Mehmonxona xo’jaligida samarali korporativ boshqaruvni tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari




Download 3,74 Mb.
bet4/7
Sana23.01.2024
Hajmi3,74 Mb.
#143899
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ravshan loyiha ishi

1.2 Mehmonxona xo’jaligida samarali korporativ boshqaruvni tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari.
“Korporatsiya (lotincha corporatio - birlashish) – bu umumiy maqsadlarga erishish, birgalikda faoliyat ko’rsatish uchun birlashgan va huquqning mustaqil subyektini – huquqiy shaxsni tashkil qilgan jismoniy yoki huquqiy shaxslar birlashmasidir”. Aytib o’tish kerakki, korporatsiya tushunchasi hozirgi sharoitlarda yana bir o’ziga xos jihatni kasb etmoqda. U bir nechta yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan xo’jalik subyektini belgilash uchun foydalanilib, ularning har birini boshqa mulkiy munosabatlar, birgalikda biznes yuritish, umumiy maqsadlar va manfaatlar, umumiy tashkiliy struktura bilan bog’liq mustaqil iqtisodiy subyekt sifatida ko’rib chiqish mumkin. Shunday qilib, O’zbekistonda korporatsiya mustaqil mehmonxona bo’lishi mumkin. Mehmonxonada korporativ boshqaruv – bu biznesning tashkiliy-huquqiy rasmiylashtirilishini, tashkiliy strukturalarning optimallashuvini boshqarish, qabul qilingan maqsadlarga muvofiq kompaniyada ichki va tashqi firma munosabatlarini tashkil qilishdir. Korporativ boshqaruv tizimiga kiruvchi mehmonxonalar, hammasi ham shu mehmonxona tizimlarining shaxsiy mehmonxonalari hisoblanmaydilar. Chunki turistlarning asosiy ehtiyojlarini qondirishda mehmonxona industriyalarining o’rni aloxidadir. Turistik mehmonxonalarni jahon andozalari darajasida tamirlash va yangi zamonaviy mehmonxonalarni bunyod qilish uchun katta sarmoyalar ajrata boshlandi. Korporatsiyalar mijozlarga alohida xizmat ko’rsatish va muomala qilishga juda ko’p mablag’ sarflaydilar va ular bunda muvaffaqiyat qozondilar. Bu xizmatlardan butun dunyo foydalanmoqda va sifatdan butunlay mamnun. Xozirgi vaqtda mehmonxona biznesi turizm bozorining eng foyda keltiruvchi segmentlaridan biriga aylandi. Mehmonxona xizmatlari turistga maksimal darajada qulayliklarni taqdim etuvchi majmua sifatida tasavvur etish mumkin. Samarali korporativ boshqaruvida mehmonxona sohasining, hayotimizga kirib kelayotgan yangi information texnologiyalar va nou-xaular tasir ko’rsatmoqda. Mehmonxona menejmentida keying yillarda joriy qilingan markazlashgan rezervatsiya tizimlariga bog’liq ravishda shakllanmoqda. Mehmonxona faoliyati bilan shug’ullanuvchi xodimlarning malakasini oshirish, yangi informatsion texnologiyalarni o’rgatish, bilet sotish operatsiyalarini amalga oshirish, normativ hujjatlar bilan ishlash madaniyati, ishga haq to’lashning uslublari, talabalar va magistrantlar bu sohaning zarurligini nafaqat mutaxasislik sohasida, balki insonlarning kundalik hayotida kerak bo’lgan bilimlarni beradi. Mamlakatimizda bunday kompaniyalar safi kengayib bormoqda. Chet el kapitali va korporativ boshqaruvning xorijiy uslublariga asoslangan korxonalar har tomonlama rivojlanmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida korporativ boshqaruv tizimidagi prinsip va yondashuvlarni tubdan o’zgartirish, ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy va investitsiya jarayonlariga zamonaviy xalqaro korporativ menejment standartlarini joriy etish zarurligini ta’kidladi. Mehmonxona faoliyatining samaradorligini oshirish, bo’lajak investorlar uchun ularning ochiqligi va jozibadorligini ta’minlash, zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy qilish, mehmonxonada samarali korporativ boshqaruv tizimini kuchaytirishga qaratilgan islohotlar olib borilmoqda.

Download 3,74 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 3,74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehmonxona xo’jaligida samarali korporativ boshqaruvni tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari

Download 3,74 Mb.