• Mukammal bo‘lmagan raqobat Sof monopoliya Oligopoliya
  • Muhandislik texnologiyalari




    Download 168.96 Kb.
    bet3/7
    Sana26.09.2022
    Hajmi168.96 Kb.
    #26382
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Turli bozor tuzilmalarida narx va ishlab chiqarish
    1-Test, Axmedov A., 25-mavzu Elektron biznes va elektron biznesni himoya qilish usul-fayllar.org, 25-mavzu Elektron biznes va elektron biznesni himoya qilish usul-fayllar.org (1)
    Bozor tuzilmalari

    Bozor tuzilmasi


    Belgilar

    Mukammal raqobat

    Mukammal bo‘lmagan raqobat

    Sof monopoliya

    Oligopoliya

    Monopolistik raqobat

    Firmalar soni

    Juda ko‘p

    Bitta korxona (tarmoq )

    Bir nechta

    Ko‘p



    Mahsulot



    Standartlashtirilgan

    Noyob (o‘rnini bosadigan mahsulot yo‘q )

    Standartlash-
    tirilgan va tabaqalashti-
    rilgan

    Tabaqalashti-
    rilgan

    Narx ustidan nazorat

    Mavjud emas

    Narx ustidan nazorat
    (absolyut emas)

    Umumiy bog‘liqlik

    Uncha emas

    Tarmoqqa kirish to‘siqlar



    Mavjud emas

    To‘silgan

    To‘siqlar mavjud (huquqiy,yuri-
    dik texnologik va h.k.)

    Nisbatan yengil

    Misollar

    Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarbozori

    Elektr ishlab chiqarish

    Uyali
    telefon opyeratorlari

    YOTSH

    Standartlashtirilgan mahsulot - bu turli xil korxonalar tomonidan taqdim etiladigan, ammo xaridorlar tomonidan barcha holatlarda bir xil deb qabul qilingan mahsulotdir. Masalan, sut, sariyog‘, bir xil nav va sifatdagi don kabi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari. Shuningdek, birjalarda sotiladigan tovarlar, masalan, kofe,


    paxta, metallar, qimmatli qog‘ozlar va valyutalar ham standartlashtirilgan mahsulotlar sirasiga kiradi;
    - bozorga yerkin kirish va chiqish (mavjud firmalar uchun bozorga kirish yoki chiqish uchun to‘siqlar yo‘q);
    - sotuvchilar va xaridorlarning bozor holati to‘g‘risida xabardorligi, axborot bozor subyekti orasida bir zumda tarqaladi va hech qanday xarajat talab qilmaydi;
    - sotuvchilar va xaridorlar narxlarga ta’sir qila olmaydi;
    - resurslarning harakatchanligi;
    Mukammal raqobat - bu ilmiy abstraksiya, ideal bozor tuzilmasi hisoblanib, boshqa turdagi bozor tuzilmalari bilan taqqoslash uchun etalon vazifasini bajaradi. Mukammal raqobat o‘zining mavhumliliga qaramay, metodologik va amaliy ahamiyatga ega. Uslubiy ma’noda bu korxona harakatlari mantig‘ini tushunishga imkon beradi. Amaliy jihatdan mukammal raqobat modeli kichik korxonalarning harakat qilish tamoyillarini baholashga imkon beradi.
    Mukammal raqobatning afzalliklariga quyidagilar kiradi:
    - ishlab chiqarish texnologik jihatdan samaraliroq amalga oshiriladi;
    - resurslarni taqsimlash optimal tarzda amalga oshiriladi;
    - korxonalarning zararsizligi va barqarorligi.
    Mukammal raqobatning kamchiliklari:
    - unumdorligi yuqori uskunalardan foydalaish qobiliatiga ega emasligi, chunki, mukammal raqobat bozorida yirik kapitalga ega bo‘lmagan ko‘plab kichik korxonalar harakat qiladi;
    - ilmiy-texnik taraqqiyotni rag‘batlantirish qobiliyatiga ega emasligi, chunki uzoq muddatli istiqbolda ITTLI katta kapitalni talab qiladi, kichik korxonalar esa bunday hajmda kapitalga ega emaslar;
    - ijtimoiy tovarlarni ishlab chiqarish qobiliyatiga ega emasligi.



    1.2. Narxning mohiyati va vazifalari
    Bozor mexanizmining o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning har bir elementi narx bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, talab va taklifga ta’sir qiluvchi asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Xususan, talab narx bilan teskari, taklif bilan to‘g‘ri bog‘liq. Mahsulot narxining oshishi bilan unga talab kamayadi va aksincha. Narxning oshishi esa mahsulot taklifini oshiradi va aksincha.
    Narxlar orqali talab va taklif bir-biriga va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi, ya’ni talab taklif uchun, taklif esa talab uchundir. Masalan, bozorga yangi yuqori sifatli tovarlarni yetkazib byerish har doim ularga bo‘lgan talabni rag‘batlantiradi va ayrim tovarlarga bo‘lgan talabning o‘sishi pirovardida ushbu tovarlarga taklifning oshishini talab qiladi.
    Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘zlarining iqtisodiy faoliyatida bozor parametrlarini boshqaradilar, ulardan eng muhimi talab, taklif, muvozanat narxidir. Bu bozor munosabatlarining yadrosi, bozorning asosiy qismidir.
    Ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va xaridorlarning iqtisodiy mavqei ko‘plab omillar ta’sirida o‘zgarib turadigan bozor sharoitlariga bog‘liq. Bunday holda, talab va taklif o‘rtasidagi ma’lum nisbat juda muhim rol o‘ynaydi. Chunki bu ko‘pincha sotuvchilar va xaridorlarning taqdirini oldindan belgilab beradi.
    Endi biz narx va raqobat tushunchalarni kengroq ko‘rib chiqamiz. Narx - bu evaziga sotuvchi tovar birligini o‘tkazishga (sotishga) tayyor bo‘lgan pul miqdori. Aslida narx - bu ma’lum bir tovarni pulga almashtirish koeffitsiyenti. Narx - bu asosiy iqtisodiy kategoriya. Ixtiyoriy ravishda tovar ayirboshlashda nisbatlar (nisbat) qiymati deb ataladi. SHuning uchun narx - bu tovar birligining pul bilan ifodalangan qiymatidir. Narxning mohiyati uning vazifalarida namoyon bo‘ladi.
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx bir qator vazifalarni bajaradi:

    1. Bozor muvozanatini ta’minlash. Bunda narx bozordagi talab va taklifga ta’sir ko‘rsatish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi. Bozor narxi- bu

    2. muvozanatli narx bo‘lib, u bozorda talab va taklif miqdori teng bo‘lgan holatda shakllanadi.

    3. Iqtisodiy regulyatorlik funksiyasi. Narx bozor mexanizmining elementidir. Narx bozor talabi va taklifidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish hajmini tartibga soladi

    4. Raqobat vositasi funksiyasi. Raqobat bozor mexanizmining elementidir. Narx yordamida kurash raqobatning asosiy usulidir. Narxni pasaytirish orqali bu kurashda yutib chiqish mumkin.

    5. Hisob – kitob funksiyasi. Tovarni ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar, ko‘rilgan foyda-zarar uning nafliligi, bajarilgan ish hajmining barchasi ma’lum narxlar asosida hisob –kitob qilinadi.

    Narx turli omillar ta’sirida shakllanadi:

    1. Ishlab chiqarish harajatlari qanchalik kam bo‘lsa narx shunchalik past bo‘ladi, agarda ishlab chiqarish harajatlari miqdori ko‘p bo‘lsa narx shunchalik yuqori bo‘ladi. Tovarni ishlab chiqaruvchi taklif qilgan narxda (xarajat+foyda) sotilishi unga qilgan xarajatlarning jamiyat tomonidan tan olinganligini bildiradi.

    2. Tovar nafliligining yuqori ekanligi uning iste’molchilarning ehtiyojlarini yuqori darajada qondira olishidan dalolat beradi. Iste’molchilar ehtiyojlarining qondirilish darajasi yuqori bo‘lsa, iste’molchi yuqori narx to‘lashga rozi bo‘ladi.

    3. Talab bilan taklif o‘rtasidagi nisbat. Agar biror bir tovarga talab miqdori, uning taklifi kam bo‘lsa, narx yuqori, aksincha yuqori bo‘lsa, narx past bo‘ladi.

    4. Raqobat taklif orqali narxga ta’sir qiladi. Agar raqobatchilar soni ko‘p bo‘lsa narx pasayadi, agar oz bo‘lsa, o‘zaro til biriktirib olsalar, narx baland bo‘ladi. Bunda gap tovar oz-ko‘p bo‘lganida emas, balki tovarni necha kishi taklif etishidadir.

    Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra narxlar quyidagi turlarga ajratiladi:
    Ulgurji narxda tovarlar katta miqdorda, ko‘tarasiga sotiladi. Ulgurji narxlar tarkibiga ishlab chiqarish harajatlari va ulgurji-savdo tashkilotlari harajatlari hamda foydasi kiradi.
    Chakana narxlarda tovarlar bevosita iste’molchilarga sotiladi. Chakana narx tarkibiga tovarning ulgurji narxi va chakana savdo tashkilotlari harajatlari hamda foydasi kiradi. Shu bilan birga, aholining talabi faqat tovarlarning chakana narxlariga bog‘liq bo‘lib, ulgurji yoki sotib olish narxlarining o‘zgarishi chakana narxlar o‘zgarguncha to‘g‘ridan-to‘g‘ri aholi talabiga ta’sir qilmaydi. Ulgurji narxlarning o‘zgarishi korxonalarning ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan talabiga ta’sir qiladi.
    Xarid narxi davlat buyurtmasi bo‘yicha ishlab chiqarilgan tovarlarga belgilanadi.
    Dotatsion narx davlat byudjeti hisobidan arzonlashtirilgan narxlardir.
    Demping narxlarda ishlab chiqaruvchilar bozordagi mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarishda foydalanadi.
    Tartibga solinishi darajasiga ko‘ra narxining quyidagi turlari mavjud:
    Qat’iy belgilangan narxlar. Bozor kuchlari ta’sir ko‘rsatmaydigan, muayyan vaqt oralig‘ida doimiy bo‘lgan, ma’muriy tarzda o‘rnatiladigan narx.
    Yerkin narx. Talab va taklifni muvozanatga kelishi oqibatida vujudga keladigan bozor narxi.
    Tartibga solinadigan narxlar. Davlat ayrim tovarlarga narxlarning yuqori (iste’molchi manfaatini ko‘zlab) va quyi (ishlab chiqaruvchi manfaatini ko‘zlab) chegarasini belgilaganda hamda moliyaviy va kreditli dastaklardan foydalanib, narxga ta’sir ko‘rsatganda belgilanadigan narxlar.
    Shartnoma narxlari bitim tuzayotgan tomonlar (shaxslar) tomonidan shartnomada qayd qilingan narxlardir.
    Hududiy narx faqat ma’lum hududiy bozorga xos bo‘lib, u shu hudud doirasidagi omillar ta’siridan hosil bo‘ladi.
    Milliy bozor narxi bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiyatini aks ettiruvchi narxlardir. Milliy narx mamlakat doirasidagi ijtimoiy sarf-xarajatlarni, milliy bozordagi talab va taklifni, tovar nafliligini, uning qanchalik qadrlanishini hisobga oladi.
    Jahon bozori narxi muayyan tovarga ketgan baynalminal xarajatlarni, tovarning jahon standarti talabiga mos kelish darajasini va xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini hisobga oladi.
    Narx xilma-xil turlardan iborat bo‘lsada, ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan, chunki ularda jamiyatdagi iqtisodiy resurslarning ishlatilish samarasi o‘z ifodasini topadi. Iqtisodiyot nazariyasida narx nisbati degan tushuncha bor, u narx pariteti deb ham yuritiladi. Iqtisodiyot va undagi jarayonlar bir-biriga bog‘liq bo‘lganidan narxlar bir-birini yuzaga chiqaradi.
    Raqobat - bozor iqtisodiyoti subektlari o‘rtasida o‘z manfaatlaridan kelib chiqib yuqori foyda va naf olish maqsadida tovar ishlab chiqarish, sotish va xarid qilish uchun qulay mavqeni egallash uchun kurashdir. Raqobat bozor iqtisodiyotining belgisi bozor mexanizmining muhim va zarur elementi hisoblanadi, iqtisodiy taraqqiyotning omilidir. Biroq, uning xaraktyeri va shakllari turli bozorlarda har xil bo‘ladi. Bu esa bozor subyektlarini mahsulot narxi ishlab chiqarish hajmi va boshqa masalalar xususida qaror qabul qilishiga ta’sir ko‘rsatadi.
    Raqobat bozor ishtrokchilari o‘rtasida yuz beradi. Iqtisodiyot ishtirokchilarining mulkdor bo‘lishi ularni alohidalashtiradi va manfaatlarini farqlantiradi. Mulk egasining o‘z manfaati mavjud, o‘z navbatida ushbu manfaat aniq iqtisodiy maqsadga aylanadi, ular shu manfaatga yerishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va barcha boshqa sohalardagi faoliyati shu maqsadga bo‘ysundirilgan bo‘ladi. Raqobat aynan manfaatlar to‘qnash kelgan holatda yuz beradi. Tabiiyki, bozor ishtirokchilari manfaatlari uyg‘unlashgan joyda ular o‘rtasida shyerikchilik munosabatlari vujudga keladi.
    . Demak ishlab chiqaruvchilar, resurs egalari va iste’molchilarning tadbirkor, mulk va daromad egasi sifatida yerkin hamda mustaqil bo‘lishi raqobatning iqtisodiy asosini tashkil etadi.
    Raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha subektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Tovar ishlab chiqaruvchilar, resurs egalari, xaridorlar raqobat ishtirokchilaridir. Raqobatlashish maydoni – bozordir. Unda mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar), resurslarni yetkazib beruvchilar, iste’molchilar manfaatlari to‘qnashadi.
    Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o‘rtasidagi raqobat tovarlarni kam xarajatlar bilan samarali ishlab chiqarish va maksimum foyda keltiradigan narxda sotish, umuman tegishli bozorda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular o‘zlariga zarur bo‘lgan resurslarni qulay sharoitlarda xarid etish uchun ham kurashadi. Mustaqil ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat pirovard natijada iste’molchilar uchun kurashdir.
    Resurslarni yetkazib beruvchilar o‘zlariga tegishli iqtisodiy
    resurslarni yuqori narxlarda sotish maqsadida raqobat qiladilar. Masalan, xodim ishga yollanayotgan davrda yuqoriroq ish haqi olishga harakat qiladi.
    Raqobatning mohiyati uning vazifalarida namoyon bo‘ladi. Raqobatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
    1) Raqobatning tartibga solish vazifasi taklifga ta’sir o‘tkazish orqali ishlab chiqarishni talab (iste’mol)ga muvofiqlashtirish bilan ishlab chiqarish tarkibi va hajmini mavjud ehtiyojlarga muofiqlashtirishga yerishiladi,natijada iqtisodiyotning xar xil darajalarida muovazanat holatiga yerishiladi;
    2) Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini eng ko‘p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi. Bu jarayon kapitalni torayuvchi tarmoqlardan kengayuvchi tarmoqlarga oqib o‘tishi natijasida ro‘y beradi;
    3) Raqobatning xo‘jalik yurituvchi subyektlarni doimiy ravishda ishlab chiqarishlariga fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi ilg‘or texnika va
    texnologiyalarni tatbiq etishga undab turishida uning innovatsion vazifasi namoyon bo‘ladi;
    4) Raqobatning moslashtirish vazifasi firmalarning ichki va tashqi muhit sharoitlariga muvofiq tarzda moslashishiga qaratilgan bo‘lib, ularning shunchaki bozorda o‘zlarining mavqelarini saqlash va o‘zlarining xo‘jalik yuritish faoliyatlarini kengaytirishga o‘tishini bildiradi.
    5) Raqobatning mamlakatda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulotni iste’molchilar o‘rtasida taqsimlanishiga ta’sir etishida uning taqsimlash vazifasi o‘z aksini topadi.;
    6) Raqobatning nazorat qilish vazifasi bozor ishtirokchilari ustidan monopolistik hukmronlik o‘rnatishiga yo‘l qo‘ymaslikda namoyon bo‘ladi.
    Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va narxsiz raqobat.
    Ishlab chiqaruvchilar o‘z tovarlari narxlarini boshqa ishlab chiqaruvchilarnikiga nisbatan pasaytirish yo‘li bilan narx vositasida raqobatlashuv jarayoni ro‘y beradi.
    Bu usulni qo‘llash uchun tadbirkor boshqa raqiblariga qaraganda unumliroq texnika va texnologiya’ni ishlab chiqarish jarayoniga kiritishi, malakaliroq ishchilarni yollashi va ishlab chiqarishni samarali tashkil qilishi zarur. Faqat ana shu holatda tovarining individual qiymati bozor qiymatidan past bo‘lib, mazkur tovar narxini tushirish imkoniyatini beradi.
    Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri – demping narxlarni qo‘llashdir. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining tovarlarini boshqa mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past bo‘lgan narxlar bo‘yicha eksport qiladi. Shu orqali ular ichki bozorda narxlarning barqarorligiga yerishish mamlakatdagi ortiqcha mahsulotni bartaraf etish, yangi bozorlarga kirib olish va unda o‘zlarining iqtisodiy mavqeini mustahkamlashga xarakat qiladi.
    Hozirgi davrda ishlab chiqaruvchilardan birining o‘z mahsulotiga narxni pasaytirishi uning raqobatchilarining ham shunday harakat qilishini taqozo qiladi. Bu bozorda firmalarning mavqeini o‘zgartirmaydi, faqat tarmoq bo‘yicha foydani kamaytiradi. Shu bois bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda narx yordamida raqobat qilish ustuvor hisoblanmaydi.
    Narxsiz raqobatda raqobat kurashining asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, syervis (xizmat ko‘rsatish), ishlab chiqaruvchi firmaning obro‘-e’tibori hisoblanadi.
    Hozirgi davrda bir turdagi mahsulotlarning ko‘payishi ularning sotishni rag‘batlantiruvchi reklama, tovar belgilari va fabrika muhrlaridan foydalanishni keltirib chiqarmoqda. Iste’molchilik bozorida qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish orqali xaridorlarni o‘ziga jalb qilish keng tarqalmoqda.
    Narxsiz raqobatning tovar sifatini tabaqalashtirish kabi usuli ham mavjudki, bunda tovarlar bir xildagi ehtiyojni qondirishi va bir turga mansub bo‘lishi, lekin turli-tuman iste’mol xossalariga ega bo‘lishi mumkin.

    Download 168.96 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 168.96 Kb.