• Jismoniy tayyorgarlik
  • Jismoniy kamolot
  • Sport
  • Jismoniy madaniyat
  • Muhandislik-texnologiya




    Download 2,19 Mb.
    bet141/193
    Sana29.05.2024
    Hajmi2,19 Mb.
    #256562
    1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   193
    Bog'liq
    Muhandislik-texnologiya

    Jismoniy rivojlanish — kishi organizmi shakli va funksiyalarining o‘zgarish jarayoni bo‘lib, asosan, atropometrik va biometrik ko‘rsatkichlarni anglatadi. Ya’ni, bo‘y, gavda og‘irligi, qaddi-qomati, o‘pkalarning tiriklik sig‘imi, shuningdek, tezkorlik, epchillik, egiluvchanlik, kuch-chidamlilik kabilarni o‘z ichiga oladi.
    Jismoniy tayyorgarlik — bu harakat ko‘nikmalari malakalari, jismoniy sifatlarining sport razryadlari va unvonlar, talab va meyorlar bilan belgilanadigan rivojlanish darajasidir.
    Jismoniy kamolotbu jismoniy rivojlanishning tarixan shakllangan darajasi va sog‘liqning, hayotga, mehnatga, Vatan himoyasiga har tomonlama jismoniy tayyorgarlikning eng yuqori bosqichidir.
    Sport — bu musobaqa jarayonida namoyon bo‘ladigan u yoki bu jismoniy mashq turida eng yuqori natijaga erishishga yo‘naltirilgan maxsus faoliyatdir.
    Jismoniy madaniyat — umumiy madaniyatning bir qismi bo‘lib, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida to‘plangan inson jismoniy kamoloti sohasidagi moddiy va ma’naviy boyliklarining majmuidir. Moddiy boyliklarga sport inshootlari, stadionlar, sport zallari, basseyn, kortlar, jismoniy tarbiya jihozlari, maxsus kiyim, poyabzal, shuningdek, sport sohasida erishilgan yutuqlar, ya’ni kamolot darajasi kiradi. Ma’naviy boyliklarga jismoniy tarbiya haqidagi fan, san’at asarlari, adabiyot, haykaltaroshlik, rang-tasvir, musiqa va boshqalar kiradi.
    Shaxsning har tomonlama uyg‘un rivojlanishi uchun sport turlarining ahamiyati katta. Sport, avvalo, chiniqtiradi, tarbiyalaydi, shu bilan birga, go‘zallikka va ezgulikka chorlaydi.
    Chempionlar millionlab muxlislar oldida ajoyib kombinatsiyalar yaratadilar. Shu bilan birga estetik zavq uyg‘otadilar. Sportning estetik turlari figurali uchish, badiiy gimnastika, sinxron suzish, ot sporti, qilichbozlik va boshqalardir.
    Bu sport turlari mohiyati jihatidan san’at darajasida ijro etiladi. Yurtimizda jismoniy tarbiya va sport ishlariga alohida ahamiyat berilmoqda. Yoshlarimiz jahon arenalarida O‘zbekiston san’atini dunyoga ko‘z-ko‘z qilmoqda. O‘zbekiston bayrog‘i Yer sharining deyarli har yerida baland ko‘tarilmoqda.



    Download 2,19 Mb.
    1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   193




    Download 2,19 Mb.