Mundaraja kirish I. Bob. Mustaqillik yillarida ilm-fanning




Download 123.13 Kb.
bet4/14
Sana19.05.2023
Hajmi123.13 Kb.
#62057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston yoshlarining qo\'lga kiritgan yutuqlari (ilm-fan va sport sohalari misolida)
DDDDDDD, 7-DARS, 4 466754441316401683, Elektronika va sxemalar, Sport pedagogik mahoratni oshrish , SOLIJONOV O‘LMASXO‘JA QAXRAMONJON O‘G‘LI 38276255886293, axborot004, 2 5397566850643016293, 5-biologiya monitoring, Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti, kompyuter aritekturasi 2, Tarbiya-11-sinf-konspekt, fozilbek, 1. Axborot xavfsizligiga bo‘ladigan tahdidlar. Tahdid turlari
Bolalar sporti. Yosh avlodning jismoniy va ma’naviy barkamolligini ta’minlash, sog’lom turmush tarzini shakllantirish va sportga mehr-muhabbatni rivojlantirish, joylarda bolalar sportining moddiy-texnik bazasini yaratish, zamonaviy bolalar sport komplekslari tarmog’ini barpo etish, sport uskunalari va jihozlari bilan ta’minlash ishlarini yanada faollashtirish maqsadida 2002 yil oktyabr' oyida “O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi” tuzildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Jamg’arma homiylik kengashining raisi etib saylandi.
Mazkur jamg’arma mablag’lari hisobidan so’nggi o’n yilda 1113 ta bolalar sport ob’ektlari, jumladan, 252 ta yangi sport komplekslari, 861 ta sport zallari qurildi, bularning 84 foizi qishloq joylarda qurilishi ta’minlandi. 2003-2013 yillarda 1816 ta sport ob’ektining ishga tushirilib, bolalarni sport bilan muntazam shug’ulllanishiga xizmat qilmoqda. 2014 yilda 115 ta bolalar sporti ob’ektini qurish va rekonstruktsiya qilish, ularni asosan mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarilayotgan zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlash uchun 107 milliard so’m mablag’ ajratildi.
Bugungi kunda O’zbekistonda 2 millionga yaqin bolalar, shu jumladan, 842 ming qizlar 30 dan ortiq sport turi bilan muntazam shug’ullanmoqda. Bu raqam 2003 yilga nisbatan 1,4 barobar ko’pdir. Maktab o’quvchilarini jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlariga jalb etish 20,4 foizdan 40,5 foizga, jumladan qizlar o’rtasida 16,4 foizdan 32,5 foizga o’sdi. Umumta’lim maktablaridagi sport to’garaklari soni 65432 ta bo’lib, ularda jami 1637933 nafar o’quvchilar, shu jumladan 706878 nafari qizlar sport bilan muntazam shug’ullanmoqda. So’nggi o’n yilda qishloq joylarda bolalarning sport bilan muntazam shug’ullanishi 14,5 foizdan 39 foizga o’sdi. 1990 yilda 448 ming 800 nafar o’quvchilarning 7,4 foizi sport bilan muntazam shug’ullangan bo’lsa, 2014 yilda 2 million 219 ming nafar o’quvchilarning 34,8 foizi sport bilan muntazam shug’ullanmoqda.
Sport mashg’ulotlariga o’quvchilarni ommaviy ravishda, uzluksiz jalb qilishni tashkil etish maqsadida yoshlarning uch bosqichli "Umid nihollari", "Barkamol avlod", "Universiada" musobaqalarining hududlarda respublika final bosqichlarini o’tkazish rejasi belgilandi. 2002 yilda Farg’ona viloyatida o’tkazilgan “Umid nihollari” sport musobaqalarida 11 ta sport turi kiritilgan bo’lsa, 2015 yilda Xorazmdagi “Umid nihollari” musobaqalari 17 ta sport turi bo’yicha o’tkaziladi.

Download 123.13 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 123.13 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mundaraja kirish I. Bob. Mustaqillik yillarida ilm-fanning

Download 123.13 Kb.