|
Muhandislik-texnologiya
|
bet | 146/193 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 2,19 Mb. | | #256562 |
Bog'liq Muhandislik-texnologiyaANIMIZM
Odamlar kuzatuvchan bo‘ladilar. Qadimgi zamon kishilari ham tabiat va jamiyatdagi turli hodisalarni sinchkovlik bilan kuzatib borganlar. Har yili bahorda o‘simliklar va daraxtlar uyg‘onishi yuz berib kurtak yozadi. Odamlar uxlab uyg‘onadilar, hushidan ketib yana hushiga keladilar, ayrim hayvonlar qishda uxlab bahorda uyg‘onadi, qish fasli «o‘lik» mavsumdir, bahor qayta tirilishdir.
Bu voqyealarni bilishgach, odamlar barcha narsa va predmetlar o‘lib-tirilib turadilar deb o‘ylay boshlaganlar.
Animizm jamiyatda qachon va qaerda ana shunday tasavvurlar paydo bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha joyda va davrda kelib chiqqan dindir.
Animizm bundan 40-30 ming yil ilgari paydo bo‘lgan.
A n i m a so‘zi lotincha bo‘lib, «jon, ruh» degan ma'noni bildiradi. Animizm eng kadimgi dinlardan biri bo‘lib, u avvalo jon, ruhni o‘lmaydi, tana esa o‘ladi, degan tasavvurdan paydo bo‘ldi. Animistik ta'limot qayta tirilish tanaga jonni qaytib kirishi sababli ro‘y beradi, deb hisoblaydi.
Animizmga ko‘ra jon va ruh har bir narsa va predmetda, har bir o‘simlik va hayvonda, har bir odamda mavjud. Jonning kuchi ruhiy bo‘lishi, abadul-abad barhayot qolishida-dir. Animizm har bir kishida uning hayoti va ongining manbai jon va ruhiy quvvati bo‘lib, jon bilan ruh odam tug‘ilmasdan avval mavjud bo‘ladi, tana paydo bo‘lgach unga kirib hayot bag‘ishlaydi, deb ta'kidlaydi.
Dastlabki davrlarda animistik tushunchada jonni soya yoki nafas olish bilan aynan bir narsa deb bilar edilar. Jon turli xalqlarda turlicha tasavvur etilgan. Masalan, Shimoliy Amerikaning tub joy xalqlarida soya nomi bilan, nafas olish nomi bilan atalgan.
Agar qattiq momaqaldiroq, kuchli bo‘ronlar, suv toshqin-lari, dahshatli zilzila, vulqon otilishlari, odamlarning o‘limi kabi voqyealar sodir bo‘lsa, yana shu hodisalar paytida jon va ruhlar junboshga keldilar, qahr - g‘azabga kirdilar, degan o‘y-xayollar kelib chiqqan.
Jon va ruhni odamlarga xudo beradi, jonni qayta oladigan ham xudo, degan ishonch animizm riovjlanishining keyingi davrlarida vujudga kelgan. Animizm dinining muhim xususiyati - ruhlar abadiy aylanib yurishi, odam ruhi ko‘zga ko‘rinmasdan, jismsiz holda o‘z uyiga kelishi, hali barhayot qarindoshlarini ko‘rib turishi, ularni yaxshi yoki yomon hodisalardan g‘oyibdan ogohlantirib turishi mumkin, degan ta'limotidir.
Jon va ruhlar to‘g‘risidagi animistik din o‘zidan keyin kelib chiqqan ko‘pgina dinlarga ta'sir qilgan. Buddizm dinida olam uch qavatdan iborat hisoblanadi. Birinchi qavatdagi olam eng yuqori olam bo‘lib, unda mutlaqo ruhiy osoyishtalik hukmron. Unda faqat sof poklangan ruhlargina mavjud deyiladi. Ruhni aslo bilib bo‘lmaydi. Ikkinchi olam qavatida ruh qafasdan chiqib poklanadi, uchinchi qavat olamda odamlar va hayvonlar mavjud bo‘lib, bu olamda ruh qafasda yashaydi.
Islom dinida o‘lgandan keyin tirilish to‘g‘risidagi ta'limot berilgan. Oxiratda barcha vafot etgan kishilar qayta tiriladi. Ular xudo tomonidan so‘roq kilinadi, ular savob yoki gunoh ishlariga qarab jannatga yoki do‘zaxga dohil bo‘ladi-lar, deyilgan .
Hozirgi davrda O‘zbekiston, Tojikiston va boshqa musul-mon mamlakatlarida o‘lgan kishilarning arvohiga atab qurbon-lik marosimi o‘tkaziladi, xayr- ehson, sadaqa berish odatlari mavjud. Bular ham animizm odatlaridir.
Yuqorida aytib o‘tilganidek vafot etgan kishilar kiyi-mi, zeb-ziynatlari, ovqat-oziqlari, harbiy va ov qurollari, ba'zan o‘lgan podsholar xizmatkorlari bilan dafn qilinishi arxeologlar tomonidan (masalan, Surxondaryo viloyatidagi «Sopolli tepa» degan joydan topilgan qadimgi qabristonda odamlar jasadi yonida ov qurollari, ovqat idishlari, tog‘ echkisi, qurbaqa haykalchalari) topilgan. Bular ham animizm diniga xos edi. O‘zbek oilalarida vafot etgan kishi uyida oqshom paytida arvohga atab chiroq yoqish odati ham animizm dinining hamda otashparastlik dinining urf-odatlaridir.
Keyingi yillarda ruhlar to‘g‘risida ko‘pgina yangi mulohazalar vujudga keldi. Xususan, ruhlar yoki «bobolar» bilan muloqotda bo‘ladigan ekstrasenslar, yangi chiqqan «ta-bib»lar kasallarni davolash seanslari o‘tkazishlari keng raklama qilinmoqda. «O‘limdan keyingi hayot» degan Raymond Moudinning kitobida ruhlar to‘g‘risida g‘aroyib fikrlar aytildi-ki, bu ko‘p shov-shuvga sabab bo‘ldi.
Animizm dini odamlarning olamdan o‘tgan avlodlari xotirasini unutmaslikka o‘rgatadi, shahidlar xotirasiga qo‘yilgan haykallar, ularning ro‘yxatlarda qayd etilishi, qabrlarini tiklash, ramziy qabrlarga «mangu olov» yoqish kabilar ham animizm bilan bog‘lanib ketadi.
Animizm dini tarixi yanada chuqurroq o‘rganish lozim bo‘lgan ilmiy muammo bo‘lib, bu masalada jiddiy tadqiqotlar olib borish lozim, deb o‘ylaymiz.
Shunday qilib, bundan 30-40 ming yillar avval animizm dini kelib chiqqan bo‘lib, bu din undan keyin paydo bo‘lgan dinlarga ta'sir qiladi, hozirgi davrdagi dindorlar onggida animizmga xos tasavvurlar hamon mavjud.
|
| |