Ishlab chiqarishning natijalari




Download 168.96 Kb.
bet4/7
Sana26.09.2022
Hajmi168.96 Kb.
#26382
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Turli bozor tuzilmalarida narx va ishlab chiqarish
1-Test, Axmedov A., 25-mavzu Elektron biznes va elektron biznesni himoya qilish usul-fayllar.org, 25-mavzu Elektron biznes va elektron biznesni himoya qilish usul-fayllar.org (1)
1.3. Ishlab chiqarishning natijalari.
Kishilarning ehtiyojlarni qondirish uchun ularga zarur bo‘lgan tovar va xizmatlar ishlab chiqarilishi kerak. Ishlab chiqarish jarayoni ishlab chiqa omillarining tegishli texnologiyalar yordamida birikishi orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun insonlar iqtisodiy faoliyatining bosh jihati turli omillarning o‘zaro bog‘liq holatda harakat qilishini nazarda tutishidir.
Ishlab chiqarish - bu insonlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatdir. Ishlab chiqarish jarayonida qo‘llanayotgan barcha resurslar ishlab chiqarish omillaridir. Iqtisodiyot nazariyasida «ishlab chiqarish resurslari" tushunchasi bilan bir qatorda "ishlab chiqarish omillari" tushunchasi ham mavjud. Ularning farqi nimada? Biz ta’kidladikki, resurslar ishlab chiqarishga jalb etilishi mumkin bo‘lgan moddiy, tabiiy va ijtimoiy resurslar. Ishlab chiqarish omillari esa ishlab chiqarish jarayoniga real jalb qilingan va qo‘llanayotgan resurslarni anglatadi. Shuning uchun" ishlab chiqarish resurslari "ishlab chiqarish omillari"ga nisbatan kengroq tushunchadir. Boshqacha aytganda, ishlab chiqarish omillari ishlab chiqaruvchi resurslardir. Ishlab chiqarishda qatnashmay bekor yotgan resurslar ishlab chiqarish omili bo‘la olmaydi. Masalan, ishlatilmay zanglab yotgan stanok, mehnat qilish qobiliyatiga ega, biroq ishlamayotgan inson, bular resurs hisoblansa-da, biroq ishlab chiqarish omili emas. Demak ishlab chiqarish jarayoniga real jalb qilingan va qo‘llanayotgan resurslar ishlab chiqarish omillaridir.
Ishlab chiqarish omillarining turkumlanishiga turlicha yondashuvlar mavjud. Klassik maktab namoyondalari mehnat, yer, kapitalni ishlab chiqarish omillari deb hisoblaganlar.
Marjinalistik nazariyaga binoan yer, mehnat, kapital, tadbirkorlik qobiliyati ishlab chiqarish omillaridir. Postindustrial jamiyat iqtisodiyot nazariyasida resurslar sirasiga qo‘shimcha axborot va ekologik omillar kiritilgan. Biroq, mehnat, yer, kapital tizim tashkil etuvchi omillar bo‘lib hisoblanadi.
Resurslardan farqli o‘laroq, ishlab chiqarish omillari alohida o‘zlari mahsulot ishlab chiqara ololmaydilar. Ishlab chiqarish jarayoni ana shu barcha omillarning o‘zaro harakati natijasida ro‘y byerishi mumkin.
Har bir tadbirkor ana shu ishlab chiqarish omillari o‘rtasida oqilona nisbatni topishi zarurdir. Masalan, paxta yetishtirish bo‘yicha maksimal hosil olish uchun, ekiladigan maydonlar, ishlab chiqarish vositalari va mehnat harajatlari o‘rtasida, ularni kamaytirish yoki ko‘paytirish yordamida oqilona nisbatni ta’minlash lozim bo‘ladi.
Ishlab chiqarish omillari o‘rtasidagi bog‘liqlikni matematik quyidagi formula bilan ifodalash mumkin,
Y= f (a1,a2,......an)
Bu yerda: Y - ishlab chiqarilgan mahsulot soni;
f- funksiya;
a1,a2,..........an - ishlab chiqarish omillari.
Ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori foydalanilgan omillar va ular o‘rtasidagi kombinatsiyalarga bog‘liqdir. Agarda ishlab chiqarish omillari o‘rtasida turli kombinatsiyalarni amalga oshirish mumkin bo‘lsa, demak, ularning ichida maksimal darajada mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan oqilona kombinatsiya mavjud deyishimiz mumkin.
Ishlab chiqarish jarayoni jismoniy (yakka tadbirkorlik) va yuridik shaxslar (korxona) tomonidan tashkil etilib, yuritiladi. Masalan, kasanachi yoki hunarmand individual mehnat, korxonalarda esa, mehnat jamoasi, kollektiv mehnati natijasida tovar va xizmatlar yaratadi. Korxona va xo‘jaliklar ishlab chiqarish sektorlarini, sektorlar esa milliy iqtisodiyotni mamlakat miqyosida ishlab chiqarishni tashkil etadi.
Milliy ishlab chiqarish strukturasini quyidagicha tasvirlash mumkin:
Industrial sektor ( sanoat, qurilish va kommunikatsiya, transport va aloqa);
Agrar sektor (qishloq xo‘jaligi, o‘rmon ho‘jaligi);
Xizmat ko‘rsatish sektori (aholiga, korxonalar, muassasalarga xizmat ko‘rsatuvchi sohalar).
Ushbu sektorlar birinchidan, bir birlari bilan bog‘liq, ikkinchidan esa, ishlab chiqarishda turlicha rol o‘ynaydi.
Iqtisodiyot rivojlangan sari birinchi va uchinchi sektorlar ahamiyati oshib boradi.
Mahsulot sotilgandan so‘ng tovarga aylanadi. Mahsulot pirovard natijada ishlatilishiga ko‘ra iste’mol buyumlarini ishlab chiqarish (iste’mol buyumlari, maishiy texnika, turli ijtimoiy ne’matlar) va moddiy resurslarni ishlab chiqarishga (mehnat qurollari, xomashyo va h.k.) bo‘linadi. Ushbu moddiy resurslardan foydalanish ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlaydi Yaratilgan milliy mahsulot ishlab chiqarishning natijasi hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning pirovard natijasi bo‘lib ishlab chiqarish sohasidagi o‘z harakatini tugatgan, jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini qondirishga tayyor mahsulot hisoblanadi, ya’ni bu mikroiqtisodiy darajada korxona yaratgan mahsulot, makroiqtisodiy darajada yalpi milliy mahsulot.
Yalpi milliy mahsulot - bu ma’lum vaqt davomida, masalan, bir yilda yaratilgan va bevosita iste’molchilarga borib yetadigan barcha tayyor mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlarning bozor narxida hisoblangan qiymati. Milliy mahsulot moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari yillik faoliyatining umumiy natijasi hisoblanadi. Yaratilgan mahsulot qiymat jihatdan ham uch qismdan iborat bo‘ladi, ya’ni:
ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalar qiymatining mahsulotga o‘tgan qismi (s);
yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning bir qismi, ya’ni ishchilarga tegishli qismi – zaruriy mahsulot qiymati (v);
yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning mulkdorlar, tadbirkorlar va jamiyat uchun ishlab chiqarilgan qo‘shimcha mahsulot qiymati (m)dan iboratdir.
Yaratilgan mahsulotdan iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati chegirib tashlansa, qolgan qismi sof mahsulot deyiladi.
Tayyor (pirovard) mahsulotlar bular iste’molchilar tomonidan yakuniy foydalanish (iste’mol) uchun sotib olinadigan, shaxsiy yoki jamoat iste’moliga kiradigan va qayta sotish uchun sotib olinmaydigan tovarlar va xizmatlar. Shuningdek, qayta ishlashga yoki qayta sotishga mo‘ljallangan mahsulot oraliq mahsulot deyiladi. Keyingi qayta ishlash jarayonida ko‘plab ishlab chiqarilgan mahsulotlar boshqa mahsulotlar narxiga ham kiritiladi. Masalan, mamlakatda 4 milliard so‘m miqdorida metall ishlab chiqariladi. Keyin ushbu metalldan umumiy qiymati 10 milliard so‘m bo‘lgan avtomobillar ishlab chiqarildi. Barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qiymati (metall + mashinalar) 14 milliard so‘mni tashkil qiladi. Biroq, metallning narxi ushbu yalpi mahsulot qiymatida ikki marta hisobga olinadi. Haqiqiy yalpi mahsulot qayta hisoblash summasiga, ya’ni 4 milliard so‘mga kamroq bo‘ladi, bu avtomobillar ishlab chiqarishda ishlatiladigan metall narxini tashkil etadi. Yalpi mahsulotning haqiqiy qiymati 14 milliard emas balki 10 milliard so‘mga teng (4 + 6 = 10).
Xuddi shu tarzda, qayta hisoblash muammosi millionlab turdagi tovarlar va xizmatlar turlaridan iborat bo‘lgan YaIMni hisoblashda hal qilinadi. Umuman olganda, qayta hisob-kitob qilinmaslik uchun ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan foydalanilgan mehnat ashyolarining qiymati, ya’ni oraliq mahsulot (bizning misolimizda 4 milliard so‘m metall) qiymati ayirib tashlanadi. Natijada, yakuniy mahsulotning narxi qoladi. Bu yalpi ichki mahsulotning qiymatiga teng. Yalpi ichki mahsulot(YaIM) qiymatidan iste’mol qilingan amortizatsiya summasini ayrib tashlasak, sof milliy (SMM) mahsulot qiymati qoladi. YaIM, SMM ishlab chiqarish jarayonining pirovard natijasi hisoblanadi.
Ishlab chiqarishda foydalaniladigan turli xil resurslar sarfini birdaniga yoki ularning ayrim turlarini ko‘paytirish yo‘li bilan mahsulot hajmini oshirish mumkin. Biroq, boshqa omillar va sharoitlar teng bo‘lgani holda ayrim omillar sarfini oshirish yo‘li bilan mahsulotni cheksiz ko‘paytirib bo‘lmaydi Masalan, firmada ishlab chiqarish binolari, mashina, stanok va boshqa asbob -uskunalar soni va sifati o‘zgarmagan holda ishchilar sonini va xomashyo miqdorini ko‘paytirish yo‘li bilan mahsulotni ma’lum hajmda oshirib borish mumkin. Bunda bino va asbob - uskunalar to‘xtovsiz ishlatiladi, ilgari bir smenada ishlayotgan bo‘lsa, endi ikki yoki uch smenada ishlatishga yerishiladi. Ammo ma’lum darajaga borgandan keyin qo‘shimcha jalb qilingan ishchi kuchi yoki xomashyolar samarasi kamayadi. Undan tashqari ishlab turgan ishchilar soni o‘zgarmagan holda ularni yangi texnika va texnologiyalar bilan qurollantirish, ya’ni har bir ishchiga to‘g‘ri keladigan kapital miqdorini oshirish hisobiga ham mahsulotni ko‘paytirishga yerishish mumkin. Lekin, bu jarayon ham cheksiz emas. Bunda omillardan foydalanish va ularning miqdorini oshirish evaziga olingan mahsulotni uch xil o‘lchamda aniqlash mumkin: umumiy mahsulot, o‘rtacha mahsulot va qo‘shilgan mahsulot.
Umumiy mahsulot (TP. ingl. — total product) - korxonaning umumiy ishlab chiqarish hajmiga teng. TP ko‘rsatkichi iqtisodiyotda firmaning harajatlari va daromadlarini tahlil qilish uchun ishlatiladi. Umumiy mahsulotdan korxonaning yana ikkita muhim tavsifi kelib chiqadi - o‘rtacha mahsulot va marjinal ( (qo‘shilgan ) mahsulot
O‘rtacha mahsulot (AP, ingl. avyerage product) esa jalb qilingan har bir ishchi kuchi yoki kapitalning birligiga to‘g‘ri keladigan mahsulotga aytiladi. Bu esa umumiy mahsulot miqdorini TP umumiy omil, ishchi kuchi (L) yoki kapital miqdoriga (K) bo‘lish orqali aniqlanadi.
AP = TP / L yoki AP = TP /K.
O‘rtacha mahsulot ishlab chiqarish omillarining unumdorligini tavsiflaydi.
Marjinal (qo‘shilgan) mahsulot (MP) (MP- marginal product) deb eng so‘nggi qo‘shilgan omil kapital yoki ishchi kuchi evaziga olingan mahsulotga aytiladi.
Masalan, o‘tgan yili 200 nafar ishchi kuchi yordamida 200 ming so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bu yil esa 220 ishchi kuchi ishlab, 230 ming so‘mlik mahsulot olinsa, 20 nafar qo‘shilgan ishchi, 30 ming so‘mlik qo‘shilgan mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘ladi.
Qo‘shilgan mahsulot miqdorini (MP) so‘nggi qo‘shilgan (o‘sgan) ishchi kuchi (ΔL) yoki kapital miqdoriga (ΔK) bo‘lish yo‘li bilan qo‘shilgan omil, ya’ni qo‘shilgan kapital yoki qo‘shilgan ishchi kuchi unumdorligi aniqlanadi. Ya’ni, MP = ΔQ/Δ L yoki MP =ΔQ /ΔK
Har bir qo‘shilgan omil evaziga olingan qo‘shilgan mahsulot esa me’yoriy (qo‘shilgan, marjinal) omil unumdorligi deb aytiladi.
G‘arb adabiyotlarida qo‘shilgan mahsulotni aniqlash uchun barcha omillar emas, balki alohida omil olinadi. Masalan, boshqa sharoitlar teng bo‘lganda xomashyo yoki ishchi kuchining o‘sganligi nazarga olinib, uning evaziga olingan, ya’ni qo‘shilgan mahsulot aniqlanadi.
Alohida olingan omil evaziga qo‘shilgan mahsulot ma’lum darajaga borgandan keyin kamaya boshlaydi. Bu kamayish ayniqsa uning har birligi evaziga qo‘shilgan mahsulotda aniq seziladi. Mana shu qo‘shilgan omil unumdorligining pasayishiga qarab, marjinalistlarning vakillari me’yoriy unumdorlikning kamayib borish qonuni degan qonunni kashf etganlar.
Ularning g‘oyasi bo‘yicha qisqa davrda ma’lum bir vaqtdan boshlab har bir keyingi omil oldingisiga qaraganda kam samara beradi va oqibatda umumiy o‘rtacha mahsulot ham pasayib boradi.
Shunday qilib, bir ishlab chiqarish omilining boshqa omillar o‘zgarmagan holda ortib borishi natijasida shunday holat yuzaga keladiki, bunda aytilgan omildan qo‘shimcha tarzda foydalanish mahsulot ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga olib keladi. Aytaylik, bizda bitta ishlab chiqarish korxonasida barcha opyeratsiyalarni bajaradigan bitta ishchi bor edi. Uning mehnat unumdorligi past edi. Unga yordamchi yollangandan so‘ng, mehnat unumdorligi oshdi, chunki mehnatning ixtisoslashuvi vujudga keladi.


Download 168.96 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 168.96 Kb.