|
Din tushunchasi. Diniy ong asoslarining shakllanishi. Ibtidoiy din shakllari
|
bet | 144/193 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 2,19 Mb. | | #256562 |
Bog'liq Muhandislik-texnologiyaDin tushunchasi. Diniy ong asoslarining shakllanishi. Ibtidoiy din shakllari.
«Din» atamasi nemischada religare-bog‘lanmoq fe'lidan yasalgan, arabchada esa ilohiy kuchlarga iymon, e'tiqod, ishonch, ahloq degan ma'nolarni anglatadi. Ilmiy-falsafiy jihatdan esa bu atama ma'naviyatning bir elementi hisoblanadi. Bizning fikrimizcha, din-real voqyelikdan, ijtimoiy hayotdagi narsa va hodislarni tabiat, jamiyat va insondan tashqarida deb hisoblaydigan, ularni o‘ziga xos tarzda aks ettiradigan ma'naviy e'tiqod va amalning bir turidir. Din-insonga xos his-tuyg‘ularning alohida xususiyati bo‘lib, diniy his-tuyg‘ular dindorga (dindorlarga) yaxshi kayfiyat, shod xurramlik, ishonch, yupanch, umid bag‘ishlaydi; aksincha u yomon, qo‘rqinchli, falokat, halokat, zarar keltiradigan holatlar va yovuz kuchlardan asrovchi bir ruhiy madad manbaidir; insonlarga yaxshilik va najot yo‘lini ko‘rsatib, unga yetaklovchi ma'naviy qudrat tismolini ifodalaydi. «Din» atamasi, umuman, dinlarning barchasi diniy bilim va dunyoviy ilmda ikki xil tushuntiriladi.
Din ibtidoiy jamiyatning quyi bosqichida, taxminan bundan 50-40 ming yil avval shakllangan. U keyingi jamiyatlarda turli tarixiy tip hamda shakllarda rivojlanib kelgan. Dinni keltirib chiqargan tub sabablar, ya'ni ildizlar uchta: ijtimoiy, psixologik va gnoseologik ildizlari mavjud.
Dinning ijtimoiy ildizi jamiyat hayoti bilan, ayniqsa, u ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘sib borishi darajasi, ishlab chiqarish munosabatlarining xususiyati bilan bilvosita aloqadordir; u jamiyatning ustqurmasida aktiv element hisoblanadi, diniy tashkilotlar davlat ishlariga ba'zan bevosita aralashadi, ba'zan esa davlat va siyosatdan butunlay ajratib qo‘yilgan holatda harakat qiladi. Sinfiy jamiyatlarda mehnatkash tabaqa va guruhlarga turmush qiyin-chiliklariga, ijtimoiy zulmlarga, qashshoqlik azoblariga chidash, sabr-toqat bilan yashashga da'vat etuvchi g‘oyaviy kuch bo‘lgan hukmron guruh kishilarni insof va adolatga, mazlumlarga rahm-shafqatga, xayr-ehsonli bo‘lishga chaqiradi, jamiyatlarda sinfiy bo‘linishni emas, balki diniy birodarlikni, milliy ayrimachilikni emas, balki xudoning bandasi va payg‘ambarning ummati sifatida barchaning birdamlikda yashashi zarurligini ta'kidlaydi.
Ijtimoiy jihatdan din yana dindorning shaxsiy hayotida yuz berib turadigan kasallik, oilaviy mojarolar, farzandsizlik, beaql farzandlarning yaramas ishlari kabilardan siqilishi kabi holatlar diniy his-tuyg‘ularni kuchaytiradi va mustahkamlaydi.
Har kanday dinning gnoseologik, ya'ni dunyoni bilish nazariyasi bilan bog‘liq ildizi ham mavjud. Dinning bu ildizi olamdagi voqyea va hodisalarning kelib chiqish sabablarini, ularning ichki mohiyatini bilish murakkab va qiyin bo‘lishi bilan bog‘liq. Tabiat va jamiyatda ro‘y beradigan o‘zgarishlar sababli ko‘p ming yillar mobaynida insonlar uchun sirli tuyilgan; natijada odamlarning aqli zaif va cheklangan, dunyoning barcha sirlari birgina xudoga ma'lum, undan boshqa hyech kim dunyoni bilmaydi degan xulosa kelib chiqqan.
Dinning gnoseologik ildizi falsafiy jihatdan skeptitsizm bilan chambarchas bog‘liq. Bu oqim olamni bilish mumkinligini shubha bilan nemis faylasufi Immanuel Kann inson o‘z sezgilaridan tashqarida nima borligini bila olmaydi, tashqi olam qandaydir bilib bo‘lmaydigan sirli «narsa o‘zida» mavjud bo‘lib, u fazo va vaqtdan tashqaridagi ruhlarga, xudolargagina ma'lum, deb hisoblaganlar.
Fan dalillari, insoniyat to‘plagan amaliy tajribalar va xulosalar, insonda aql va tafakkur borki, bu qudratli ma'naviy omillar olamning sirlarini birin-ketin ochayotir.
Dinning psixologik ildizi ham bo‘lib, bunda odamlarda-gi tashqi olam voqyealaridan, jamiyatda ro‘y berayotgan turli hodislardan iztiroblanishi, ezilishi, g‘am-tashvishga tushib qolishi, qo‘rquv vahima, umid va ishonch, shodlanish yoki ruhan tushkinlik holatlari dinning kelib chiqish va mavjud bo‘lib turishida katta kuch hisoblanadi. Diniy pand-nasihatlar, turli diniy marosimlar ham diniy psixologiya bilan bog‘liqdir.
Shunday qilib, har qanday dinning kelib chiqishi, yashab turishi va amal qilishi ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlari bilan izohlanadi.
Hozirgi davrda, ya'ni XX asr oxirida yuz bergan siyosiy o‘zgarishlar, milliy faollashuv va demokratiya, bozor iqtisodiyotiga o‘tish bilan bog‘liq qiyinchiliklar shart-sharoitlari natijasida diniy faollik sezilmoqda. «Ilmiy ateizm»dan diniy e'tiqodga qaytish jarayoni keskin yuz bermoqda.
Jamiyat hayotida amal qilayotgan dinlar shunchaki nodonlik va jaholatparastlik oqibati emas, albatta. Din o‘z tashkiliy tizimiga ega bo‘lgan murakkab va o‘ta moslanuvchan g‘oyalardan iborat bo‘lib, din jamiyatni uyushtiruvchi, yo‘naltiruvchi, safarbar etuvchi, intizomga soluvchi g‘oyaviy kuch hisoblanadi. Diniy shiorlar ayrim inqilobiy harakatlarni, ba'zi davrlarda G‘azovot va salb urushlarini, milliy-ozodlik harakatlarining bayrog‘iga aylangan. Dinning: 1.Xom-xayol-ya'ni kompensatorlik, 2. Tartibga soluvchilik, 3. Integrallashtiruvchilik, 4. Kommunikatorlik degan ijtimoiy funksiyalari bor.
Kompensatorlik funksiyasida din odamlarga ular erisha olmagan narsalarga, baxtlarga ilohiy xayollar, taskin orqali erishtirishga urinadi. Masalan, qiynalib yashagan kishilar «u dunyoda» jannatda yashaydilar, xudo ularni bu dunyoda emas «u dunyoda» baxtli qiladi deb taskin beradi.
Din o‘z aqidalari orqali dunyoning yaratilganligini, odamlarning ilohiy taqdiri, oxirat kuni kabilar to‘g‘risida tasavvurlar vujudga keltirgan va mafkura yaratgan. Dinning tartibga soluvchilik funksiyasi, kishilarning xulq-atvori, ahloqiy harakatlari diniy me'yorlar asosida boshqarilishini aks ettiradi. Shuningdek, dinga ijtimoiy tuzumni saqlovchi va mustahkamlovchi integrallovchi, jamiyat bilan shaxsning o‘zaro bog‘liqligini ta'minlovchi kommunikativlik funksiyalari ham xosdir. Dinning bu funksiyalari diniy tashkilotlarning faoliyati bilan uzviy birlikda bo‘lsa-da, bir-biriga aynan mos kelmaydi. Diniy tashkilotlar ijtimoiy muassasa sifatida o‘z rivojlanishida nisbiy mustaqillikka ega bo‘lib, ham diniy, ham iqtisodiy va ahloqiy-tarbiyaviy vazifalarni bajaradi. Xuddi mana shu yo‘sinda muayyan diniy tashkilotlar ijtimoiy masalalar buyicha mavjud jamiyatga mos mavqyeda turadi. Masalan, mustaqil O‘zbekistonda diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan holda, asosan, diniy ishlar bilan shug‘ullanmoqda.Ular jamiyatimiz hayotida aktiv ishtirok etib, ko‘proq tarbiyalovchi rol o‘ynamoqda.
Hozirgi davr va din munosabatini siyosatning o‘zgarishi bilan bog‘langan holdagina tushunmoq mumkin. Siyosatimizda milliy o‘zlikni anglash, kelajakda buyuk davlat qurish, eng rivojlangan davlatlar darajasiga ko‘tarilish, horijiy davlatlar bilan teng xuquqli va ikki tomonlama foydali aloqalar olib borish, qo‘shma korxonalar qurish, ilm-fan, texnika, san'at, adabiyot, kadrlar va mutaxassislar tayyorlash, sport sohasidagi aloqalar; mamlakatimiz ichida esa tinch-totuvlikni saqlab turish, fuqarolar hamkorligini mustahkamlash, yoshlarning ta'lim-tarbiyasini yangi, zamonaviy talablar asosida olib borish, milliy qadriyatlarni tiklash kabi ishlar olib borilib, istiqbol sari rivojlanmoqdamiz. Mana shularning barchasi dinning jamiyatdagi faolligini oshirdi. Masalan, O‘zbekiston musulmonlari Boshqarmasi horijdagi musulmon davlatlari, ulardagi diniy tashkilotlar bilan faol aloqalar olib bormoqda. Mamalakatimiz hududidagi Bahovuddin Naqshband, Mulla Bozor Oxun, Axmad Yassaviy, Imom Ismoil al-Buxoriy maqbaralari qayta ta'mirlandi, ular xalqimizning ziyoratgohlariga aylanib qoldi. Makka va Madina shaharlariga hajga borishlar avj oldi va h.k. Davr ma'naviyatning boshqa sohalari qatori diniy iymon-e'tiqod uchun ham keng imkoniyat yaratdi.
Shunday qilib, mavzudan umumiy xulosa qilganda, din ijtimoiy ong shakli bo‘lib, u tarixiy hodisa hisoblanadi, madaniyatning ajralmas qismi, odamlar ruhiy va ijtimoiy hayotining muhim xususiyatlari, yoshlar tarbiyasi uchun katta vosita hisoblanadi, dunyoqarashning alohida tarixiy tipidir.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, «Dinshunoslik asoslari» dinlarning tarixini ham bayon etadi. Avvalgi mavzuda dinning mohiyati ko‘rsatib o‘tildi. Falsafiy jihatdan har qanday hodisa o‘zining sabablariga ega bo‘lib, makonda ro‘y beradi. Din va uning tarixi ham bu nazariy qoidaga bo‘ysinadi. Dinning dunyoviy ilmiy izohiga ko‘ra, u yerda paydo bo‘lgan. Odamlar hayoti bilan bog‘langan, jamiyatda amal qiladi, kishilik tarixi bilan aloqada yashaydi. Dinning turli tarixiy shakllari mavjud.
Turli diniy manbalarda din azaldan mavjud bo‘lib kelgan, xudo esa hamma narsalarni: osmon va yerni, koinotni, barcha odamlarni, mo‘jizaviy yo‘qlikdan bor qilib yaratgani aytilgan. Demak, dinning tarixi jamiyat tarixidan avval boshlangan, degan xulosa kelib chiqadi.
Ilmiy adabiyotlarda ko‘rsatilishicha, dinning tarixi 50-40 ming yildan ko‘p emas, jamiyatning tarixi esa 3 million yildan ziyod. Demak, u tarixiy hodisa, din ibtidoiy jamiyatning quyi bosqichida kelib chiqqan. Biz bu ikkinchi qarashni analiz qilsak, dinning paydo bo‘lishidan darak beradigan arxeologik va etnografik ashyoviy dalillarga murojaat etmog‘imiz kerak. Arxeologiya fani odamlar yashagan turli tarixiy davrlarda yer ostida qolib ketgan qadimiy manzilgohlarni kovlab topadi, ulardan uy-ro‘zg‘orga, zeb-ziynatga, ish qurollariga , kiyim kechaklarga, me'morchilikka, san'atga oid turli buyumlar, noyob topilmalarni aniqlaydi-lar, ba'zan ko‘hna qabrlardan dafn qilish qoidalari, qabrdagi jasad yonida ov qurollari, yeb-ichish idishlari, taqinchoqlarga ham duch kelingan, ba'zan esa qush va hayvon-larning, afsonaviy mahluqlarning, farishta, ma'budalarning haykallari, turli narsalardan yasalgan shakllari, niqoblar topilganki, ularning ayrimlari diniy mazmunga ega bo‘ladilar. Masalan, Namangan viloyatining Pop shahridagi «munchoqli tepa» degan qadimgi manzilgohdan 1984 yilda arxeologlar bir nechta qabr topdilar. Jasadlar eramizdan avvalgi II-I asrlarga oid bo‘lib, ular ov qurollari, ovqat idishlari, zeb-ziynat buyumlari bilan birga dafn etilgani ma'lum bo‘ldi. Demak o‘sha davrlarda odamlar «u dunyo»da qayta tirilishga, unda yana yashashlariga ishonganlar, ya'ni o‘sha davrdagi kishilarda diniy ong mavjud bo‘lgan.
Etnografiya fani urug‘-qabilalar, elat va millatlarga xos bo‘lgan turli urf-odatlar, rasm-rusumlar, marosimiy udumlarni, ulardagi tartib-qoidalarni, etnografik jihatdan ahamiyatga ega bo‘lgan kiyimlar, raqs va qo‘shiqlar, yuz niqoblari, oziq-ovqat turlarini o‘rganadi. Ushbu fan ham diniy urf-odatlarga oid ko‘pgina ma'lumotlar to‘plagan.
Din jamiyat hayotidagi mehnatning ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik kabi tarixiy turlari, odamlarning kasb-kori bilan bog‘liq holda ham shakllanib borgan. Pirga sig‘inish shu tariqa paydo bo‘lgan. Oilaning homiysi hisoblangan ma'budalarga sig‘inish ro‘y bergan. Omad homiysi Fortuna, baxt keltiruvchi Xizr to‘g‘risidagi rivoyatlar ham ana shunday vujudga kelgan, O‘tib ketgan avlodlar ruhiga sig‘inish eng qadimgi diniy tasavvurlardan hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning pastligi, mehnat qurollarining ni-hoyatda soddaligi, dunyo to‘g‘risida, hatto odamning o‘z anato-miyasi va fiziologiyasi, ruhiy holatlari to‘g‘risidagi bilimlarning kamligi kishilarning tabiat kuchlariga to‘la qaramligi, ular oldida qo‘rquv, ojizlik, ibtidoiy kishilar ongida turli-tuman afsonaviy diniy tasavvurlarni keltirib chiqargan.
Odam o‘z ojizligini sezgach, o‘z ahvolini anglab yetgan vaqtdagina, shu nochorlikni yengib o‘tishga madadkor ilohiy kuchlarga ehtiyojni his-tuyg‘usida sezib olgachgina din kelib chiqqan.
Atrofdagi barcha narsalar turfa ranglarga, xossa-xususiyatga, mukammallikka ega bo‘lishdan tashqari, yil fasllari, tun va kunning rang-barang tarzda namoyon bo‘lishi, oy shakllarining o‘zgarishi, yulduzlarning tun bag‘rida go‘zal yarqirab turishi, ularning har xil shakllarda ko‘rinishi, osmoniy jismlarning uchib yurishi, o‘simlik va hayvonlarning chiroyli qiyofalarda mavjud bo‘lib yashashi, vulqonlarning otilishi, yer bag‘rida ma'danli shifobaxsh suvlarning chiqib turishlari, odamning ko‘rish, eshitish, tam, maza, hidlarni ajratish kabi sezgi a'zolarining mutanosib tarzda mavjud bo‘lishi, odamning tushida g‘aroyib vokealarni ko‘rishi kabi holatlarni diniy adabiyotda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xudoning qudrati, ajoyib ustalik bilan yaratib qo‘yganiga ishonchli dalillardir, deb talqin etiladi. Fanda esa bular tabiiy tanlanish, yashash uchun kurashda shakllangan tabiiy oddiy ob'ektiv hodisalar deb hisoblanadi. Dinlarning kelib chiqish tarixi hozirgacha to‘la, aniq ochilmagan ilmiy muammolardan biri deyish mumkin.
|
| |