|
Jahon bo’yicha mehmonxona o’rinlari soni bilan yetakchilik qilayotgan
|
bet | 3/7 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 3,74 Mb. | | #143899 |
Bog'liq Ravshan loyiha ishiJahon bo’yicha mehmonxona o’rinlari soni bilan yetakchilik qilayotgan
mamlakatlar
T/R
|
Mamlakat
|
Hissasi (%)
|
1
|
AQSH
|
24,1
|
2
|
Yaponiya
|
9,0
|
3
|
Italiya
|
5,6
|
4
|
Germaniya
|
5,1
|
5
|
Xitoy
|
4,7
|
6
|
Fransiya
|
3,4
|
7
|
Meksika
|
2,6
|
8
|
Kanada
|
2,1
|
9
|
Tailand
|
1,8
|
10
|
Gretsiya
|
1,8
|
11
|
Avstriya
|
1,8
|
12
|
Indoneziya
|
1,5
|
13
|
Avstraliya
|
1,1
|
14
|
Rossiya
|
1,0
|
15
|
Turkiya
|
1,0
|
16
|
Argentina
|
1,0
|
Yuqoridagi ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki jahon bo'yicha mehmonxonalarning o'rinlari bilan yetakchilik qilayotgan mamlakat bu- AQSH hisoblanadi.
Inson sayohat qilishni boshlagandan buyon uydan tashqarida qayerda bo'lishidan qa'tiy nazar, boshpana va ovqatlanishga ehtiyoj sezadi. Bunday talablarni qondirish uchun keyinchalik turistik korxona va tashkilotlar paydo bo’ldi.
Mehmonxona industriyasi tarixida birinchi “Mehmonxona” so’zi XVIII asrda paydo bo’ldi. Fransiyada dastlabki mehmonxonalar “ko’p xonali bino” deb atalgan. Undagi xonalar bir oyga, bir xaftaga, hatto bir kunga ijaraga berilgan. Tez orada bu atama Amerikada ham keng tarqalgan. U yerda ko’pchilik tavernlar tezda “mehmonxona” deb atala boshlangan. Bu egalarning fikricha, ularga yevropacha (fransuzcha) ko’rk bag’ishlagan. AQSH mehmonxonalarni texnik jihatdan jihozlash sohasida ko’pchilik yangiliklarning vatani deb hisoblanadi. Mehmonxonalarga bo’lgan ehtiyoj bu mamlakatda emigrantlar, yani boshqa mamlakatlardan doimiy yashash uchun kelgan aholining bir to‟plami to’xtovsiz oqib kelishi bois juda katta bo’lgan. Ularni vaqtincha joylashishga zarurat sezgani tufayli mehmonxona biznesining gurkirab rivojlanishiga, unga talabni keskin oshishiga imkon yaratgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1992 yil “Tur industriyaning jahon bozoriga chiqishiga va turizm infratuzilmasining rivojlantirish haqida”4 gi farmoni tarmoqlarda tubdan o’zgartirish kiritishga yo’l ochib berdi.
Turizmni rivojlantirish davlat dasturida turizm milliy madaniyati va iqtisodiyotni rivonlanishiga asosiy omil bo’lib u turistik faoliyat uchun zarur shart- sharoitlar yaratib berishi ko’rsatildi. Turizm sohasida davlat siyosatining asosiy yo’nalishi quyidagicha:
Respublikaning iqtisodiy tarmoqlarning ustuvorligi kabi turizmni rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish;
turistik faoliyatda mumkin qadar qulaylik yaratish rejimini kafolatlash;
turizm sohasida me‟yoriy va huquqiy bazalarni yaratish;
turistik faoliyatni amalga oshirish uchun bir teng sharoitlar bilan taminlash;
turizmda raqobatbardoshlikni rivojlantirishga ko‟maklashish;
noyob turistik potensial imkoniyatlarni yaratish va keng targ‟ibotni tashkil qilish.
Respublika hukumati turistik tarmoqlarda xususiylashtirish faoliyatlariga turli rag’batlantirishlarni yo’lga qo’ymoqda. Undan tashqari turizm industriyasidagi chet el invistitsiyalariga afzalliklar yaratilgan. Misol uchun chet el invistitsiyalariga imtiyozlar belgilangan va bu O’zbekiston Respublikasining soliq qonunlariga bayon etilgan. Bundan tashqari “2015 yilga qadar Samarqand viloyatida turizmni yanada rivojlantirish, turistik xizmat ko'rsatish sifatini oshirish va yo'nalishlarni kengaytirishga qaratilgan dastur”5 qabul qilingan bo'lib, ushbu dasturga muvofiq quyidagi masalalar ko'rib chiqilgan:
1. Davlat ahamiyatiga ega bo’lgan ko’pgina davlat invistitsiyalari hukumat tomonidan kafolatlanadi. Bu turizm muhitidagi barcha tarmoqlarda tadbirkorlikni iqtisodiy rag‟batlantirishning eng kuchli tayanchi hisoblanadi.
2. Toshkent, Xiva, Samarqand, Buxoro shaharlaridagi turistik tashkilotlar uch yil muddatdan oshmagan holda dastlabki foyda olguncha barcha turdagi soliq to‟lovlaridan ozod etiladi.
Mehmonxona ishining hozirgi rivojlanishi jahon amaliyotida mijozga (mehmonxona xizmatlaridan foydalanuvchiga) mazkur xizmatlar bozorlaridagi narx-navoga qarab ko’p variantli mehmonxona servisini taklif qiladi. Har yili (OAV) ommaviy axborot vositalari ko’p sonli mijozlarga mazkur servis turidagi faoliyatning yangi shakllari haqida ma’lumot beradi.
Bundan 100 yil oldin joylashtirish korxonalarning faqat ikkita turi mavjud bo’lgan:
- jamiyatning oliy tabaqasi vakillari uchun hashamatli mehmonxonalar; aholining qolgan qismi uchun karvonsaroylar.
Vaqtini yo’lda o’tkazishga majbur bo’lgan odamlarda tanlash imkoniyati bo’lmagan.Bugungi kunda mehmonxona mahsulidan foydalanuvchilarga joylashtirish korxonalarining rang-barang shakllari va turlari, chunonchi, iqtisodiy klassga mansub bo’lgan hashamatli otellar va mehmonxonalar, motellar, kempinglar va hokazolar taklif qilinadi. Har bir odam o’z didi va puliga qarab o’zi uchun ma’qul variantni tanlash imkoniyatiga ega.
O’zbekiston iqtisodiyotida bozor munosabatlari ancha jo’shqin rivojlanmoqda. Bu mehmonxona servisida band bo’lgan tijoratchilarga katta imkoniyatlar yaratmoqda. O’zbekiston bilan chet elda mehmonxona ishini tashkil etishdagi keskin tafovutlar asta-sekin yo’qolib bormoqda. O„zbekiston Respublikasining mehmonxona korxonalari mijozlarga xizmat ko’rsatish saviyasini, nomerlarning shinamligi va qulayligi darajasini, xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning malakasini izchil oshirib bormoqdalar.
Mehmonxona servisi korxonalarining rang-barangligi, shuningdek vaqti- vaqti bilan mehmonxona xizmati yangidan-yangi turlarining paydo bo’lishi joylashtirish korxonalari tasnifi va tipologiyasini ancha shartli qilib qo’yadi. Zamonaviy korxonalar vazifasiga, sig’imiga, qavatlariga, konstruksiyasining tipiga, shinamlik darajasiga, foydalanish rejimiga (yillik, mavsumiy), joylashgan yeriga (shahar,kurort),ular nima maqsadga mo’ljallanganligiga, oziq-ovqat bilan ta’minlanganligiga, narx-navo darajasiga qarab farqlanadi. Loyihalash paytida bu omillarning barchasi hisobga olinadi va mehmonxona xonalarining tarkibiga, binoning memorlik-tarix tuzilishiga va shu kabilarga ta’sir ko’rsatadi. Mehmonxonalarni tavsiflovchi asosiy belgilar: ularning sig’imi, necha qavatdan iboratligi, vazifasi va shinamlik darajasi.
Ma’lum joy hududida joylashishiga qarab mehmonxonalar:
- shaharda (shahar markazida, shahar chekkasida) joylashgan mehmonxonalarga;
- qishloqda (shu jumladan baland tog’ hududidagi qishloqda) joylashgan mehmonxonalarga bo’linadi.
Nomerlar fondining sig„imi. Mehmonxona sig’imi doimiy uxlash joylarining miqdori bilan belgilanadi. Mehmonxonalar sig’imiga qarab turli mamlakatlarda har xil tasniflanadi. Masalan, Shveysariya va Avstriyada 100 tadan kam joyga ega mehmonxonalar kichik mehmonxona, 100-200 ta joyga ega mehmonxonalar o’rtacha mehmonxona, 200 tadan ortiq joyga ega mehmonxonalar yirik mehmonxona;
Chexiyada 120 tadan kam joyga ega mehmonxonalar kichik mehmonxona, 500 tagacha joyga ega mehmonxonalar o’rtacha mehmonxona, 500 tadan ortiq joyga ega mehmonxonalar katta mehmonxona;
AQShda 100 tadan kam nomerga ega mehmonxonalar kichik mehmonxona, 500 tagacha nomerga ega mehmonxonalar o’rtacha mehmonxona, 500 tadan ortiq nomerga ega mehmonxonalar yirik mehmonxona hisoblanadi.
Bizning mamlakatimizda mehmonxonalar sig’imiga qarab rasman tasniflanmaydi, shu bois ularni quyidagi guruhlash taklif etiladi:
150 tagacha joyga (100 tagacha nomerga) ega mehmonxonalar kichik mehmonxona;
150-400 ta joyga (300 tagacha nomerga) ega mehmonxonalar o’rtacha mehmonxona;
400 tadan ortiq joyga (300 tadan ortiq nomerga) ega mehmonxonalar katta mehmonxona hisoblanadi.
Jahon mehmonxona nomerlari fondi asosan kichik va o’rtacha mehmonxonalarda joylashgan. So’nggi vaqtda turizmning jiddiy o’sishi munosabati bilan hamda iqtisodiy shart-sharoitlarga ko’ra ayrim yangi mehmonxonalar sig’imining kattalashishi qayd etilmoqda. Katta sig’imli mehmonxonalarning qurilishi eng avvalo iqtisodiy manfaatlar bilan belgilanadi. Agar mehmonxona sig’imi katta bo’lsa, nisbatan kuchli va zamonaviy texnologik va muhandislik uskunalarini qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi, ishchi maydonning umumiy maydonga nisbati ortadi, yordamchi maydon, shuningdek koridorlar, xollar, yo’laklar maydoni bevosita mehmonlar ixtiyoriga beriladigan maydonga nisbatan qisqaradi, bu esa umumiy qurilish harajatlarining qisqarishiga olib keladi.
Masalan, mehmonxonalarni loyihalash bilan shug’ullanuvchi me’morlarning hisob-kitoblariga qaraganda, shinamligi bir xil bo’lgan mehmonxonalarda ularning sig’imi 3,3 baravar (132 joydan 440 joyga) ko‟paytirilsa, har bir mehmonxona joyi uchun qurilish harajatlari taxminan 27 foizga kamayadi, nomerlar miqdori 100 tadan 400 taga (ya’ni 4 baravar) ko’paytirilsa, bu oshxona maydonini faqat 2 baravar, yordamchi xonalar maydonini esa atigi 50 foizga kattalashtirishni taqozo etadi. Katta mehmonxonalarda xizmat ko’rsatuvchi xodimlar mehnatidan nisbatan oqilona foydalaniladi;
mehmonxona ma’murlari, shu jumladan katta haq to’lanadigan ma’murlar soni ham qisqaradi;
korxona harajatlarini kamaytirgan holda, mijozlarga ko’rsatiladigan xizmatlar sonini oshirish mumkin bo’ladi.
Ayni vaqtda, mehmonxonalar qurish va ulardan foydalanish sohasidagi milliy va xorijiy mutaxassislar mehmonxonalar sig’imini oqilona chegaragacha oshirish kerak, aks holda ularni boshqarish juda qiyinlashishi mumkinligini qayd etmoqdalar. Asosan 2000 ta joy mana shunday chegara deb hisoblanadi. Katta sig’imli mehmonxona qurish talab etilgan hollarda odatda mehmonxona komplekslari qurishga o’tiladi.
Asosiy (nomerlar fondida ko’rsatiladigan) pullik xizmatlarga belgilangan narx-navo darajasiga qarab, mehmonxonalar:
- byudjet mehmonxonalariga (25-35 AQSH dollari);
- iqtisodiy mehmonxonalarga (35-55 AQSH dollari);
- o’rtacha mehmonxonalarga (55-95 AQSH dollari);
- birinchi toifali mehmonxonalarga (95-195 AQSH dollari);
- apart-otellarga (65-125 AQSH dollari);
- lyuks-otellarga (125-525 AQSH dollari) bo„linadi.
Mijozlarning yashash muddatiga qarab:
- uzoq muddat yashashga mo’ljallangan;
- qisqa vaqt yashashga mo’ljallangan mehmonxonalar farqlanadi.
Yil davomida faoliyat ko’rsatish muddatiga qarab:
- yillik (butun yil mobaynida ishlaydigan) mehmonxonalar;
- mavsumiy (yozda, qishda ishlaydigan) mehmonxonalar farqlanadi.
Mehmonxonalarda yashovchilarni ovqatlantirish usuliga qarab:
- to’liq pansion bilan ta’minlovchi mehmonxonalar;
- faqat nonushta beradigan mehmonxonalar;
- ovqatlanishni taklif qilmaydigan (qoida tariqasida, o’z gastronomik ishlab chiqarishi, ya’ni restorani yoki boshqa korxonasi yo’qligi tufayli) mehmonxonalar farqlanadi.
|
| |