Quyosh energiyasidan foydalanish




Download 1,13 Mb.
bet6/30
Sana20.06.2024
Hajmi1,13 Mb.
#264726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Гули дис (2)

Quyosh energiyasidan foydalanish yo‘nalishlari: Ma’lumki, quyosh ulkan energiya manbai bo‘lib, u qayta tiklanadigan va bitmas-tuganmas hamda ekologik toza energiya manbai sifatida boshqa energiya turlaridan ancha afzal. Quyosh energiyasidan amaliy foydalanish bilan bir qatorda uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr yoki issiqlik energiyalariga aylantirishning nazariy asoslarini ishlab chiqish sohasida ham sezilarli natijalarga erishildi. Quyosh energiyasini fotoelektrik sintez metodi bilan
elektr energiyasiga aylantirishda FIKni 93 foizga yetkazish mumkinligi nazariy jihatdan asoslangan. Yorug‘ kunda hozirgi quyosh batariyalarining 1 m2 yuzasida 100 dan 200 gacha Vt elektr quvvati olish mumkin va bunda atrof-muhit hech qanday zararlanmaydi. Quyosh batariyalari, shubhasiz toza energiya manbai hisoblanib, ulardan kosmosda ham, yerda ham keng foydalanilmoqda.

1.2-rasm. Quyosh panellaridan foydalanib elektr energiya olish kuch


sxemasi elementlari
Quyosh energiyasidan foydalanish borasida dunyo miqyosida ko‘plab ilmiy- amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, bu boradagi ishlarning katta bir qismi asosan tajribalar darajasida qolmoqda. Chunki, quyosh energiyasi energiya manbai sifatida past harorat, issiqlik quvvati zichligining kamligi, vaqt bo‘yicha o‘zgarishi va boshqa xususiyatlarga egadir. Masalan, bir milliard kVt soat olish uchun quyosh kollektorining yuza maydoni 0,74-0,86 million m2 bo‘lishi talab etilar ekan. Shuning uchun so‘nggi paytlarda quyosh energiyasining amalga joriy etish mumkin bo‘lgan sohalari ustida tadqiqotlar olib borishga e’tibor kuchaytirilmoqda. Jumladan, O‘zbekistonda ham bu yo‘nalishda keng ko‘lamda tadqiqotlar olib borilib, qator sohalarda muvaffaqiyatlarga erishildi.
Respublikamizda, ayniqsa uning janubiy regionlarida quyoshli kunlar 300 kundan ortiqligi, quyosh energiyasidan turli maqsadlar uchun foydalanish sohasida nazariy va amaliy tadqiqotlarga e’tiborning kuchayishiga sabab bo‘ldi,
buning uchun esa real imkoniyatlar mavjud. Quyosh energiyasi ko‘plab tabiiy resurslar qatorida O‘zbekistonning energiyaga bo‘lgan ehtiyojini ancha olis kelajakda ham qondirishga qodir.
Quyosh nuridan sanoat, qishloq xo‘jaligi va turmushda foydalanish maqsadida ko‘plab ilmiy izlanishlar olib borildi. Quyosh nuridan foydalanib ishlaydigan kichik quvvatli kondensatorlar bazasida cho‘ponlar, geologlar uchun geliosuvqaynatgichlar, ovqat pishiradigan gelioqurilma va boshqa ko‘plab maishiy ishlab chiqarish qurilmalari yaratilgan. Shunisi quvonarliki, dunyodagi eng ulkan quyosh “tandiri” O‘zbekistonda – Parkentda qurildi. Quyosh tandirining harorat quvvati 1000 kVt bo‘lib, markazida uning harorati 300S ga tengdir. Dunyodagi eng noyob quyosh qurilmalaridan biri bo‘lgan quvvat jamlovchi bu tandirda yangi ishlab chiqilgan moddalarning isiqlikka chidamliligi sinab ko‘riladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, quyosh o‘zining energetik resurslari jihatidan bir necha milliard yillar davomida insoniyatni energiya bilan ta’minlash quvvatiga ega. Oziq-ovqat mahsulotlarining hosil bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan fotosintezni amalga oshirishda quyosh radiatsiyasining o‘rni beqiyosdir. Quyosh energiyasi ekologik toza energiya turi bo‘lib, undan foydalanish atrof-muhitni ifloslantirishga va sayyoramizda issiqlik balansi muvozantining buzilishiga olib kelmaydi.
Quyosh energiyasida ishlaydigan kombinatsiyalashtirilgan qurilmalar xarajatlarni 30-40 foiz tejash va ishchi kuchini kamaytirishga imkon beradi. Respublikamizda quyosh energiyasidan foydalanib, uy-joylarni isitayotgan hamda issiq suv bilan ta’minlayotgan, quyosh energiyasini issiqlik energiyasiga aylantiruvchi qurilmalar yirik quyosh pechi va turli tipdagi quyosh batariyalari hamda boshqa gelioqurilmalarning ishlayotganini ko‘rish mumkin. Uylarni isitish, issiq suv bilan ta’minlash, yuvilgan ust-boshlarni quritishda, sut va meva sharbatlarni qaynatishda, beton va temir beton buyumlarni bug‘latishda, quyosh energiyasining mo‘jizakor kuchidan tobora kengroq foydalanilmoqda.
Cho‘l mintaqalarida quduqlar suvi sho‘r bo‘lib, tarkibida og‘ir unsurlar mavjud. Bunday suvlar iste’molga yaroqsiz. Geliosuvchuchitgichlar yordamida
bunday suvlarni iste’molga yaroqli holga keltirish mumkin. Quyosh nuri yordamida qurilmadagi sho‘r suv bug‘lantiriladi. Suv bug‘lari qurilma tiniq yuzasi – oynaga yoki polietilen plyonkaga urilib, idishlarga oqib tushadi. Bunday ko‘chma qurilmaning turli modeli, qurilmalari ishlab chiqilgan va joriy etilgan.
Serquyosh o‘lkamizda quyosh nurlaridan tabobatda ham keng foydalanishga e’tibor berilmoqda. Toshkentdagi Semashko nomidagi davolanish maskanida quyosh nuridan foydalangan holda bemorlar turli kasalliklardan xalos qilinmoqda.
Insoniyat paydo bo‘lgandan buyon quyoshga sig‘inib kelgan, uni xudo o‘rnida ko‘rganlar. Chunki u xaqiqatdan xam yer yuzida hayot manbaidir. Qadimgi Misr fira’vinlaridan biri (Nefertitining yeri) Exnaton ismini qabul qilgan (Atonga - quyoshga sajda qiluvchi), ya’ni Exnaton - tabiiy termayadro reaktoriga sajda qilgan. quyoshdagi energiyani hosil bo‘lishi - termayadro reaksiyasi tufaylidir. Quyosh nurlari - bu vodorodning 4 dona va geliyning bir dona atomining qo‘shilganidir.
Termayadro reaksiyasi quyoshning ichida temperatura t0 = 20 mln.S0 ga etganda boshlanadi. Shuning uchun termayadro energiyasi yer yuzidagi barcha energetik resurslarning birinchi manbai hisoblanadi; ko‘mir, neft, gaz; gidroenergiya; shamol va okeanlar energiyasi.

Download 1,13 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Download 1,13 Mb.