• Xaridor narxi, sotuvchi narxi - bozor ishtirokchilari bitim paytida mahsulot uchun taklif qiladigan narxlar
  • II-BOB. TURLI BOZOR TUZULMALARIDA NARX VA ISHLAB CHIQARISHNI ANIQLASHNING USLUBIY MASALALARI




    Download 168.96 Kb.
    bet5/7
    Sana26.09.2022
    Hajmi168.96 Kb.
    #26382
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Turli bozor tuzilmalarida narx va ishlab chiqarish
    1-Test, Axmedov A., 25-mavzu Elektron biznes va elektron biznesni himoya qilish usul-fayllar.org, 25-mavzu Elektron biznes va elektron biznesni himoya qilish usul-fayllar.org (1)
    II-BOB. TURLI BOZOR TUZULMALARIDA NARX VA ISHLAB CHIQARISHNI ANIQLASHNING USLUBIY MASALALARI.


    2.1. Mukammal raqobat sharoitda narx va ishlab chiqarish hajmini aniqlash
    Turli xil bozor tuzilmalarida narxlar har xil tarzda shakllanadi. Xo‘sh mukammal (sof) raqobat sharoitida narx qanday shakllanadi?
    Amalda mukammal raqobat sof holda kam uchraydigan hodisadir. Ammo bir qator tarmoq bozorlari mavjud bo‘lib, ular nisbatan shunday strukturaga egadir. Raqobatlashuvchilar bir turdagi tovarni bozorga taklif etadilar, shu bois ular xaridor uchun kurashadilar. Masalan, non bozorida sotuvchilar faqat nonni taklif etadilar, ularning xaridori ham bir xil, shu sababli nonni turli xaridorga ko‘proq sotish uchun kurashadilar.
    Masalan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozori. Bu bozorda mustaqil ko‘p sonli sotuvchilar standartizatsiya qilingan mahsulotni taklif etadilar, bunda narx talab va taklif o‘rtasidagi nisbat orqali tarkib topadi. Ko‘pgina bozorlarda mahsulotning ko‘p ulushi kam sonli firmalar tomonidan taklif etiladi. Bunday hollarda yirik firmalar bozorda hukmron mavqega ega bo‘ladilar va mahsulotlarning sotish shartlariga ta’sir eta oladilar. Buning natijasida bozor ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabat ham o‘zgaradi. Mukam­mal raqobat iqtisodiy yutuqdan ham ishlab chiqaruvchini, ham iste’molchini bahramand qiladi. Ishlab chiqaruvchi yutug‘ini foyda tashkil etadi. Iste’molchi yutug‘ini esa u mo‘ljallagan narx bilan tovarning amalda sotib olingan narxi o‘rtasidagi farq tashkil etadi. Bunday sharoitda ishlab chiqaruvchi foydasini narxni o‘zgartirish hisobiga emas, balki yalpi daromad bilan yalpi ishlab chiqarish harajatlari o‘rtasidagi farqni ko‘paytirish hisobiga oladi. Yerkin raqobat bor joydagi amaliy narx xaridor narxi bilan sotuvchi narxi oralig‘ida bo‘ladi, bu esa ikki tomon manfaatlarining uyg‘unlashuvi natijasi hisoblanadi.
    Xaridor narxi, sotuvchi narxi - bozor ishtirokchilari bitim paytida mahsulot uchun taklif qiladigan narxlar

    Xaridor narxi - xaridor tovarni sotib olishga rozi bo‘lgan narx. Xaridor narxi xaridorlar mahsulot haqida qanday fikrda bo‘lishiga bog‘liq: mahsulot qanchalik zarur, modaga javob beradimi yoki yo‘qmi, naflimi yoki unchalik emas. Xaridorning narxi mahsulotga bo‘lgan talabni aks ettiradi. Agar taklif talabdan yuqori bo‘lsa, unda mahsulot xaridor narxida sotiladi. Masalan, jun paypoqlarni har qanday do‘konda topish mumkin va xaridor ular uchun maksimal 10 ming so‘m to‘lashga tayyor. Sotuvchi bir juft paypoqni 15 ming sotganda xursand bo‘lar edi, lekin u bozorga moslashadi, aks holda u hech narsa sotmaydi, ya’ni mahsulotini 10 ming so‘mdan sotadi.
    Sotuvchining narxi bu ishlab chiqarish harajatlari va muqobil tovarlarning narxlarini hisobga olgan holda foyda olish istagiga asoslangan sotuvchi uchun qulay narx. Sotuvchining narxi ishlab chiqaruvchining narxini aks ettiradi, chunki sotuvchi uni xaridorga taklif qiladigan tovarlarning narxini aynan ishlab chiqaruvchi shakllantiriladi.
    Bozorda ishlab chiqaruvchi o‘zining ishlab chiqarish harajatlari va muqobil tovarlarning narxlarini, shuningdek olmoqchi bo‘lgan foyda miqdoridan kelib chiqib narxni belgilaydi va tovarini bozorga olib chiqadi va sotuvchi narxida taklif etadi. So‘ng turli omillar ta’sirida bozor narxi shakllanadi.
    Mukammal raqobatda qatnashuvchi firmalar o‘z foydasini maksimumlashtirishga intiladi. Biroq foydani oshirish uchun firma mavjud narxni nazarda tutib bozorga shunday miqdorda tovarni chiqarishi kerakki, uni bozor ma’qul topishi zarur. Yerkin bozor iqtisodiyotida narx asosan talab va taklif asosida vujudga keladi. Demak, bozorda tovar va xizmatlarning narxi, talab va taklif, ishlab chiqarish harajatlari va naflilik asosida shakllanadi. Bu holat esa tadbirkorlarni ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish, tovarning sifatini yaxshilashga undaydi. Bu esa o‘z navbatida ularga raqobatda yutib chiqishga, aholini esa sifatli tovarlar bilan ta’minlashga sharoit yaratib beradi Mukammal raqobat bozor sharoitida ishlab chiqaruvchilarning soni ko‘p bo‘lganligi sababli ular bozor narxiga ta’sir ko‘rsata olmaydilar,

    ya’ni narx darajasi obyektiv holda bozor tomonidan shakllanadi. Bunday sharoitda ishlab chiqaruvchi foydasini narxni o‘zgartirish hisobiga emas, balki yalpi daromad bilan yalpi ishlab chiqarish harajatlari o‘rtasidagi farqni ko‘paytirish hisobiga oladi.
    Mukammal raqobat sharoitida har qanday narx darajasida ishlab chiqaruvchilar ma’lum bir sohaga kiradigan yoki undan tashqariga chiqadigan "tashqi chegara" mavjud, bunda ishlab chiqaruvchi tarmoqqa kiradi yoki undan siqib chiqariladi. Narxlarning ko‘tarilishi yangi firmalar paydo bo‘lishiga va eskilarining saqlanib qolishiga olib keladi. Narxlarning pasayishi yuqori darajadagi xarajatlarga ega korxonalar foydasiz bo‘lib qolishiga va bu sohani tark etishlariga olib keladi.
    1- rasmda ishlab chiqarishning ko‘payishi bilan me’yoriy xarajatlar egri chizig‘i (MC) ko‘tarilib, Q ishlab chiqarish hajmiga mos keladigan M nuqtadagi R1 bozor narxiga teng me’yoriy daromadning gorizontal chizig‘ini kesib o‘tishi .


    1. rasm. Mukammal raqobat sharoitida narx darajasi va ishlab chiqarish hajmining muvozanati

    Ushbu nuqtadan har qanday og‘ish korxona uchun katta hajmdagi mahsulot hajmi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarar ko‘rishga, yoki ishlab chiqarish hajmining pasayishi bilan foyda massasining kamayishi natijasida yo‘qotishlarga olib keladi. Shunday qilib, firmaning muvozanat holati quyidagicha shakllantirilishi mumkin: MC = MR. Foyda olishni istagan har qanday firma ushbu muvozanat sharti bajariladigan ishlab chiqarish hajmini tanlashga intiladi. Mukammal raqobat bozorda me’yoriy daromad har doim narxga teng
    Me’yoriy xarajatlar va me’yoriy daromadlar nisbati tadbirkorni ishlab chiqarishni optimal hajmiga yerishilganmi yoki foydani oshib borishini kutish mumkinligi to‘g‘risida tadbirkorga xabar (signal) beradigan tizimining bir turi. Shunday qilib biz mukammal raqobat sharoitida narx va ishlab chiqarish xajmining shakllanishini ko‘rib chiqdik.

    Download 168.96 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 168.96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II-BOB. TURLI BOZOR TUZULMALARIDA NARX VA ISHLAB CHIQARISHNI ANIQLASHNING USLUBIY MASALALARI

    Download 168.96 Kb.