|
Quyosh energiyasi kadastri
|
bet | 7/30 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 1,13 Mb. | | #264726 |
Bog'liq Гули дис (2)Quyosh energiyasi kadastri: Quyosh radiatsiyasi oqimi hamda tashayotgan energiya yig‘indisi to‘g‘risi- dagi ma’lumotlar quyosh kadastri hisoblanadi. Quyosh kadastri to‘g‘risidagi ma’lumotlar quyidagi ko‘rsatgichlarga asosan yig‘iladi:
quyosh radiatsiyasining gorizontal tekislikka tushayotgan oylik va yillik yig‘indilari;
gorizontal tekislikka to‘g‘ri normal-urinma holatida tushayotgan quyosh nurlari;
quyoshning nur sochish vaqti.
Umuman quyosh radiatsiyasi oqimi hamda tushayotgan energiya yig‘indisi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni quyidagi usullar bilan olish mumkin:
aniq geografik nuqtadagi ma’lumotlarni hisoblash yo‘li, analitik usul
bilan;
qisqa muddatda aniq geografik nuqtada, asbob va jihozlar bilan o‘lchash orqali, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumot olish bilan;
qabul qilingan yagona usul bilan ko‘p yillik o‘lchashlar o‘tkazgan meteorologik stansiyalarining ma’lumotlari yig‘ilgan ma’lumotnomalar- dan ma’lumot olish bilan.
1.3-rasm. Markaziy Osiyo mamlakatlarida quyosh radiatsiyasining
taqsimlanishi
Quyosh energiyasidan foydalanishni hisoblashda asosan, quyosh nurining 1 m maydonga berayotgan energiya miqdori hisobga olinadi. Koinotning atmosfera qatlamidan yuqori qismiga tushayotgan quyosh radiatsiyasining energiyasi 1,395 kVt/m ni tashkil qiladi va bu miqdor quyosh doimiysi deb ataladi. Ammo bu miqdor yer yuzasiga etib kelguncha har xil qarshiliklarga uchraydi hamda yilning fasli va hisob qilinayotgan hududning kengligiga nisbatan uning miqdori o‘zgarib turadi. Masalan, yer yuzasiga tushadigan quyosh nurlarining o‘rtacha intensivligi:
Evropa mamlakatlarida - 2 kVt soat/m ;
Tropik va Osiyo mamlakatlarida - 6 kVt soat/m ga teng. O‘zbekiston Respublikasi serquyosh mamlakatlardan hisoblanadi.
Bir yilda o‘rtacha:
300 kun quyoshli kun hisoblanadi;
2980÷3130 soat temperaturaning o‘rtacha mikdori +420 S ni, kunning uzunligi 14-16 soatni tashkil kiladi
cho‘l rayonlarida temperatura + 700 S gacha ko‘tariladi;
har bir m maydonda 1 yilda 1900-2000 kVt gacha quyosh radiatsiyasi hosil bo‘lishi mumkin.
|
| |