• 5 ta halqa tasvirlangan Olimpiyada ramzi.
  • XOQ Prezidenti X.A.Samaranchning
  • Barselonadagi XXV Olimpiya o’yinlari 1992 yil 24 iyul – 9 avgust
  • O’zbekiston olimpiya harakati O’zbekiston olimpiya ko’mitasi




    Download 123.13 Kb.
    bet9/14
    Sana19.05.2023
    Hajmi123.13 Kb.
    #62057
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    Mustaqillik yillarida O‘zbekiston yoshlarining qo\'lga kiritgan yutuqlari (ilm-fan va sport sohalari misolida)
    DDDDDDD, 7-DARS, 4 466754441316401683, Elektronika va sxemalar, Sport pedagogik mahoratni oshrish , SOLIJONOV O‘LMASXO‘JA QAXRAMONJON O‘G‘LI 38276255886293, axborot004, 2 5397566850643016293, 5-biologiya monitoring, Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti, kompyuter aritekturasi 2, Tarbiya-11-sinf-konspekt, fozilbek, 1. Axborot xavfsizligiga bo‘ladigan tahdidlar. Tahdid turlari
    2.2. O’zbekiston olimpiya harakati O’zbekiston olimpiya ko’mitasi
    O’zbekiston olimpiya harakati O’zbekiston olimpiya ko’mitasi – respublika nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan boshqariladi, ushbu qo’mita o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, Xalqaro olimpiya ko’mitasining Olimpiya xartiyasiga hamda o’z ustaviga muvofiq amalga oshiradi. Davlat O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasiga o’z ustavida belgilangan maqsadlarini amalga oshirishiga har tomonlama ko’maklashgan holda O’zbekiston olimpiya harakatini tan oladi va qo’llab-quvvatlaydi.



    5 ta halqa tasvirlangan Olimpiyada ramzi.
    O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi:

    • olimpiya harakati printsiplarini ommalashtiradi, yuksak yutuqlarga erishiladigan sportni va ommaviy sportni rivojlantirishga ko’maklashadi;

    • Xalqaro olimpiya qo’mitasining Olimpiya xartiyasiga muvofiq Olimpiya o’yinlarida hamda Xalqaro Olimpiya qo’mitasi boshchiligida o’tkaziladigan boshqa xalqaro sport tadbirlarida O’zbekiston Respublikasi nomidan ish yuritadi;

    • Sportchilarni Olimpiya o’yinlarida hamda Xalqaro Olimpiya qo’mitasi boshchiligida o’tkaziladigan boshqa xalqaro sport tadbirlarida ishtirok etishga tayyorlashning zarur darajasini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

    • Sportda dopingning oldini olish hamda unga qarshi kurashishga, shuningdek jismoniy tarbiya va sport sohasida kamsitish va zo’ravonlikning har qanday shakllari yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslikka ko’maklashadi;

    • Xalqaro Olimpiya qo’mitasining hamda O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasining olimpiya ramzlari, shiori, bayrog’i, madhiyasidan,”olimpiya”, “olimpiada” nomlaridan foydalanishga bo’lgan haquqlarini O’zbekiston Respublikasi hududida himiya qilish choralarini ta’minlaydi.

    O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi o’z vakolatlarini maxsus vakolatli davlat organi, sport federatsiyalari (uyushmalari) hamda boshqa tashkilotlar bilan vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
    O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:

    • O’zbekistonda Olimpiya Xarakatini rivojlantirish, olimpizm g’oyalarini keng targ’ib etish;

    • Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi, Osiyo Olimpiya Kengashi, boshqa mamlakatlar milliy olimpiya qo’mitalari, Xalqaro sport federatsiyalari va uyushmalari bilan hamkorlik qilish, XOQning “Olimpiya birdamligi” dasturida ishtirok etish;

    • Mamlakat terma jamoalari va sport zaxiralarini tayyorlashda davlat, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlariga ko’maklashish;

    • Respublika aholisini jismoniy va ma’naviy tarbiyalashga, jismoniy tarbiya va sport, milliy sport turlarini, nogironlar o’rtasida sportni rivojlantirishni ta’minlash;

    • Yoshlarni boshqa mamlakatlar sportchilari bilan do’stlik va birodarlikni mustahkamlash, musobaqalarda halol kurashish, raqibiga olijanoblik bilan munosabatda bo’lish tamoyillari asosida tarbiyalash;

    • O’zbekiston sportchilari yutuqlarini keng targ’ib qilish;

    • Sport kadrlari o’rtasida tajriba almashish, ular malakalarini oshirish uchun anjumanlar tashkil etish.

    O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi Milliy olimpiya qo’mitalari assotsiatsiyasi – ANOKning teng huquqli a’zosidir.
    O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi tarkibi quyidagilardan iborat: O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi prezidenti, bosh kotibi, vitse-prezidentlari va a’zolaridan; Olimpiada o’yinlari dasturiga kiritilgan milliy sport federatsiyalari vakillaridan; Sportning olimpiya turlari bo’lmagan hamda milliy sport federatsiyalari vakillaridan; Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport tashkilotlari vakillaridan; Olimpiya o’yinlari ishtirokchilari bo’lgan sportchilar vakillaridan hamda boshqa alohida shaxslardan iboratdir.
    O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasining rahbar organlari: Bosh assambleya, Ijroya qo’mita, Ijroiya qo’mita hisoblanadi. Bosh assambleyalar oralig’ida O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi faoliyatiga Ijroya qo’mita rahbarlik qiladi. O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasining doimiy komissiyalari mavjud: Atletlar komissiyasi; Ayollar va sport komissiyasi; Sport va atrof-muhit komissiyasi. O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi huzurida Olimpiya akademiyasi tashkil etilgan.
    O'zbekiston Respublikasi MOQ prezidenti etib O.Nazirov saylandi. U bir vaqtda respublika Davlat sport qo'mitasining raisi ham edi. Bu XOQ xartiyasi va O'zbekiston Respublikasi MOQ nizomiga to'g'ri kelmas edi. Shunday bo'lsada, respub­lika sharoiti va moddiy-texnik hamda moliyaviy ta'minlashning ba'zi bir sabablariga ko'ra rahbarlik ishlari davom etdi. Avval MOQ vitseprezidenti bo'lgan S.Ro'ziyev keyinchalik (1994) MOQ Prezidenti etib saylandi. Bu esa xartiya va nizom talablariga to'la asoslandi. Nizomga ko'ra MOQ faoliyatini yurituvchi ijroqo'm, a'zolari, Olimpiya akademiyasi va boshqa tuzilmalar tashkil etildi.
    Respublika MOQ o'zining Kongresslari va boshqa rasmiy yig'ilishlarida eng muhim masalalarni muhokama qilmoqda. Bunda rejalarini tasdiqlash, ijrolar natijalarini eshitish, xalqaro Olimpiya harakatida ishtirok etish, olimpiya g'oyalarini keng yoyish eng muhimi sportchilami Osiyo, jahon chempionatlari, xalqaro turnirlar va olimpiya o'yinlariga tayyorlash bilan bog'liq masalalarni doimiy ravishda muhokama qilib bormoqda. O'zbekiston Respublikasi MOQning ichki tuzilishi va asosiy maqsad hamda vazifalari.
    Respublikaning xalqaro sport tashkilotlari bilan olib bo­rayotgan o'zaro munosabatlari va aloqalarida brinchi Prezident I.A.Karimovning hissasi g'oyat kattadir. Xalqaro Olimpiya qo'mitasining bosh shtabida brinchi Prezidentimizning Olimpiada oltin ordeni bilan mukofatlanishi, XOQ Prezidenti X.A.Samaranchning bir necha marotaba yurtimizga tashrifi, (1994-1995). Arab mamlakatlari, Osiyo o'yinlari Kengashining Prezidenti va Yunesko xalqaro tashkilotlarning rahbarlari, mas'ul xodimlari O'zbekistonga kelishlari muhim voqealar bo'ldi. Shular natijasida 1996-yil avgustda Toshkentda «Olimpiya shon-shuhrat» niuzeyi ochildi. Unda mamlakatimiz sport tarixi, olimpiya harakati, sportchilarning erishgan yutuqlari o'z ifodasini topdi. O'tgan davrlarda muzeyni tomosha qilish uchun Fransiya, Italiya, Germaniya, Angliya, Shvetsiya, Rossiya, Bolgariya va juda ko'p Yevropa, Osiyo Afrika, Amerika, Avstraliya qit'alaridagi mamlakatlarning rasmiy kishilari, sayohatcliilari va sportchilari kelib ketishdi. Mazkuf muzey respublika sportini targ'ibot qilishning markaziy maskanlaridan biriga aylanmoqda.
    Respublika Milliy Olimpiya qo'mitasi (MOQ) xodimlari, sport federatsiyalarning rahbarlari, olimlar va boshqa rasmiy kishilar XOQ joylashgan Lozzana va juda ko'p mamlakatlarning MOQ huzurida bo'lib, Kongresslar, sessiyalar va ilmiy anjumanlarda ishtirok etmoqda. Ayniqsa, O'zbek kurashini o'rganish va o'rgatish borasida respublika murabbiylari Hindiston, Janubiy Afrika Respub­likasi, Avstraliya, Afrika, Amerika va Yevropa qit'alariga borib kelishmoqda. O'z navbatida barcha qit'alarning rasmiy vakillari O'zbekistonda bo'lib, kurash va boshqa sport turlari bo'yicha tajribalar almashishmoqda. Bu esa sportchilarning xalqaro turnirlar, o'rtoqlik uchrashuvlar va boshqa musobaqalarni tashkil qilishga zamin tayyorlamoqda.
    O'zbekiston Respublikasi MOQning tashkil etilishi xalqaro sport aloqalarni yanada kengaytirish, olimpiya g'oyalarini aholi o'rtasida singdirish va eng muhimi, sportchilarni xalqaro sport musobaqalariga tay­yorlashda muhim voqea bo'ldi.
    Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi Prezidenti Xuan Antonio Samaranchning vatani – Barselonadagi XXV Olimpiya o’yinlari 1992 yil 24 iyul – 9 avgust kunlari bo’lib o’tdi. Barselona yaqinida eng zamonaviy “Olympic” sport shaharchasi barpo etildi. Olimpiada mash’alasi bilan estafeta yugurishida mamlakat qiroli Xuan Karlos ham ishtirok etdi.
    Bu vaqtda jahon haritasida katta o’zgarishlar ro’y bergan edi. Sovet davlati parchalanib ketib, sobiq Ittifoq tarkibida bo’lgan respublikalar Xalqaro Birlashgan Millarlar Tashkiloti tomonidan mustaqil davlatlar sifatida tan olingan edi. Ularning Olimpiya o’yinlarida ishtirok etish masalasini XOQ tezlik bilan hal etishi kerak edi. XOQ Latviya, Litva va Estoniyaning ikkinchi jahon urushiga qadar ularning Xalqaro Olimpiya Qo’mitasidagi a’zoliklarini tikladi. Bu respublikalar Barselonada o’z davlatlari milliy olimpiya jamoalari tarkibida ishtirok etishlarga ruxsat berildi.


    Download 123.13 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 123.13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston olimpiya harakati O’zbekiston olimpiya ko’mitasi

    Download 123.13 Kb.