asrdan yangi eraning IV asrigacha davom etgan. Rim imperiyasi davrida stoiklar falsafasi diniy falsafaga aylandi. Stoiklar ahloq masalalariga ko‘proq e'tibor berib, uni taqdirga ishonish ruhida talqin etdilar. Ular jonning tanadan tashqarida yashashini, insonning taqdiriga tan berishini, zohidlik kabilarni himoya qilib chiqdilar. Stoiklar ta'limoti xristian dinining ahloqini shakllanishiga katta ta'sir ko‘rsatadi.
Mana shu ikki faylasuf, ya'ni Seneka bilan Filon ta'limotlari asosida shakllangan dastlabki Xristianlik aqidalarida odam tug‘ma gunohkor ekanligi; hayvonlarni qurbonlik qilish yo‘li bilan emas, balki o‘z qalbini xudoga qurbon qilish yo‘li bilan tavba qilish; dunyoviy rohatlarning hammasiga nafrat bilan qarab, nafsni tiyish; u dunyodagi yaxshi turmushga umid qilish; odam o‘ldirmaslik, yaqin kishilariga yaxshilik qilish g‘oyalari shakllangan edi.
Xristianlikning xalq orasida tez tarqalishiga Rim davlatining qo‘l ostida bo‘lgan sharq mazlum xalqlarining diniy ruhiyatiga mos bo‘lgan qadimgi Sharq dinlaridan foydalanganlik ham tas'ir qildi. Masalan, Misrning qadimgi Xudosi Oziris o‘lib-tirilish ramzi bo‘lgan dehqonchilik xudosi edi. Shu sababga ko‘ra, Misrda xristianlik tarqalganda xochga tortilib o‘lgan, so‘ngra qayta tirilgan Iso haqidagi aqidaga Misr xalqi tezgina ishondi. Rivoyatga ko‘ra, Oziris o‘z akasi-yovuzlik xudosi Sed bilan bo‘lgan urushda halok bo‘ladi. Ozirisning xotini Izida Ozirisdan homilador bo‘lgan holda vafot qiladi. Ammo narigi dunyoda Izida qayta tirilib o‘g‘il tug‘adi, unga Gor deb ism qo‘yadi va o‘z o‘g‘li bilan yana bu dunyoga qaytib keladi. Gor urushib Sedni yengadi va Ozirisni tiriltiradi. U butun dunyoda adolatning qozisiga aylanadi. Xuddi shunga o‘xshab Iso ham qayta tirilib, osmonga chiqib ketgan va u yana yer yuziga qaytib kelib ming yillik adolat o‘rnatadi, degan aqida xristianlar orasida targ‘ib qilinadi.
Zardo‘shtiylikdagi yorug‘lik, yaxshilik va hayot xudosi Axuramuzdaning yovuzlik, zulmat va yomonlik xudosi Axrimon ustidan g‘alaba qilishi; Eronliklarning yorug‘lik xudosi Mitraning obrazi ham Rim hududlarida keng tarqalgan bo‘lib, bu g‘oya hatto dastlabki davrlarda xristianlikning jiddiy raqibi bo‘lgan.
Bibi Maryamning Isoga g‘oyibdan homilador bo‘lishi haqidagi ta'limoti ham sharqiy dinlar ta'sirida paydo bo‘lgan. Masalan, Budda, Suriya podshosi Sargos, Misr xudosi Gor va boshqalar g‘oyibona homila natijasida tug‘ilganliklari haqidagi rivoyatlar ta'sirida Bibi Maryamda g‘oyibona homila paydo bo‘lib keyin Iiusis Xristos (Iso) tug‘ilgan, degan tasavvur vujudga kelganligiga hyech shubha qilinmasa ham bo‘ladi.
Shunday qilib, xristianlik qurama din bo‘lsa ham, unda o‘ziga xos bo‘lgan ko‘pgina xususiyatlar ham mavjud. Yangi belgi va xususiyatlar o‘sha davrdagi boshqa dinlardan xristianlikni yuqori turishiga olib kelgan. Xristianlikning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardir:
Birinchidan, xristianlik Rim imperiyasi hududlarida mavjud bo‘lgan diniy-etnik tafovutlarni bartaraf qilgan; Ikkinchilan, xristianlik diniy rasm-rusumlarni va hokimlik pillapoyalarini yo‘q qilganligi sababli bu dinni qullar, ozod qilingan sobiq qullar, zamindor kolonlar, shahar va qishloq kambag‘allari yoqtirib qolganlar. Ular xudo va din oldida yuqori tabaqalar bilan teng bo‘lganliklaridan xursand edilar; Uchinchidan, xristianlik dastlabki ta'limotlarida odamlarning irqiy, milliy, jinsiy, ijtimoiy, tabaqaviy tomonlardan huquqiy tengsizlik asosida ajratishi qattiq tanqid qilinib, demokratik ruhga ega bo‘lgan, u «zahmatkash-larni» qutqarishga va'da berganligi uchun, xristian ruhoniylari bu dinni eng insonparvar din, deb keng targ‘ib qiladilar. Odatda, Xristian dini Iso inqilobi bo‘ldi, deb tashviqot etiladi.
Ma'lumki, jamiyat tarixida hamma ijtimoiy davrlarda ham ko‘pchilik kishilar kambag‘al, qashshoq, madaniyatda va bilimda ancha orqada qoladilar va aksincha, ozchilikni tashkil etadigan boy-badavlat, madaniyatli va bilimli kishilar mavjud bo‘ladi. Xristianlik garchi «xristian madaniyati»ni rivojlantirgan bo‘lsada, u dunyoviy mazmundagi antik madaniyatga nisbatan salbiy munosabatda bo‘ldi, cherkovning mistik madaniyati ruhida odamlarga estetik tarbiya beradi.
Xristianlik yashirin jamoalariga yuqori tabaqa vakillari ham kirgandan keyin ular bu jamoalarda rahbarlikni qo‘lga oldilar. Ularda klirlar, ya'ni yepiskop, pop, d'yakon, prasviter - ruhoniy otaxonlar ta'siri kuchayib bordi. Dastlabki davrlarda Xristian jamoalarida, asosan, kambag‘al kishilar, xususan, qullar ko‘pchilikni tashkil etgan. Klirlar rahbarligida o‘rmonlarda, tashlandiq vayronalarda, ayrim xonadonlarda yashirin o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda g‘oyibdan samoviy haloskor payg‘ambarning kelayotgani to‘g‘ri-sida suhbatlashganlar, muqaddas kitoblarni o‘qib muhokama qilib, izohlash, ehsoniy ovqatlanish marosimlari, ya'ni kechki paytdagi birgalikda ovqatlanishlar o‘tkazib kelingan. Lekin u vaqtlarda mol-mulkni to‘la umumlashtirish, jamoa bo‘lib mehnat qilish to‘g‘risida gap bo‘lmagan. Xristian jamoalari ichida qattiq intizom o‘rnatilgan. Isoning qaytib kelishini passiv ravishda kutish va mo‘min-qobil bo‘lib yurish, bu dunyoda adolat o‘rnatilishi mumkin emasligiga, u dunyoda esa baxtga erishishga ishonch orta borgan sari bu dinga hukmron tabaqalar ham ixlos qo‘ydilar. Bu o‘zgarishlar xristian jamoalarini yashirin holatdan ochiq holatga o‘tib faoliyat ko‘rsatishga olib keldi.
Imperator Konstantin 313 yili xristianlarning ta'qib qilishni bekor qildi va 325 yili xristianlikni Rim imperiyasining davlat dini darajasiga ko‘tardi. 325 yili Konstantin boshchiligida Nikey shahrida xristianlarning 1-jahon yig‘ilishi bo‘ldi. Yig‘ilish xristian dinining qonun-qoidalarini ishlab chiqdi. Xudoni uch shaxsning (ota xudo, mukaddas ruh, o‘g‘il xudo) birlikda ifodalanishi qabul qilindi. 381 yili xristianlarning Konstantinopolda bo‘lib o‘tgan 2-jahon yig‘ilishida cho‘qinish va qayta tirilish haqidagi yangi aqida qabul qilindi.
Xristianlik davlat dini bo‘lgach unga juda ko‘p huquq va imtiyozlar berildi. Jumladan, barcha shahar va qishloqlarda ruhoniylar «ruhoniy otalar» sifatida xalqqa xristianlik xizmatini o‘tkazish, diniy marosimlarga rahbarlik qilish, diniy ta'lim berish, targ‘ibot qilish, xalq ustidan ma'naviy nazorat o‘rnatish, cherkov mol-mulkini, tushgan xayr-ehsonlarni tasarruf qilish, o‘z shaxsiy boyliklariga egalik qilish huquqlariga ega bo‘ldilar. Mamalakatda cherkov, monastir, kostyol kabi diniy tashkilotlar uchun hashamatli binolar qurildi. Ular qo‘ng‘iroqlar, haykallar, ikonalar, butlar, minbarlar, diniy adabiyotlar, biodat buyumlari, predmetlari bilan bezatildi, musiqa asboblari, munojot qo‘shiqlar aytadigan xor jamoalari yuzaga keltirildi. Diniy maktablarda, monastirlarda ko‘plab ruhoniy rohiblar va rohibalar bo‘lib, ularda yer maydonlari, hunarmandchilik, to‘qimachilik sexlari vujudga keltirildi. Diniy tashkilot-lar obro‘si ortib borib turli lavozimlar (masalan Rim papasi, kardinal, patriarx, abbot, arxiepiskop, pop, yepiskop kabilar vujudga keldi. Hatto o‘rta asrlarda katolik diniy tashkilotlari mahalliy hokimlarga bo‘sunmaslik darajasiga yetib bordi. Oila-nikoh, ajralish, sudlov ishlari ham asta-sekin diniy tashkilotlar ixtiyoriga o‘tib ketdi. Masalan, Rim papasi G‘arbiy yevropadagi davlatlarning ichki ishlariga katolik cherkovlari vositasida aralashardi. Abbotliklar esa Rim papasining ana shu davlatlar ichidagi tayanchi bo‘lib qoldi. Din mustaqil ma'naviy kuchga aylanib, odamlar fikri va ruhiyati ustidan hokim bo‘lib qoldi.
|
| |