I.BOB. MUSTAQILLIK YILLARIDA ILM-FANNING




Download 123.13 Kb.
bet2/14
Sana19.05.2023
Hajmi123.13 Kb.
#62057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston yoshlarining qo\'lga kiritgan yutuqlari (ilm-fan va sport sohalari misolida)
DDDDDDD, 7-DARS, 4 466754441316401683, Elektronika va sxemalar, Sport pedagogik mahoratni oshrish , SOLIJONOV O‘LMASXO‘JA QAXRAMONJON O‘G‘LI 38276255886293, axborot004, 2 5397566850643016293, 5-biologiya monitoring, Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti, kompyuter aritekturasi 2, Tarbiya-11-sinf-konspekt, fozilbek, 1. Axborot xavfsizligiga bo‘ladigan tahdidlar. Tahdid turlari
I.BOB. MUSTAQILLIK YILLARIDA ILM-FANNING YUTUQLARI
1.1. Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi Ilm-fandda erishilgan yutuqlari
Ma`lumki, «Ta`lim to`g`risidagi Qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» (1997 yil 29-avgustda qabul qilingan) qabul qilingach, ta`lim tizimi tubdan isloh qilina boshlandi. Bu muhim hujjatlarga ko`ra respublikamizda kasb-hunar kollejlarini jadal sur`atlar bilan rivojlantirish chora tadbirlari belgilangan. Bu birinchidan mutaxassislar tayyorlash sifatiga bog`liq bo`lsa, ikkinchi tomondan o`quv yurtining zamonaviy texnologiyalar bilan ta`minlanganligiga bog`liq. Kasb-hunar kolleji muhandis-pedagog hodimlari oldiga tayyorlanayotgan ishchi kadrlarga ilmiy dunyoqarashni, mehnatga ijodiy munosabatini tarkib toptirish ularda yuksak mehnat intizomini va madaniyatini, jamoa oldida burch his-tuyg`ularini tarbiyalash kabi vazifalarni qo`yadi.
Milliy dasturning asosiy maqsadi: ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak manaviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.
Jamiyatda sodir bo`layotgan bugungi yangiliklar hamda iqtisodiy o`zgarishlar ta`lim tizimiga xususan o`rta maxsus kasb-hunar ta`limiga boshqacha yondashishni talab qiladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy amalga oshirish vazifalaridan biri ta`lim oluvchilarning tayyorgarlik sifati va ixtisosiga zaruriy talablarni, ularning madaniy va ma`naviy-ruxiy darajalarini aniqlab beruvchi davlat ta`lim standartlarini yaratish va tatbiq etishdir.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari.
K asb ta`limi metodikasi fan sifatida XX asrning ikkinchi yarmida, O`zbekistonda esa 1985 yildan boshlab shakllana boshladi. Bunga asosiy sabab esa o`rta umumta`lim maktablariga «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» predmetining kiritilishi bo`ldi.
Informatika va axborotlar texnologiyalari bilan bog`liq bo`lgan fanlarni o`qitish metodikasi bo`yicha ilmiy izlanishlar professorlar M. Z. Ziyoho`jaev, A. A. Abduqodirov, dotsent T. R. Azlarov va boshqalar tomonidan olib borilgan va bu sohada muayyan yutuqlarga ham erishilgan.
O`zbekiston Respublikasi ta`lim tizimiga yangi bo`g`in, o`rta-maxsus va kasb-hunar ta`limining kiritilishi bilan informatika yo`nalishidagi fan o`qituvchilari uchun informatika o`qitish metodikasini yaratish kabi dolzarb muammoni hal qilish lozim bo`ladi.
Bunda asosiy muammolar:
-informatika yo`nalishlarida maxsus fanlarni o`qitishning maqsadi va vazifalari qanday;
-o`quv predmeti sifatida fanlarning mazmunini nimalar tashkil etishi kerak;
-fanlardan o`quv materiali qaysi ketma-ketlikda joylashishi va o`quvchilarga yetkazilishi kerak;
-fanlardan o`quv materialini to`liq va chuqur o`rganish uchun qanday usul, shakl va vositalardan foydalanish lozim.
Ma`lumki, har qanday fanni o`qitishda dastavval quyidagi an`anaviy savollar uchligi qo`yiladi:
- fanni nima uchun o`rganish kerak (ya`ni, maqsad va vazifalarni aniqlash)?
- nimani o`rganish kerak (ya`ni, mazmunni aniqlash)?
- qanday o`rgatish kerak (ya`ni, ta`limning samarali usul va vositalarini aniqlash)?
Kasb ta`limi metodikasi fani o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi o`qituvchilarini kelgusi kasbiy faoliyatida har tomonlama tayyorlashni amalga oshirish uchun chuqur ta`lim berishga qaratilgan. U predmet sifatida informatika yo`nalishidagi, o`rta bo`g`indagi mutaxassislarni tayyorlashda ishtirok etuvchi bo`lajak o`qituvchilarni kasbga yo`naltirish bo`yicha nazariy bilimlar berishga asoslangan. Zamonaviy ta`limda bu eng avvalo talabaning ijtimoiy hayot faoliyatida ongli, aqlli va madaniyatli munosabatda bo`lishga o`rgatishdir. «Ma`lakaviy ta`lim metodikasi» fani bir necha mutaxassislik fanlari bilan bog`liq bo`lgani uchun u bu fanlarning metodologiyalariga asoslanadi va ta`lim-tarbiyaning umumiy tamoyillariga tayanadi. Ma`lumki, ushbu tamoyillar pedagogika va didaktika tomonidan ishlab chiqiladi. Bundan tashqari malakaviy ta`lim metodikasi fiziologiya va psixologiya tomonidan o`rnatilgan qonuniyatlardan ham bevosita foydalanadi.
Ma`lumki, metodika bu- metod va usullar yig`indisi bo`lib, qandaydir harakatni amalga oshirishdir. SHunday jumlalar mavjud: o`qitish metodikasi, o`rgatish metodikasi. Bu ikki tushuncha ham amalda teng huquqli bo`lib, o`qitish bu o`rgatuvchining faoliyati. O`qitish metodikasi- o`quv predmeti sifatida bo`lg`usi muhandis-pedagog oldiga quyidagi vazifalarni qo`yadi. «Qanday va nimani o`qitish kerak?», «Nima uchun aynan shunday o`qitish kerak?».
Ta`lim va tarbiyaning umumiy maqsadlaridan, uning zamonaviy fanlar tizimida tutgan o`rni va vazifalaridan, jamiyat hayotidagi ahamiyatidan kelib chiqqan holda fanning asosiy maqsadlarini quyidagicha belgilash mumkin:
o`quvchilarda komp yuter savodxonligini rivojlantirish; 1
o`quvchilarda axborotga ishlov berish, uzatish va undan foydalanish jarayonlari haqidagi bilimlar asoslarini mustahkam va ongli o`zlashtirib olishlarini ta`minlash;
o`quvchilarga dunyoning zamonaviy ilmiy ko`rinishini shakllantirishda axborot jarayonlarining ahamiyatini, jamiyatning rivojida axborot va kommunikatsion texnologiyalarning rolini ochib berish;
hayotida komp`yuterlardan ongli va ratsional foydalanish ko`nikmalarini shakllantirish;
Yuqoridagi masalalardan hech biri qolganlaridan uzilgan holda, alohida hal etilmasligi lozim. Ular bir butunlikda, bir-biri bilan chambarchas bog`liq holda amalga oshirilishi lozim, chunki o`quvchilar tomonidan yo`nalish fanlari asoslarini mustahkam egallash natijasida ularni tafakkurini tarbiyalash, ilmiy va kasbiy dunyoqarash asoslarini yaratish mumkin

O`quvchilarni to`g`ri va chuqur xulosalar chiqarishga, mantiqiy mushohadalar qilishga o`rgatish, ularda har bir masalani yechishga tanqidiy va ijodiy yondashishga olib kelib, turli shart-sharoitlarda unumli faoliyat ko`rsata olishlariga imkon beradi.2

Download 123.13 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 123.13 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I.BOB. MUSTAQILLIK YILLARIDA ILM-FANNING

Download 123.13 Kb.