|
Muloqotning perseptiv tomoni
|
bet | 5/7 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 71,15 Kb. | | #233645 |
Muloqotning perseptiv tomoni.
Muloqot jarayonida odamlar bir-birlari bilan ma’lumotlar almashib, o`zaro ta’sir ko`rsatibgina qolmay, balki bir-birlarini to`g`riroq va aniqroq anglashga, tushunishga va idrok qilishga harakat qiladilar. Bu tomon shaxsiy idrok va tushunish muammosi bilan bog`liqdir. Birgalikdagi faoliyat jarayonida shaxslarniig bir-birlarini to`g`ri tushunishlari na aniq idrok qilishlari muloqotning samarali bo`lishini ta’minlaydi. Rus psixologi A.A. Bodalev boshchiligidagi laboratoriya bir-birlarini idrok qilish mexanizmlarini aniqlash borasida qator psixologik qonuniyatlarni kuzatgan. Bunday mexanizmlarga:
identifikatsiya;
refleksiya;
stereotipizatsiya kiradi.
Identifikatsiya shunday psixologik hodisaki, bunda suhbatdoshlar bir-birlarini to`g`riroq idrok qilish uchun o`zlarini bir-birlarining o`rniga qo`yib ko`rishga harakat qiladilar.
Refleksiya muloqot jarayonida suhbatdoshning pozitsiyasidan, xolatidan turib, o`zini tasavvur qilishdir, ya’ni refleksiya, boshqa odamning idrokiga taalluqli bo`lib o`ziga birovning ko`zi bilan qarashga intilishdir.
Stereotipizatsiya odamlar ongida muloqotlar mobaynida shakllanib o`rnashib qolgan ko`nikib qolingan obrazlardan shablon sifatida foydalanish hollaridir.
Ijtimoiy stereotiplar har bir shaxsda u yoki bu guruhli kishilar haqida shakllangan obrazlardir. A.A. Bodalev va uning shogirdlari bunday stereotiplar ba’zan muloqotni to`g`ri yo`nalganligini ta’minlasa, boshqa hollarda esa undagi xatoliklarning sababi bo`lishi mumkinligini kuzatishgan. Idrok va tushunish borasidagi bunday xatoliklar kauzal atributsiya (lotinchasiga “kauza" — sabab, “atrebutsio" — bermoq, qo`shib bermoq ma’nosini bildiradi) deb ataladi.
Odamlarning bir-birlarini to`g`ri idrok etishlari ularning perseptiv, ya’ni hissiy bilish (idrok sezish) sohasiga aloqador bo`lsa, bir-birlarini tushunishi ularning tafakkur sohalariga bevosita bog`liq murakkab jarayondir. Boshqa odamni to`g`ri tushungan shaxs uning hissiy holatiga kira olgan hisoblanadi, boshqacha qilib aytganda, unda empatiya — birovlarning his kechinmalarini tushuna olish qobiliyati rivojlangan bo`ladi. Yuksak ongli, madaniyatli, “ko`pni ko`rgan" shaxsgina boshqalarni to`g`ri tushunishi, ularning mavqeida tura olishi mumkin.
|
| |