|
Muhandislik va kompyuter grafikasi fanining maqsad va vazifalari. Davlat standartlari. Formatlar. Masshablar chiziq turlari sgriftlar formatni ishga tayorlash
|
bet | 6/7 | Sana | 06.10.2024 | Hajmi | 234,5 Kb. | | #273805 |
Bog'liq 1. MUHANDISLIK VA KOMPYUTER GRAFIKASI FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI. DAVLAT1.6-rasm 1.7-rasm
APBP kesmani ham APCP:CPBP=r:q nisbatda bo’ladi (1.7-rasm).
AB to’g’ri chiziq kesmasini s yo’nalish bo’yicha proyeksiyalar tekisligi P ga proyeksiyalaymiz. Bunda proyeksiyalovchi tekislik bilan proyeksiyalar tekisligi P kesishib, APBP kesmani hosil qiladi. Unda 4-xossaga asosan C∈AB
bo’lgani uchun CP∈APBP bo’ladi.
AB kesmaning proyeksiyalovchi tekislikdagi A va C nuqtalaridan
A C1∥APBP va CB1∥APBP kesmalarni o’tkazamiz. Unda hosil bo’lgan ACC1 va CBB1 uchburchaklar o’zaro o’xshash bo’ladilar. Bu uchburchaklarning o’xshashligidan AC:AC1=CB:CB1 yoki
AC:CB=APCP:CPBP=r:q bo’ladi.
6-xossa. To’g’ri ziqlarning kesishuv nuqtasining proyeksiyasi ularning proyeksiyalarining kesishish nuqtasida bo’ladi. Ya‘ni AB∩CD=E bo’lsa,
APBP∩CPDP=EP bo’ladi (1.09-rasm).
Proyeksiyalash yo’nalishi bo’yicha AB va CD kesmalarining APBP va CPDP proyeksiyalarini proyeksiyalar tekisligi P dagi proyeksiyalarni yasaymiz. Kesmalarni proyeksiyalovchi tekisliklar o’zaro EEP to’g’ri chiziq bo’yicha kesadi, bunda EEP∥S bo’lib, u E nuqtani proyeksiyalovchi nuri bo’ladi. AB va CD kesmalarining kesishuvidan hosil bo’lgan E nuqtaning proyeksiyalar tekisligi P dagi proyeksiyasi EP bo’ladi. 3-xossaga asosan E∈AB va E∈CD bo’lgani uchun EP∈APBP va EP∈CPDP bo’lishi shart. Demak, EP nuqta APBP va CPDP kesmalar uchun umumiy nuqtadir.
7-xossa. Parallel to’g’ri chiziqlarning tekislikdagi proyeksiyalari ham parallel bo’ladi. Agar AB∥CD bo’lsa, APBP∥CPDP bo’ladi. 1.10-rasmda s yo’nalish bo’yicha AB va CD to’g’ri chiziq kesmalarining proyeksiyalar tekisligidagi APBP va CPDP proyeksiyalari yasalgan. Hosil bo’lgan AB va CD to’g’ri chiziq kesmalarining proyeksiyalovchi tekisliklari proyeksiyalar tekisligi P bilan kesishganda APBP∥CPDP kesmalar hosil bo’ladi.
8-xossa. Parallel to’g’ri chiziq kesmalarining nisbati bu kesmalar proyeksiyalarining nisbatiga teng bo’ladi. Ya‘ni AB∥CD bo’lib, AB:CD=q
b o’lsa, APBP:CPDP=q bo’ladi (1.10-rasm). Bunda 3xossaga asosan APBP∥CPDP xosil bo’ladi. AB va CD to’g’ri chiziq kesmalarining proyeksiyalovchi tekisliklarida BE(BE∥APBP) va DF(DF∥CPDP) kesmalarni o’tkazamiz. U holda ABE va CDF
1.10-rasm uchburchaklarning parallelligi va o’xshashligidan
AB:AE=CD:CF yoki AB:CD=AE:CF=q kelib chiqadi.
Demak,
AB:CD=APBP:CPDP=q bo’ladi.
Shponka aylanma harakatni valdan shkivga, tishli g’ildirakka, maxovikka va shunga o’xshashlarga uzatish uchun foydalanishadi.
Shponka - o’zaro birikib turgan ikki detalning o’yiqlari (pazlari) ga o’rnatilib ularning bir-biriga nisbatan buralishiga yoki siljishiga to’sqinlik qiladi. Shponka o’zining tuzilishiga qarab kallaksiz ponasimon (3.4-shakl), kallaklik ponasimon (3.5-shakl), prizmatik (3.6- shakl) va segment (3.7-shakl) shponkalarga bo’linadi. Amaliyotda eng ko’p prizmatik va ponasimon shponka ishlatiladi. Prizmatik shponka GOST 23360-96 va GOST 8790-96 bo’yicha ponasimon shponka GOST 24068-96; GOST 8791-96; GOST 8792-96; GOST 8793-96 bo’yicha tayyorlanadi.
Prizmatik shponka va uning uchun val va vtulkaga o’yilgan o’yiklarda qiyalik bo’lmaydi. Shponka val o’yig’iga qo’yiladi, vtulka esa valga kiyitiladi. Shponkaning yon yoqlariga kuch tushadi. Radius bo’ylab, shponka va vtulka o’yig’i orasida 0,2-0,3 mm oraliq bo’lishi kerak.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Muhandislik va kompyuter grafikasi fanining maqsad va vazifalari. Davlat standartlari. Formatlar. Masshablar chiziq turlari sgriftlar formatni ishga tayorlash
|