• BLAST qanday ishlaydi
  • Mundarija: I. Bo’lim




    Download 271.56 Kb.
    bet8/50
    Sana24.03.2024
    Hajmi271.56 Kb.
    #176114
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50
    Bog'liq
    1-Mavzu. Kirish-www.fayllar.org
    Kurs ishi. Toshpo\'lato\'va M, Qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti zoologiya va -fayllar.org, I bob. Bioinformatika (1)
    Nazorat savollari
    1. Gomologik ketma –ketlikni taqqoslashning mohiyati nimada?


    2. Juft taqqoslanishni tushuntiring


    3. Ko’plik taqqoslanish nima?




    5-Ma’ruza: BLAST algoritmi.
    Reja:
    1. Blast algaritmi


      1. BLAST qanday ishlaydi

      2. BLAST ning boshqa funksiyalari




    BLAST (Basic Local Alignment Search Tool – asosiylokal tekislanishni izlash vositasi) bu kompyuter dasturlaridan biri bo’lib, u oqsil yoki nuklein kislotalar gomologlarini mavjud bazadan izlab topishga xizmat qiladi. Sodda qilib tushuntirilganda sizda oqsil yoki nuklein kislotalarning ma’lumbir ketma-ketligi bor. Lekin siz bu nuklein kislota qaysi turga tegishli ekanligini bilmaysiz. BLAST sizga mana shu qo’lingizdagi nukleotidlar ketma-ketligi qaysi turga tegishli ekanligini aniqlashga yordam beradi. Albattau bazada mavjud bo’lgan millionlab namunalarga solishtirish asosida sizga kerakli natijani chiqarib beradi. BLAST dasturini 1990-yilda AQSHlik bir guruh tadqiqotchilar ishlab chiqqanlar.

    BLAST qanday ishlaydi?

    Men bugungi maqolada imkoni boricha sodda tilda BLAST dan qanday foydalanish haqida ma’lumot bermoqchiman. Jarayonni tushunishingiz uchun o’zim olib borayotgan tadqiqotlar misolida tushuntirib ketaman. Men ayni vaqtda O’zbekiston baliqlarining DNK barkodingi va filogenetikasi ustida shug’ullanmoqdaman. Ushbu ilmiy tadqiqot ishimda men uchun O’zbekiston suv havzalaridan yig’ilgan baliq namunalari kerak bo’ladi. Men mana so’nggi 3 yil davomida O’zbekistondagi turli suv havzalaridan baliq namunalarini yig’ib kelmoqdaman. Ayrim baliq turlarini tashqi ko’rinishidan, morfologik belgilaridan juda osongina ajrata olaman, ayrimlarini maxsus aniqlagich kitoblaridan foydalangan holda aniqlayman. Ba’zi suv havzalaridan baliq namunalarini yig’ishda faqatgina juda mayda baliq chavoqlari yoki aniqlagich bilan ham qaysi tur ekanligini aniqlab bo’lmaydigan turlar uchrab turadi. 2017 yil fevral oyida Toshkent viloyatidagi Chiqchiq suv havzasidan baliq namunalari yig’ayotganimda juda kichkina baliq namunasini olgan edim. Uning kim ekanligini o’sha vaqtda aniqlay olmaganman. Xitoyda qaytgach laboratoriya sharoitida o’sha baliq namunasining to’qimasidan mitoxondriya DNK ni ajratib olib (bu alohida mavzu), mitoxondriyadagi COI genini PZR mashinasida amplifikatsiya qildim. Elektroforez jarayoni ushbu genni to’g’ri ajratib olganimni ko’rsatdi. Men natijalarni maxsus kompaniyalarga jo’natdim. Ular menga o’sha noma’lum baliq namunasidan olingan COI genidagi nukleotidlar ketma-ketligini o’qib berishdi. Ular jo’natgan natija taxminan quyida ko’rinishda edi.

    Bu tasvirda DNK ikkala zanjirining ma’lum bir fragmenti va undagi nukleotidlarning spektrlari tasvirlangan. Nukleotidlar spektri va ularning rangidan ajratib olish haqida avval ham yozgan edim. DNK ning ushu holatini ko’rish uchun “ContigExpress Project” bioinformatsion dasturidan foydalaniladi. Ushbu rasmda DNK ning 5’-3’ (1) va 3’-5’ (2) zanjirlarini ko’rishingiz mumkin. COI geni o’rtacha 700 ta nukleotiddan iborat bo’ladi.

    Biz DNK zanjirlarining holatini tekshirib ulardan umumiy holatda quyidagi nukleotidlar ketma-ketligini qo’lgan kiritamiz.


    Mana bizda 723 ta nukleotidlardan tashkil topgan DNK ning bitta zanjiri fragmentining nukleotidlari turibdi. Ana endi uni BLAST yordamida kimga tegishli ekanligini topib olamiz.


    Download 271.56 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50




    Download 271.56 Kb.