|
Mehnat—estetik tarbiyaning asosiy vositasi
|
bet | 140/193 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 2,19 Mb. | | #256562 |
Bog'liq Muhandislik-texnologiyaMehnat—estetik tarbiyaning asosiy vositasi. Ma’lumki, har birimizni xilma-xil murakkab va jozibador go‘zalliklar dunyosi qurshab olgan. Go‘zallik tabiatda, mehnatda, insoniy munosabatlarda, san’atda namoyon bo‘ladi. Go‘zallik, ayniqsa, yoshlik, o‘smirlik davrida, shaxsning ma’naviy dunyosi tarkib topishi jarayonida ko‘proq maftun etadi. Shu tufayli ham teatr va kinoteatrlarda, konsert va ko‘rgazmalarda ko‘pincha yoshlarni uchratishimiz mumkin.
Insonning go‘zalligi mehnati orqali namoyon bo‘ladi. Mehnat takomillashgan sari, ayniqsa, jismoniy mehnat turlari texnika zimmasiga o‘tgani sari, ularning ko‘ngilli va ijodiy tabiati ortib boradi. Shu tariqa mehnat estetik tarbiyaning eng muhim omili bo‘lib qoladi. Chunki qoloq ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasi sharoitida mehnat turi insonga estetik ta’sir ko‘rsata olmaydi. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan har bir inson o‘z mehnatidan moddiy va ma’naviy manfaatdor bo‘lsagina, bu mehnat estetik tarbiya omili bo‘la oladi.
Shaxs hayotida mehnatning estetik ta’sirini kuchaytirishda ishlab chiqarish jarayonlariga estetik texnika (dizayn)ni keng ravishda joriy qilish kerak bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, ishlab chiqarish muhitini nafosat qonunlariga mos tarzda qayta qurishni taqozo etadi. Mehnat sharoitlari va vositalariga estetik mazmun baxsh etish omili insonni estetik kamol toptirish bilan birga, uning foydali-amaliy vazifalarini ham kengroq doirada bajarishga safarbar qiladi. Natijada estetik mazmun mehnat unumdorligini, samaradorligi va sifatini oshirishning muhim omiliga aylanadi.
Go‘zallik hamisha insonga, jamiyat taraqqiyotiga ma’naviy foyda keltiradi. Estetik tarbiyada shaxs estetik madaniyati shakllanishining tashqi va ichki omillari uyg‘unligidan, tarbiyaviy faoliyatning o‘ziga xos usullaridan foydalanilgandagina mo‘ljaldagi samaralar va muvaffaqiyatlarga erishish mumkin.
Mustaqil O‘zbekiston davlati fuqarolarining estetik ongini oshirish estetik tarbiya oldidagi dolzarb vazifa bo‘lib, u estetik madaniyatni yanada yuksaltirishga, estetik talab-ehtiyojlar va qadriyatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Sport va uning ma’naviy-estetik jihatlari. Sport estetikasi deganda, inson harakati go‘zalligi va ulug‘vorligini estetik anglab yetish tushuniladi. Sport estetikasining rivojlanish jarayonlari insonning ma’naviy va jismoniy yetuklik uyg‘unligining in’ikosidir. Bunda insonda jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy kamolot, jismoniy ta’lim, jismoniy madaniyat kabi bosqichlar kuzatiladi.
|
| |