• Abiotik omillar
  • Antropogen omil
  • Muhit. Ekologik omillar va ularning tirik organizmlarga ta’sir etishining umumiy qonuniyatlari. Reja




    Download 19.32 Kb.
    bet2/3
    Sana13.05.2022
    Hajmi19.32 Kb.
    #21029
    1   2   3
    Bog'liq
    Ortalıq hám ekologiyalıq faktorla1
    2222222222222222222222222222222222222222, Oliy ta\'lim pedogogikasi, 1MUSTAQIL IW.., mehnat shartnomasini o zgartirish tartibi va usullari, QO\'SHIMCHA MA\'LUMOT, COMPARATIVES AND SUPERLATIVES SO,SUCH,ENOUGH,TOO .., DUNYO VA O\'ZBEKISTON ISLOM DININING MOVQE, kafolat xati, O\'zbekistonda atmosferaning ifloslanishi muammolari, Integral test uzb, 1. Бибиширин МФЙ - бандлик дастури (4), Boshlang’ich sinflarda ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni tas-fayllar.org, kasb tanlashga yollash Referat, SLAYD (3)
    3.Ekologik omillar.
    Muhitning organizmlar bilan o’zaro ta’sir etadigan ayrim elementlari ekologik omillar deyiladi. Ekologik omillar juda xilma-xil. Muhitning ekologik omillari organizmlarga bevosita va bilvosita ta’sir qiladi. Ekologik omillarni ta’riflashda rus olimlari D.N.Kashkarov {1933}, V.V.Alyoxin {1950} xizmatlari katta.
    Ekologik omillar o’z tabiatiga ko’ra qo’yidagi guruhlarga bo’linadi.
    I.Abiotik omillar (jansız): ularga quruqlik biostenozlarida qo’yidagilar kiradi:
    1) iqlim omillari - yorug’lik, namlik,harorat, havo va hokazo.
    2) Edafik {yoki tuproq grunt} tuproqning ximiyaviy va fizik xossallari.
    3) Topografik {relef sharoiti}.
    II.Biotik omillar {tirik}ikki guruhga.
    1.Fitogen – birgalikda yashayotgan o’simliklarning bir-biriga ta’siri.
    2.Zoogen-hayvonlarning {oziqlanishi, payhon qilishi,changlanishi, tarqatish va hokazo.}
    3.Mikrobiogen va mikogen: mikroorganizmlar va zamburug’larning ta’siri.
    III.Antropogen omil: Insoning xo’jalik yuritish faoliyati, mehnat vositalari, zavod, fabrika, shahar, qishloq, turli-tuman inshootlar, texnika vositalari, madaniy landshaftlar va hokazo.
    4.Ekologik omillarning tirik organizmlarga ta’sir etishining umumiy qonuniyatlari.
    Muhitning ayni bir faktori har xil organizmlar uchun turlicha ta’sir etadi va ahamiyatga ega. Masalan: Suv pardasining sirt tortishish kuchi suvdagi mayda qisqichbaqalar {dafniya, stiklonlar } uchun xavfli, chunki ular bu kuchga bardosh bera olmaydi, chunki ular suv sathiga yopishib qoladi. Suv qandalalari esa bemalol so’zib yuraveradi.
    Har qaysi faktorning organizmga ta’sir etish darajasi uning dozasi (normasi) ga bog’liq. Faktorning yashash mumkin bo’lgan minimal va maksimal ahamiyati organizmning chidamlilik chegarasini belgilaydi. Har bir turning turli faktorlarga o’ziga xos chidamlilik chegarasi bor.
    Faktorning organizmga eng qo’lay ta’sir etadigan chegarasi OPTIMUM zona deyiladi.
    M: Rif hosil qiluvchi marjon poliplar faqat +20-300 doirasida yashaydi. Tilogoch esa yakutiada 69-350 C t da yashaydi. Fil,oq ayiq va hokazo.
    Optimum faktorning ko’payishi yoki kamayishi o’zgarganda individlarning hayot faoliyati o’zgaradi, yomonlashadi.Eng ko’p ta’sirida organizmlar nobud bo’ladi. Bu esa pessimum deyiladi.
    Organizmlarning optimum va pessimum zona orasidagi chegarasi muhit faktoriga ekologik valentligi deb ataladi.
    Agar faktorlardan loaqal bittasining miqdor qiymati chidamlilik chegarasidan tashqarisiga chiqsa, qolgan sharoit har qancha qo’lay bo’lgani bilan tur yashay olmaydi.
    Maksimum va minimum chegarasidan chiqadigan bunday faktorlar cheklovchi faktorlar deyiladi.M:Shimolda issiq etishmasligi, odatda ko’pgina hayvonlarni tarqalishini cheklaydi yoki dengiz suvining o’ta sho’rligi amfibiyalarning tarqalishini chegaralaydi.
    Muhit ekologik faktorlarining tirlarga ko’rsatadigan munosabatiga ko’ra ekologik valentligi turlicha bo’ladi:turning moslashishi keng darajada bo’lsa har bir abiotik faktor nomiga “evri” qoshimchasi qo’shish bilan ifodalanadi.
    M: 1.Evriterm turli t0 o’zgarishiga yashaydigan.
    2.Evribat turli bosimlarda yashay oladigan
    3.Evrigal turlicha sho’rlanish darajasidagi muhitda yashay oladi.
    Agar turning ekologik valentligi tor doirada bo’lsa, ekologik faktor oldiga “steno” qo’shimchasi qo’shiladi.M:
    1.Stenobat
    2.Stenoterm
    3.Stenogal
    Har ikkala holatda ham umumiy holda ekologik valentligini (tur) ifodalamoqchi bo’lsak “stenobiont” va “evribiont” termini ishlatiladi.
    Cheklovchi faktorlar turning geografik arealini belgilaydi. Ayniqsa organizmlarni tabiatda cheklovchi faktorlarini bilib olish insoning xo’jalik yuritishida juda katta rol o’ynaydi, chunki organizmlarning hayotiy faoliyatini boshqarishda, cheklovchi faktorlar kalit hisoblanadi.


    Download 19.32 Kb.
    1   2   3




    Download 19.32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhit. Ekologik omillar va ularning tirik organizmlarga ta’sir etishining umumiy qonuniyatlari. Reja

    Download 19.32 Kb.