• 26-rasm. Ommaviy sport turi – velosiped poygasi
  • Mundaraja kirish I. Bob. Mustaqillik yillarida ilm-fanning




    Download 123.13 Kb.
    bet3/14
    Sana19.05.2023
    Hajmi123.13 Kb.
    #62057
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    Mustaqillik yillarida O‘zbekiston yoshlarining qo\'lga kiritgan yutuqlari (ilm-fan va sport sohalari misolida)
    DDDDDDD, 7-DARS, 4 466754441316401683, Elektronika va sxemalar, Sport pedagogik mahoratni oshrish , SOLIJONOV O‘LMASXO‘JA QAXRAMONJON O‘G‘LI 38276255886293, axborot004, 2 5397566850643016293, 5-biologiya monitoring, Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti, kompyuter aritekturasi 2, Tarbiya-11-sinf-konspekt, fozilbek, 1. Axborot xavfsizligiga bo‘ladigan tahdidlar. Tahdid turlari
    1.2. Ommaviy sport
    Aholini ommaviy tarzda qamrab oladigan musobaqalar orqali barcha ijtimoiy qatlamga mansub aholi vakillari sportga jalb qilinmoqda. Har yili yoshlar, ishchi va xizmatchilar, madaniyat, huquq-tartibot, mudofaa xodimlari o’rtasida “Kamolot kubogi”, milliy o’yinlar bo’yicha “Alpomish” sport musobaqalari, yoshlarning “Shunqorlar” harbiy sport musobaqalari, ayollarning “To’maris” sport festivali, nogironlarning “Jasorat-iroda-g’alaba” sport musobaqalari, o’quvchi va talabalarning uzluksiz sport musobaqalari muntazam o’tkazilmoqda.
    Sportning ommaviy o’yin turi – futbolni yanada rivojlantirish maqsadida barcha viloyatlar va shahar markazlaridagi stadionlar qayta ta’mirlandi, futbol maydonlari rekonstruktsiya qilindi, futbol maktab-internatlari tashkil etildi, futbolni professional klublar tizimiga o’tkazilishining asosiy tamoyillari belgilandi.
    Sportning o’yin turlari qatorida katta tennis mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy ravishda, tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Mamlakat aholisi o’rtasida tennisni targ’ib etish, shug’ullanuvchilarga tegishli sharoitlar yaratish maqsadida 1998 yilda Vazirlar Mahkamasining "O’zbekistonda tennisni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, bir necha yilda jahon andozalari talablariga javob beradigan tennis kortlari bunyod etildi, ular negizida turli darajadagi xalqaro musobaqalar o’tkazilmoqda.



    26-rasm. Ommaviy sport turi – velosiped poygasi

    Jismoniy tarbiya va sportni ommaviy axborot vositalari orqali keng targ’ib qilish, uning mohiyatini mamlakat aholisiga etkazish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 2003 yilda "Ommaviy sport targ’ibotini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarori qabul qilinib, unga binoan, O’zbekiston televideniesida maxsus "Sport" kanali tashkil etildi.


    Mazkur ishlar sport bilan shug’ullanuvchilar sonini ortib borishiga zamin yaratmoqda. Masalan, 2008 yilda futbol bilan shug’ullanuvchilarning soni 1991 yildagiga nisbatan 80,6 foiz, kurash bilan shug’ullanuvchilar esa 89,8 foizga ko’paygan. 1991 yilda yurtimizda 52 sport turi mavjud bo’lsa, bugungi kunda 74 ta sport turidan 65 dan ortig’i barcha hududlarda keng rivoj topib, ularni ommalashtirish uchun sharoitlar yaratilmoqda (26-rasm).

    Download 123.13 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 123.13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mundaraja kirish I. Bob. Mustaqillik yillarida ilm-fanning

    Download 123.13 Kb.