|
Muhandislik-texnologiya
| bet | 3/30 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 1,13 Mb. | | #264726 |
Bog'liq Гули дис (2)Tadqiqot ob’ekti: quyosh stantsiyasining panellari va komponentlari. Tadqiqot predmeti: quyosh panellarining samaradorligini oshirish usullari. Tadqiqot maqsadi: quyosh panellarining samaradorligini oshirish.
Tadqiqot vazifalari:
qilish.
-
quyosh konsentrantlarining panellar FIKga ta'sirini o'rganish;
-
quyosh panellarining samaradorligini oshirish usulini ishlab chiqish;
-
ishlab chiqilgan usulni mini quyosh stantsiyasida qo'llash va tahlil
Ilmiy yangiligi:
-
quyosh konsentrantlari panellarning FIKga ta'sirini o'rganildi;
-
quyosh panellarining samaradorligini oshirish usuli ishlab chiqildi;
-
ishlab chiqilgan usul mini quyosh stantsiyasida qo'llanildi va tahlil qilindi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: quyosh konsentrantlari yordamida quyosh panellarining samaradorligini oshirish gipotezasi o'rganildi..
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili): Hozirgi vaqtda
qayta tiklanadigan energiya manbalari boʼyicha yoʼnaltirilgan ilmiy izlanishlar jahonning yetakchi ilmiy markazlari va oliy taʼlim muassasalari, jumladan Germaniyaning Myunxen texnika universiteti, Sibir federal universitetining
elektrotexnik majmualar va tizimlar kafedrasi, Irkutsk milliy ilmiy-tadqiqot texnika universiteti, Turkiyaning Munzur universiteti, Hindistonning Chennay universiteti, Eronning Koshon universiteti, mamlakatimizda Toshkent davlat texnika universiteti va Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda boshqalarda keng qamrovli ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Dunyoning yetakchi olimlari, jumladan Panteleev V.I. Voropay N.I. (Rossiya), Ozal Yildirim (Turkey) Vishnupriyan J.(India), Bergen A.R. (USA), D.
E. Majewski, Florian Karl (Germany), Hamed Ershadi, Hashemi-Dezaki H. (Iran) ishlarida ishlab chiqarish korxonalaridagi energiya samaradorlik koʼp meʼzonli tahlil asosida tahlil qilingan va kompleks baholash boʼyicha matematik ifodalar taklif qilingan.
Respublikamizda sanoat korxonalarida energiya samaradorligini oshirish borasida quyidagi olimlar R.А.Zahidov, T.X.Nosirov, K.R.Аllaev, F.А. Xashimov, H.M.Muratov, N.N.Sadullaevlar va boshqalar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilgan va korxonalardagi ishlab chiqarish xususiyatlaridan kelib chiqib energiya samaradorlikni baholash usullari boʼyicha ijobiy natijalarga erishilgan.
Sezilarli muvaffaqiyatlarga qaramay, mavjud tahlil usullarining kamchiligi qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish samaradorligiga taʼsir etuvchi omillarni va tadqiq etuvchi matematik apparatning chuqqurroq kompleks tahlil oʼtkazish boʼyicha imkoniyatlarni yetarli darajada oʼrganilmagan.
Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi: qayta tiklanadigan energiya manbalari tadqiq etishda eksperimental –analitik tadqiqot, nisbiy meyyorlash, koʼrsatkichlarni navbatlanish tartibini Fishbern usullaridan foydalanilgan.
|
| |