• Yillar Medallar turi Jami
  • Yuqori natijalar sporti.
  • O’zbekiston sportchilari 1991 - 2014 yillarda yirik xalqaro musobaqalarda olgan medallari to’g’risida ma’lumot




    Download 123.13 Kb.
    bet6/14
    Sana19.05.2023
    Hajmi123.13 Kb.
    #62057
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    Mustaqillik yillarida O‘zbekiston yoshlarining qo\'lga kiritgan yutuqlari (ilm-fan va sport sohalari misolida)
    DDDDDDD, 7-DARS, 4 466754441316401683, Elektronika va sxemalar, Sport pedagogik mahoratni oshrish , SOLIJONOV O‘LMASXO‘JA QAXRAMONJON O‘G‘LI 38276255886293, axborot004, 2 5397566850643016293, 5-biologiya monitoring, Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti, kompyuter aritekturasi 2, Tarbiya-11-sinf-konspekt, fozilbek, 1. Axborot xavfsizligiga bo‘ladigan tahdidlar. Tahdid turlari
    O’zbekiston sportchilari 1991 - 2014 yillarda yirik xalqaro musobaqalarda olgan medallari to’g’risida ma’lumot

    Yillar

    Medallar turi

    Jami

    oltin

    kumush

    bronza

    1991 - 1999

    641

    615

    753

    2009

    2000 - 2014

    2233

    2294

    2718

    7245

    Jami

    2874

    2909

    3471

    9254

    Yuqori natijalar sporti. Yuqori natijalar sporti yoki katta sportning rivojlanish dinamikasini O’zbekiston terma jamoalarining xalqaro sport musobaqalari, Olimpiya va Osiyo o’yinlaridagi yutuqlari asosida kuzatish mumkin.
    O’zbekiston sportchilari 1994 yilda Norvegiyaning Lillexammer shahrida o’tkazilgan XVII qishki Olimpiya o’yinlarida mustaqil terma jamoasi sifatida ilk bor qatnashib, 67 davlat o’rtasida 14 o’rinni egalladi. O’zbekiston terma jamoalarining xalqaro sport musobaqalari, Olimpiya, Osiyo, Paralimpiya va Paraosiyo o’yinlaridagi erishgan natijalarining qiyosiy tahlili shuni ko’rsatadiki, mustaqillikdan avval O’zbekistondan 10 ta yozgi Olimpiya o’yinlarida 59 nafar sportchi ishtirok etgan bo’lsa, mustaqillikdan keyin birgina Atlanta shahrida bo’lib o’tgan Olimpiya o’yinlarida mamlakatimizning 76 nafar sportchisi qatnashdi.
    Brinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, sport har qaysi millat, har qaysi xalqni dunyoga tanitishning, uning salohiyatini namoyon etish, g‘urur va iftixorini yuksaltirishning eng samarali va ta’sirchan vositasidir. Bugun yurtimizda jadal rivojlanayotgan bolalar sporti – o‘zbek sportining kelajagi, uning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini oshirishning mustahkam poydevoridir. Shuningdek, insonning shaxs sifatida kamol topishida, unda kuchli iroda, g‘alabaga intilish, qiyinchiliklarni yengish ruhini tarbiyalashda, qalbi va ongiga vatanparvarlik, el-yurtga sodiqlik, iftixor tuyg‘ularini singdirishda sportning ahamiyati beqiyos.
    Mamlakatimiz qudratini belgilaydigan eng asosiy omillardan biri bu shu yurtda yuksak ma’naviyatli, jismonan sog‘lom, ruhan tetik, har tomonlama barkamol avlodni yetishtirish masalasidir. Davlatimiz rahbari “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarlarida: “Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori, avvalambor, farzandlarimizning unib-o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liqdir”,– degan edilar. Ana shu ezgu-niyatlarni amalga oshirish yo‘lida qator amaliy ishlar qilinayapti.
    Bugun yurtimizda “Universiada”, “Barkamol avlod”, “Umid nihollari” kabi o‘quvchi va talaba-yoshlar o‘rtasida uzluksiz sport musobaqalarining tantanali ravishda o‘tkazilib kelinayotganligi iqtidorli va iste’dodlilar safini kengaytirish bilan birgalikda shahar va qishloqlarimizda sport inshootlarini ko‘paytirish imkoniyatini ham yaratdi. O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilgandan buyon o‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda qariyb 1500 ta zamonaviy bolalar sporti obyekti barpo etildi. Yurtimizda 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida sport bilan shug‘ullanuvchilar 2008-yildagi 29,2 foizdan 2011-yilda 34,9 foizgacha, jumladan, qiz bolalar o‘rtasida 24,1 foizdan 31,4 foizgacha oshdi.
    Mamlakatimizda minglab yigit-qizlarimizning sport bilan shug‘ullanayotganliklari tufayli ularning jismoniy holatiga, salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Jumladan, 2005-2011-yillarda mutloq sog‘lom bolalar mamlakat bo‘yicha 52,7 foizdan 62,9 foizgacha o‘sdi, surunkali kasalliklarga chalingan bolalar soni esa keskin kamaydi. O‘g‘il va qiz bolalarning ortacha bo‘yi va salmog‘i oshmoqda. Harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar o‘rtasida xizmatga loyiq deb topilganlar sezilarli darajada ortgani ham bu boradagi ishlarning amaliy natijasidir.
    2011-yilda “Bolalarni asraylik” xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan jahon reytingida O‘zbekiston bolalar salomatligini mustahkamlash borasida katta g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan eng ilg‘or yetakchi o‘n mamlakat qatoriga kiritilgani yurtimizda barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lidagi amaliy sa’y-harakatlarning yana bir xalqaro e’tirofidir.
    “Universiada” yoshlar uchun tashkil qilingan “Umid nihollari” va “Barkamol avlod” musobaqalarining ramziy davomidir.
    “Universiada” oliy o‘quv yurtlari talabalarining musobaqalari o’tgan yillar mobaynida dastlab 2000 yili Namanganda o‘tkazilgan. Мamlakatimiz talaba-yoshlarining katta sport bayramiga Buxoro (2002 yil), Samarqand (2004) viloyatlari hamda Toshkent (2007) shahri mezbonlik qilgan edi.
    "Kichik olimpiada"- O’zbekistonda bu bellashuvlarni mehr bilan shunday ataydilar. Mazkur musobaqa halarda har ikki yilda (2004 yildan boshlab esa har uch yilda) o’tkazilib, ular 2000 yilda Sidney Olimpiadasi yilida tashkil etildi. O’shanda Universiadaning gullar shahri Namangan qabul qilgan edi. O’sha musobaqa halarda 1700 dan ortiq talaba sportchilar ishtirok etgan. Ular sportning 9 turi bo’yicha medallar uchun sport musobaqalarida qatnashganlar.
    “Universiada”, “Barkamol avlod”, “Umid nihollari” sport musobaqalari endi an'anaga aylanib, nafaqat sportchi yoshlar ko’rigi bo’lib qoldi, ular O’zbekistonning taraqqiyot sari ishonch bilan bosgan odimlari ifodasidir.

    Download 123.13 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 123.13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston sportchilari 1991 - 2014 yillarda yirik xalqaro musobaqalarda olgan medallari to’g’risida ma’lumot

    Download 123.13 Kb.