• I- BOB. TURLI BOZOR TUZILMALARIDA NARX VA ISHLAB CHIQARISHNING NAZARIYASOSLARI
  • Muhandislik texnologiyalari




    Download 168.96 Kb.
    bet2/7
    Sana26.09.2022
    Hajmi168.96 Kb.
    #26382
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Turli bozor tuzilmalarida narx va ishlab chiqarish
    1-Test, Axmedov A., 25-mavzu Elektron biznes va elektron biznesni himoya qilish usul-fayllar.org, 25-mavzu Elektron biznes va elektron biznesni himoya qilish usul-fayllar.org (1)
    Kurs ishi maqsadi : narxni turli raqobat bozorlarida shakllanish muammolarining nazariy, uslubiy va amaliy jihatlarini o‘rganish, umumlashtirish xamda bu masalada zarur ko‘nikmalarni shakllantirish.
    Kurs ishining vazifalari:
    - bozor tuzilmasi va uning turlarini o‘rganish;
    - narxning mohiyati va vazifalarini ochib berish;
    - ishlab chiqarishning natijalarini yoritib berish;
    - narx byudjetining tuzilishini tahlil qilish.
    - mukammal raqobat sharoitda narx va ishlab chiqarish hajmini aniqlash;
    - mukammal bo’lmagan (monopolimtik oligopoli, sof monopoliya)
    raqobat sharoitida narx va ishlab chiqarish xajmini aniqlash.
    I- BOB. TURLI BOZOR TUZILMALARIDA NARX VA ISHLAB CHIQARISHNING NAZARIYASOSLARI
    1.1. Bozor tuzilmasi va uning turlari
    Bozor raqobati va boshqa bir qator jarayonlar amalga oshadigan sharoit bozor tuzilmasi deyiladi. Bozor tuzilmasi bir qator xususiyatlarga ega. Xususan:
    - korxonalarning soni va miqyosi;
    - taklif etilayotgan tovarlarning turlari;
    - narxlar ustidan nazorat qilish darajasi;
    - tarmoqqa kirish va chiqish sharoitlari va boshqalar.
    Bozor tuzilmalarining xilma-xilligiga qaramasdan odatda uning to‘rtta turi (bozor modeli) ajratiladi (1-jadval). Bular: 1) sof raqobat yoki mukammal raqobat; 2) monopolistik raqobat; 3) oligopoliya; 4) sof monopoliya.
    Bu tuzilmalarning har biri avvalo korxonalarning bozor narxiga ta’sir eta olishi bilan farqlanadi. Qanchalik bu ta’sir kam bo‘lsa, shunchalik bozor raqobatli hisoblanadi.
    Ko‘rsatilgan bozor modellarini real voqelik bilan solishtirilganda, sof (mukammal) raqobat va monopoliya juda kam hollarda uchraydi, monopolistik raqobat va oligopoliya hayotda ko‘proq uchraydi. Mukammal yoki sof raqobat - bu bozor tuzilmasi bo‘lib, bunda individual xaridorlar va sotuvchilar yakka o‘zi bozor narxiga ta’sir qilolmaydilar, balki uni bozor talabi va bozor taklifiga qo‘shgan umumiy hissalari bilan shakllantiradilar.
    Boshqacha qilib aytganda, bu xaridor va sotuvchilarning bozordagi xatti-harakatlari mavjud bozor sharoitlariga moslashish uchun mo‘ljallangan bozor tuzilishining bir turi.
    Mukammal raqobat uchun quyidagi belgilar xos (1-jadval):
    - ko‘plab kichik korxonalar (sotuvchilar) va xaridorlarning mavjudligi - mahsulotning bir xilligi (standartlashtirilgan mahsulot), ya’ni raqobatlashayotgan firmalar tomonidan taqdim etiladigan mahsulotlar bir xil va bir-birining o‘rnini bosa oladi.
    1- jadval1

    Download 168.96 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 168.96 Kb.