• 2-rasm. Sof monopoliya sharoitida narx va ishlab chiqarish hajmini aniqlash
  • 3.- rasm. Monopolistik raqobat bozorida narx, mahsulot ishlab chiqarish iqtisodiy foydani hisoblash.
  • Mukammal bo’lmagan (monopolimtik oligopoli, sof monopoliya)




    Download 168.96 Kb.
    bet6/7
    Sana26.09.2022
    Hajmi168.96 Kb.
    #26382
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Turli bozor tuzilmalarida narx va ishlab chiqarish
    1-Test, Axmedov A., 25-mavzu Elektron biznes va elektron biznesni himoya qilish usul-fayllar.org, 25-mavzu Elektron biznes va elektron biznesni himoya qilish usul-fayllar.org (1)
    2.2 Mukammal bo’lmagan (monopolimtik oligopoli, sof monopoliya)
    raqobat sharoitida narx va ishlab chiqarish.
    Mukammal bo‘lmagan raqobatni monopolimtik oligopoli, sof monopoliya kabi shakllari mavjud.
    Foydani ko‘paytirish uchun monopolist MR = MC bo‘lgan sharoitdagi mahsulot hajmini ishlab chiqaradi. Narx me’yoriy daromaddan oshadi (R> MR). Oddiy monopoliya holatida me’yoriy daromad har doim o‘z narxidan past bo‘ladi.



    2-rasm. Sof monopoliya sharoitida narx va ishlab chiqarish hajmini aniqlash
    Talab elastik bo‘lsa, me’yoriy daromad qiymatlari ijobiy bo‘ladi va umumiy daromad oshadi. Talab elastik bo‘lmagan taqdirda, me’yoriy daromad noldan kam bo‘ladi va umumiy daromad kamayadi. Talabning bir teng elastligida MR = 0 bo‘lsa, jami daromad maksimal darajaga yetadi. Talab elastik bo‘lsa, me’yoriy daromad noldan (MR> 0) katta bo‘ladi va umumiy daromad oshadi. Talab elastik bo‘lmagan taqdirda, me’yoriy daromad noldan kam bo‘lsa (MR <0) , jami daromad kamayadi. Me’yoriy daromad barcha ishlab chiqarish darajalarida narxdan kam bo‘ladi MR
    igi sababli, monopolist uzoq muddatda foyda ko‘radi. Firmaning uzoq muddatli foydasini maksimal darajaga ko‘taradigan narx qisqa muddatli foydani oshiradigan narxdan past bo‘ladi. Buning sababi shundaki, har qanday mahsulotga bo‘lgan talab uzoq muddatli vaqt oralig‘ida elastikligi qisqa muddatli davrdagiga nisbatan baland bo‘ladi.
    Uzoq muddatli davrda monopolistik bozorda ishlab chiqaruvchilar normal foydani oladilar, ya’ni beziyon ishlaydilar. Qisqa muddatda foyda olish sohaga yangi raqobatchilarni jalb qiladi, chunki sohaga kirish nisbatan oson.

    a) b)



    d)
    3.- rasm. Monopolistik raqobat bozorida narx, mahsulot ishlab chiqarish iqtisodiy foydani hisoblash.


    Bozorda ko‘p sonli ishlab chiqaruvchilarning paydo bo‘lishi talab egri chizig‘ini pastga siljitadi va yanada elastikroq bo‘ladi, chunki bozorda sotilayotgan tovarlarga yaqin, o‘rnini bosadigan tovarlarni soni ko‘payadi, buning natijasida iqtisodiy foydaning yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladi. Ushbu hajmdan har qanday og‘ish o‘rtacha xarajatlari narxlarning oshishiga olib keladi, bu esa narxni ko‘taradi va firmani zarar ko‘rishiga olib keladi. Iqtisodiy foydaning yo‘q bo‘lib ketishi boshqa firmalarning ushbu sohaga kirib kelishini rag‘batlantirmaydi. Zarar ko‘rgan taqdirda uzoq muddatda firmalarning tarmoqdan chiqib ketishi kuzatiladi, buning hisobiga omon qolgan firmalar zarar o‘rniga normal foyda olishadi.
    Nima uchun monopol raqobatchiga ustama foyda olish xos emas? Gap shundaki, yuqorida aytib o‘tilganidek, monopolistik raqobatchilar narxlari ustidan nazorati juda cheklangan. Chunki monopolist bir xil mahsulot ishlab chiqaradi. Mahsulotdagi farqlanishning o‘ziga xos xususiyatlarining mavjudligi mahsulotni o‘zgartirmaydi. Masalan, alkogolsiz ichimliklar ta’mi va rangidan qat’i nazar, alkogolsiz ichimlik bo‘lib qolad
    Rasmdanko‘rinadiki, dastlab oligopolist firmaning mahsulotiga talab egri chizig‘i D1D1 ko‘rinishida bo‘lib, R0 narx darajasida Q sotish hajmini ta’minlar edi. Oligopolist firma o‘z tovari narxini P1 darajaga pasaytirishi talabni o‘stirib, mahsulot hajmini Q1, ga qadar oshirishi ko‘zda tutilar edi. Biroq, boshqa oligopolistlarning «yergashish» xatti-harakatini tutishi, ya’ni ularning ham o‘z tovarlari narxini pasaytirishi natijasida talab egri chizig‘ining «sinishi» ro‘y berib, u endi D1ED2 ko‘rinishini oladi. Oqibatda sotish hajmi





    4.-rasm. Oligopolistik bozordagi narxning shakllanishida talab egri chizig‘ining «sinishi»
    oldingi Q0 darajasida qolgani holda tovarning narxi pasayib, oligopolistlar o‘z foydalarining ma’lum bir qismini yo‘qotadilar. Oligopolist firma o‘z tovari narxini R0 dan R2 ga oshirgan taqdirda qolgan oligopolistlar «inkor etish» xatti-harakatini qo‘llashlari natijasida talab egri chizig‘i yana «sinadi». Oldingi D1D1 ko‘rinishdagi talab egri chizig‘i endi D3ED1 ko‘rinishini oladi. Agar boshqa oligopolistlar ham o‘z tovarlari narxini oshirganlarida, mazkur oligopolist firmaning tovariga bo‘lgan talab hajmi Q2 ga qadar qisqarishi lozim bo‘lsa, bunday xatti-harakatning amalga oshirilmasligi natijasida bu qisqarish Q 3 ga qadar davom etadi, ya’ni bozordagi sotish hajmini
    yo‘qotish darajasi oshib ketadi. Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko‘rinadiki, oligopoliya sharoitida ishlab chiqaruvchilar narxniko‘proq o‘zaro kelishish orqali belgilashga harakatqiladilar. Oligopoliyalar sharoitida narxlar «yashirin kelishuv» asosida o‘rnatilishi mumkin. Bunda firmalar narxlarni belgilash, bozorlarni taqsimlash yoki qayta taqsimlash yoki o‘zaro raqobatni cheklash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki yashirin kelishuvlarga yerishganda paydo bo‘ladi. Oligopoliya bozorida firmalar ular odatda 3- 4 bo‘ladilar narxni til biriktirib, kelishilgan holda belgilaydilar. Til biriktirish raqobatga nisbatan kelishuvni afzal bilganida yuz beradi. Bunday bitim kartel bitimi deyiladi. Bunday holda, narx xuddi sof monopoliya sharoitida bo‘lgani kabi o‘rnatiladi. Go‘yo bir nechta bir xil korxonalardan iborat bo‘lib, ular yig‘ilib, o‘z zonalaridan kelib chiqqan vaziyatni yashirincha muhokama qiladilar va hammaga bir xil narx belgilashga kelishadilar. Yashirin kelishuvning eng keng tarqalgan shakli bu kartel – kompaniyalarning narx va ishlab chiqarish hajmi to‘g‘risida yozma kelishuv. Talab va xarajatlardagi farqlar, ko‘p sonli firmalar, narx chegirmalari yordamida firibgarliklar, iqtisodiy tanazzul va antitrest qonunlar ko‘pincha kelishuvga asoslangan oligopoliya uchun to‘siq bo‘ladi.
    Narxlar bo‘yicha peshqadamlik - bu firmalar o‘zlarining narx siyosatini til biriktirmasdan muvofiqlashtirish vositasidir. Masalan AQSHda avtomobil bozorida Jenyeral motoris» peshqadam narxni o‘rnatsa «Ford» va «Krayslyer» o‘sha narxdan kelib chiqqan holda kompaniyalar o‘z narxlarini o‘rnatadilar. Bunda sohadagi eng yirik yoki eng samarali firma mahsuloti narxini o‘zgartiradi, boshqa firmalar esa bu jarayonni kuzatadilar. Ammo har doim raqobatchilar ushbu o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlamasliklari xavfi mavjud. Shuning uchun narxlar bo‘yicha yetakchi kompaniya quyidagi siyosatga amal qiladi:
    1. Narx faqat talab va xarajatlarning sezilarli darajada o‘zgargan (ish haqi, soliqlar yoki elektr enyergiyasi narxlarining ko‘tarilishi) holatida qo‘llaniladi;
    2. Yetakchi kompaniya narxlarning qayta ko‘rib chiqilishini ochiq e’lon qiladi, ya’ni boshqa firmalar bu haqda oldindan bilishadi;
    Oligopoliyalar sharoitida narxlar «xarajat+» asosida o‘rnatilishi mumkin. Bunday holda, oligopolistik firma mahsulot birligi uchun xarajatlarni odatiy rejalashtirilgan ishlab chiqarish darajasida hisoblab chiqadi. Keyin standart narx talab qilingan miqdordagi foydani standart hajm birligi uchun o‘rtacha xarajatlarga qo‘shib hisoblab chiqiladi. Ushbu usul tovarlarning tannarxiga ma’lum standart ustamani hisoblashdir.
    XULOSA

    O‘zbekistonda iqtisodiyotni islox qilishning o‘ziga xos tamoyillari, mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush dara­jasi hisobga olinib, narxlarni asta-sekinlik bilan va bosk­ichma-boskich erkinlashtirish yuli tanlab olindi.
    Respublikada narxlarni boskichma-boskich erkinlashtirish aholini ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy ximoyalash tadbirla ri bilan birga olib borildi. Xozirgi davrda davlat tomonidan 37 turdagi mahsulot va xizmatlar narxining tartibga solinayotgani erkin raqobatga salbiy ta’sir qilmoqda, asosiy e’tiborni narxlarni belgilashga emas, balki korxonalar o‘rtasida sog‘lom raqobatni ta’minlash orqali narxlarni pasaytirishga va sifatni oshirishga qaratilmoqda.
    Markoiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy o‘sish va inflyasiya darajasining optimal barqarorligiga erishish xozirgi zamon iqtisodiyotining dolzarb masalalaridan biri hisoblanib, bu yo‘lda mamlakatda fiskal va monetar siyosati takomillashtirilib borilishi kerak.
    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mamlakat iqtisodiyotida narx barqarorligini ta’minlashda muhim ikki zaruriy shartga e’tibor qaratishi lozim. Bular, birinchidan iqtisodiy o‘sish va inflyasiya darajasi o‘rtasidagi optimal balansga erishish hamda ikkinchidan inflyasiyaning prognoz ko‘rsatkichi bilan uning maqsadli ko‘rsatkichi o‘rtasidagi tavofutni kamaytirishda Markaziy bank pul-kredit siyosati transmission mexanizmi rivojlangan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. CHunki rivojlangan davlatlar tajribasidan foydalangan holda Markaziy bank “arsenal” ida inflyasiyaga etarlicha ta’sir ko‘rsatadigan transmission mexanizm kanallarini rivojlantirish hayotiy muhim va dolzarb sanaladi.

    Download 168.96 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 168.96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mukammal bo’lmagan (monopolimtik oligopoli, sof monopoliya)

    Download 168.96 Kb.