-rasm. O’zbekiston hududida quyoshdan olinadigan solishtirma quyosh energiyasi qiymatlari




Download 1,13 Mb.
bet5/30
Sana20.06.2024
Hajmi1,13 Mb.
#264726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Гули дис (2)

1.1-rasm. O’zbekiston hududida quyoshdan olinadigan solishtirma quyosh energiyasi qiymatlari


O’zbekistonning yalpi quyosh energiyasi salohiyati 50973 mln. t.n.e, texnikaviy salohiyati 176, 8 mln. t.n.e ga teng deb baholanadi. Demak O’zbekiston zaminiga bir yilda tushuvchi quyosh energiyasi absolyut qiymatiga ko’ra mamlakatning tekshirilgan uglevodorod xom ashyosidan ancha ko’pdir. Hozirgi vaqtda quyosh energiyasining faqatgina 0,3 % o’zlashtirilgan xolos.
XX asrning oxiriga kelib atrof-muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalasi eng dolzarb muammoga aylandi. Tabiiy resurslardan qancha ko‘p foydalanilsa, ularning zahirasi shunchalik tez kamayadi, ishlab chiqarish chiqindilarning atrof-muhitga tashlanishi ko‘payadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi, fan va texnikadagi inqilob juda katta miqdorda yoqilg‘i – toshko‘mir, neft mahsulotlari, tabiiy gaz, torf va boshqa tabiiy resurslarning ko‘plab sarflanishiga olib kelmoqda. Ammo, bu resurslar chegaralangan bo‘lib, ularning umumiy zahiralari (hali ochilmagan konlarni ham hisobga olganda, 4-4,5 trillion tonna shartli yoqilg‘iga teng) vaqt o‘tgan sari tobora kamayib bormoqda. Agarda an’anaviy energiya manbalari hozirgi darajada sarflanaversa, ularning zahirasi atigi 80 yilga zo‘rg‘a yetar ekan. Misol tariqasida avtomobil sanoatining zararli ta’sirini ko‘rib o‘taylik: Statistika ma’lumotlariga qaraganda, 2010 yilda dunyo bo‘yicha 800-900 million dona atrofida turli rusumdagi avtomobillar ro‘yxatga olingan. 2020 yilga borib esa raqamlar 1,8-2,5 ga milliard donaga yetishi taxmin qilinmoqda. Bitta avtomobil yiliga o‘rtacha 4 tonna kislorodni zaharlaydi. Uning tutun mo‘risidan 800 kilogramm uglerod oksidi, 40 kilogramm azot oksidi va yana 200 kilogramm miqdorida boshqa turdagi zararli moddalar atrof-muhitga tarqaladi. Gap shundaki, avtomobillar mo‘risidan chiqayotgan bug‘ gazlari atmosferaga issiqlikni saqlagan holda tarqalmoqda va sayyoramizda busiz ham jadallashayotgan havo haroratining isishiga turtki bermoqda. Sanoatning jadal rivojlanishi va trantport vositalarining ko‘payib borayotgani bois atmosferaga chiqayotgan karbonat angidrid gazi miqdori oshmoqda. Masalan, eng ekologik toza mahsulot hisoblangan gazning yonishini olib ko‘raylik. Mutaxassislarning fikricha, bir kilogramm tabiiy gaz yonishidan 2,75 kilogramm karbonat angidrid va 2,25 kilogramm suv bug‘i hosil bo‘ladi. Bir yilda
duyonda o‘rtacha 2.2 trillion kub tabiiy gaz va 3.5 milliard tonna neft yonadi. Yoqilg‘i moddalar yonishi uchun g‘oyat katta miqdorda kislorod sarf bo‘lishini hammamiz yaxshi tushunamiz. Chunonchi, bir kilogramm metan yonishi uchun atmosferadan 4 kilogramm miqdorida kislorod sarflanadi. Jahon bo‘yicha bu raqamlar yiliga 11 milliard tonnani tashkil etadi. Bir kilogramm benzinning yonishi uchun atmosferadan 3,5 kilogramm, ko‘mirning yonishi uchun bindan-da ko‘proq kislorod o‘zlashtiriladi. Ko‘rinib turibdiki, jamiyatning bu kabi ehtiyojlari uchun har yili 35 milliard tonna kislorod sarflanadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasidagi barcha tur yoqilg‘ilarning sanoat zahiralari 1985-yilda 3039 million tonna shartli yoqilg‘ini tashkil etgan bo‘lsa, 2012-yilga borib bu ko‘rsatgich 1646 million tonnaga tushib qolishi mumkin. Bundan tashqari, bu qazilma boyliklarni qazib olish uchun solishtirma xarajatlarni 1,29 marta ko‘paytirish zarur bo‘ladi. Chunki bu yoqilg‘ilarni kelgusida yanada chuqurroqdan qazib olishga to‘g‘ri keladi, transport xarajatlari ham orta boradi.
Hisob-kitob paytida energiya sarfi ko‘pincha boshqa xarajatlar bilan qo‘shib hisoblanadi, energiyani tejashga zarur mablag‘ ajratish muhim emasdek tuyuladi. Lekin u umumiy xarajatlarning 75 foizigacha bo‘lgan qismini tashkil etishi mumkin. Kelajakda energiya narxi osha borgan sari uni tejash uchun sarflangan mablag‘ samarasi yaqqolroq sezilaveradi. Olimlarning hisoblariga qaraganda 1980- 2005-yillar mobaynida kundalik ehtiyojlar uchun sarflangan energiya miqdoriga teng bo‘lar ekan. Ekologiya, energetika, demografiya, xomashyo va oziq-ovqat muammolarini hal etishda fan va texnika yutuqlaridan keng foydalanish, ishlab chiqarishga chiqitsiz va kam chiqitli texnologiyalar joriy etishni talab etadi.

Download 1,13 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Download 1,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. O’zbekiston hududida quyoshdan olinadigan solishtirma quyosh energiyasi qiymatlari

Download 1,13 Mb.