• 1.Muloqot haqida tushuncha
  • Muloqotda psixologik ta’sir masalalari Reja: Kirish




    Download 71,15 Kb.
    bet1/7
    Sana14.05.2024
    Hajmi71,15 Kb.
    #233645
      1   2   3   4   5   6   7

    Muloqotda psixologik ta’sir masalalari


    Reja:


    Kirish
    1.Muloqot haqida tushuncha

    2. Muloqotning shakllari va bosqichlari.


    3.Muloqotning verbal va noverbal vositalari


    Xulosa va tavsiyalar


    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



    1.Muloqot haqida tushuncha .Muloqot - odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o`zaro munosabatlarga kirishish jarayonidi Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniyqiyofasi, fazilatlari, hattoki, nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir.  Insonning uning o`rab turgan olamga o`zaro ta`siri ob’ektiv munosabatlar tizimida namoyon bo`ladi, ob`ektiv munosabat va aloqalar so`zsiz har qanday real guruhlarda paydo bo`ladi. Guruh a`zolarining bu ob`ektiv o`zaro munosabatlari sub`ektiv shaxslararo munosabatlarda aks etadi. Har qanday ishlab chiqarish odamlarning o`zaro birlashishini talab qiladi. Hech bir kishilik jamiyati agar unda odamlar bilan munosabat o`rnatilmasa, ular bir - birini to`g`ri tushunmasdan to`laqonli, birgalikdagi faoliyatni tashqil eta olmaydi. Masalan, o`qituvchi o`quvchilarga biror narsani o`rgatish uchun ular bilan munosabatga kirishishi kerak.
    Muloqot kishilarning hamkorlikdagi faoliyati ehtiyojlari asosida tug`iladigan ular o`rtasidagi aloqa rivojlanishining ko`p qirrali jarayonidir. Muloqot hamkorlikdagi faoliyat qatnashchilari o`rtasida axborot almashinishni o`z ichiga oladi, bu muloqotning kommunikativ tomonini ifodalaydi. Odamlar bir - biri bilan munosabatga kirishishda tildan muomala vositasi sifatida foydalanadilar. Muloqotning ikkinchi tomoni muomalaga kirishuvchilarning o`zaro ta`siridir. Bunda faqat so`zlar emas, balki harakat va holatlar ham almashinadi. Masalan, sotuvchi bilan haridor o`rtasida biror so`z aytmasdan muomalaga kirishish mumkin. Muloqotning uchinchi tomoni muomalaga kirishuvchilarning bir - birini idrok qilishidir. Muomalaga kirishuvchilarning bir -birini to`g`ri tushunishi muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib, muloqotning shartli uch tomonini ajratish mumkin: kommunikativ (axborot berish), interaktiv (o`zaro ta`sir) va pertseptiv (o`zaro idrok qilish). Muloqotning bu uch tomonining birligi muomalaga kirishuvchi kishilarning o`zaro munosabati va hamkorlikdagi faoliyatining tashqil etish usuli sifatida namoyon bo`ladi. Muloqotning qonuniyatlarini, malaka va qobiliyatlarining shakllanishi bilish pedagog uchun g`oyat muhimdir.
    Bu to`laqonli pedagogik muloqotni yoki muomalani yo`lga qo`yishini ta`minlaydi. Pedagogik muloqot-pedagog va o`quvchilarning o`zaro ta`sir etish usullari yig`indisidir. Muloqotning mazmuni - axborot almashish, o`qituvchi tomonidan turli kommunikativ vositalar yordamida o`quvchilar bilan o`zaro tushunish va o`zaro munosabatlarni tashqil etishdir. Pedagoglarning tarbiyaviy va didaktik vazifalarni o`qituvchi hamda o`quvchilar jamoasi o`rtasida munosabatlarni ta`minlamay turib amalga oshirib bo`lmaydi.
    Noto'g'ri tashkil etilgan muloqot insonlarda qo'rquv, noaniqlik, diqqat, xotira, ishlashning zaiflashishiga, nutq dinamikasining buzilishiga olib keladi, mustaqil fikrlash istagi va qobiliyatini pasaytiradi. To'g'ri tashkil etilgan o'zaro ta'sir bunday salbiylarni yo'q qiladi,
    Quyidagi muloqot usullaridan foydalanish sinfda optimal pedagogik muloqotni o'rnatishga yordam beradi:
    O’quvchilar va pedagoglar bilan muloqot qilishda sinfda xavfsizlik muhitini yaratish;
    ma'qullash, javob berishga urinishning o'zi, suhbatda qatnashish faktiga baho berish orqali qo'llab-quvvatlash;
    Pedagog sinfga befarq bo'lib qoladigan vazifani taklif qilsa, muloqot ishlamasligi mumkin. Pedagogik muloqot pedagogning o'zgaruvchan muloqot sharoitida tez va to'g'ri harakat qilish qobiliyatini o'z ichiga oladi. Pedagog muloqot mazmuniga mos keladigan, bir vaqtning o'zida o'qituvchining ijodiy individualligi va muloqot holatiga, shuningdek, o'quvchining individual xususiyatlariga mos keladigan aloqa vositalarini tez va aniq topishi, muloqotda doimo fikr-mulohazalarni his qilishi kerak. Bunda pedagogga umumiy bilim va madaniyat, kasbiy fikrlash, nutqni rivojlantirish, moyillik yordam beradi.




    Download 71,15 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 71,15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muloqotda psixologik ta’sir masalalari Reja: Kirish

    Download 71,15 Kb.