|
Muhandislik-texnologiya
|
bet | 148/193 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 2,19 Mb. | | #256562 |
Bog'liq Muhandislik-texnologiyaSHOMONIZM
Shomonizm - ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilishi davrida paydo bo‘lgan qadimgi diniy e'tiqodlardan biridir. Uning o‘ziga xos xususiyati - kishilar orasida go‘yo turli ruhlar bilan munosabatda bo‘la oladigan shomonlar (bizning mahalliy sharoitda shomonlar - baxshilar, folbinlar, parixonlar, ko‘chirikchilar, duoxon, azoyimxonlar deb ataladi) qobiliyatiga ishonishdir. Shomonlarda kasalni davolash, odamlar qismatini karomat qilish, tabiatda xohlagan o‘zgarishlar qilish kabi mo‘jizakor sirli qobiliyat bor, deb o‘ylashgan.
Sehrgarlar magiya, ya'ni afsungarlik hatti-harakatlari bilan kishilarda ruhiy ko‘tarinkilik holatini yuzaga keltirishlari mumkin. Afsungarlar odatlari va duolari hunar-kasbda, harbiy ishlarda, chorvachilik, dehqonchilik, savdo ishlarida, tibbiyotda keng qo‘llanilgan.
Shomon do‘mbirasi yoki boshqa musiqiy asboblarda muno-jot kuylari, sirli duolar, g‘ayriodatiy raqs harakatlari, turli rasm-rusumlar jazavasi tutib, holdan toyguncha bajariladi. Masalan, zikr tushish hushdan ketguncha davom etadi.
Shomonlarning xuddi shu holda marosim o‘tkazishini «Sannikov yeri» degan kinofilmdagi shomonning oq kiyikni qurbon qilish kadrlarida yaqqol ko‘rish mumkin. Shomonlar ho-zir yangi nomda ekstrasenslar deb ataladi. Masalan, Kashpi-rovskiy, Chumak, Farg‘onadan chiqqan Qizlarxon kabilar zamo-naviy shomonlardir. Shomon harakati odam ruhiyatiga ta'sir qilishga, ularni o‘z hatti-harakatiga ishontirishga asoslangan.
MAGIYA (Sehrgarlik)
Shomonizm bilan magiya-sehrgarlik juda yaqin bo‘lgan dinlar hisoblanadi. Magiya diniy psixologiyaning o‘ziga xos amal qilishi bo‘lib, bu din sehr, afsun kuchi bilan insonga, hayvonga yoki tabiat hodisalariga ta'sir ko‘rsatish maqsadida bajariladigan sehrgar hatti-harakatidir.
Sehrgarlik harakatining shakllari turlicha bo‘lib, ular hayotning har xil sohasida qo‘llanilgan. Muhabbat sehri, ishlab chiqarish magiyasi, dushmanni yengish sehri - avrash kabi turli ibodat va harakatlar ancha keng tarqalgan. Mehnat va ishlab chiqarish magiyasiga turli sehrli marosimlar bag‘ishlangan. Masalan, har bir musulmon kishi biror ishni boshlashdan oldin «Bismillahi-r-Rahmoni-r-Rohim», ya'ni «Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman» degan niyat qiladi. Dehqonlarimiz birinchi yer haydashni yoki urug‘ni ekish oldidan qurbonlik marosimi o‘tkazadilar, ekin-tikinlarga Allohning barokati ato qilishini tilaydilar.
Oila-nikohga bag‘ishlangan ko‘pgina sehrgarlik marosimlari, rasm-rusumlar va odatlar mavjud. Masalan, kelin-kuyov boshidan tangalar, qandlar sochish, ularning oyog‘i ostiga oq poyondoz solish, shirin choy ichirish, kelinning oyog‘ini kuyov bosishi yoki aksincha, kelin kuyov oyog‘ini chaqqonlik bilan bosib olishi kabi qiziq odatlarda kelajakda oilaviy hayotni yaxshi, ahl, shirin, boy-badavlat bo‘lishiga ko‘maklashadi degan maqsadlar ko‘zda tutilgan.
Ovga borishdan avval hayvonlar rasmiga yoki terisiga ustalik bilan nayza sanchish mashqi yoki sehrli harakat raqsi eng qadimgi ovchilar hayotida keng tarqalgan.
Xalqimiz o‘rtasida chilyosin qilib kasalni davolash odati ham tez-tez o‘tkaziladi. Bu marosim sehrgar-baxshilar tomonidan o‘tkaziladi. Odatda birorta qo‘y yoki echki so‘yiladi, uning qoni bemor kishining ko‘kragiga, qorniga, oyoq-qo‘llariga, peshonasiga surtiladi, nim qorong‘u xonada Qur'onning Yosin surasini qirq marta tilovat qilib, kasal kishiga dam solinadi, uning atrofida «ha chiq, ha chiq!» deb zikr raqsiga tushiladi, sirli duolar o‘qilib musiqa chalinadi, xipchin bilan kasalni yengilroq darajada savalab, «uning ichiga kirib olgan ins-jinslar» haydaladi. Kasal ruhiga ta'sir qilishga mo‘ljallangan bu sehrli marosimdan so‘ng kasal yo tuzaladi yoki vafot qiladi. «Chilyosindan chiqibdi yoki chiqa olmabdi» degan xabar el orasida shu odat tufayli kelib chiqqan.
Sehrgarlik dini hozirgi zamonda ham folbinlik shaklida; dam solish, isitma-sovutma, qaytarma qilish, «ilmi-amal», «oldini boylash» kabi shakllarda xalq orasida saqlanmoqda.
Umuman ibtiodiy jamiyatda totemizm, anemizm, feti-shizm, shomonizm va sehrgarlik kabi dastlabki dinlar paydo bo‘lgan, ular asosan tabiat kuchlarini ilohiylashtirgan, ammo bu dinlarda xudolar, payg‘ambarlar, muqaddas kitoblar paydo bo‘lmagan edi. Ibtidoiy dinlar ulardan keyin kelib chiqqan dinlarga kuchli ta'sir qilgan, ularning ayrim ko‘rinishlari hozir ham mavjud. Ov bilan, chorvachilik bilan shug‘ullangan xalqlarga ayrim o‘simliklar va osmon jismlarini ilohiylashtirish xos bo‘lsa, hunarmandlar uchun pirlarga, ma'budalarga sig‘inish xos edi.
Afsungarlik, jodu, duoxonlik, avlodlar ruhiga sig‘inish ham o‘sha davrdagi dinlarga xos edi. Din madaniyat tizimiga kirgan ko‘pgina marosimlarni o‘sha ilk davrlarda vujudga keltirgan.
|
| |