Mundarija: K




Download 3,74 Mb.
bet2/7
Sana23.01.2024
Hajmi3,74 Mb.
#143899
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ravshan loyiha ishi

Dunyo bo’yicha eng yirik mehmonxonalar


Mehmonxona nomi

Joylashgan o„rni

Nomerlar soni

“Izmaylovo”

Rossiya

7500

“The Venetian Hotel”

Las-Vegas

7117

“MGM Grand”

Las-Vegas

6772

“First World Hotel”

Tailand

6118

“Disney All-Star Resort”

Orlando

5658

“Luxor Hotel&Casino

Las-Vegas

4408

“Mandalay Bay”

Las-Vegas

4337

“Ambassador City Jomtien”

Tailand

4219

“Excalibur”

Las-Vegas

3981

“Sheraton Macau Hotel”

Makao

3896

“Shinagawa Prince Hotel”

Yaponiya

3680

“Atlantis Paradise Island”

Bagami

3200

“Marina Bay Sands”

Singapur

2561

“Dacheng Shanshui International”

Xitoy

2353

“Moon Palace”

Meksika

2133

Jahon mehmonxona sanoati rivojiga O’rta asrlarda Angliyada sodir bo'lgan jarayonlar ham o'z ta'sirini o'tkazdi. 1066-yilda Angliyaning istilo qilinishi oqibatida sayohatchilar soni oshdi. Xususiy uylar mehmonxona o'rnini bosdi va xovlilar tijorat korxonasi sifatida qo'llandi. O'rta asrlarda odamlar muqaddas joylarga ko’proq tashrif buyura boshladilar. O’sayotgan talabni qondirish maqsadida turar joylarni kengaytirildi. Uyg’onish davriga kelib esa, Yevropada iqtisodiy o'sish boshlandi, mamlakatlararo aloqalar muntazam yo'lga qo'yildi. Ingliz xovlilari yog'ochdan qurilgan, yirik sayohatchilar esa toshli qarslarda va monastrlarda to'xtash unda yashab turishni xoxlaganlar, bu joylar qaroqchilar hujumidan ishonchli himoya qilingan. Lekin uyg’onish davrida qirol Genrix VI monastrlarni tarqatib yuborish haqida farmon berganidan so’ng, sayoxatchilar hovlilarda qolishga majbur bo'ldilar. Yevropa va Amerika bo’ylab sayohatga chiqa boshlagan inglizlar asta-sekin uy qurish va uni boshqarish sirlarini o'zlashtirdilar. Mehmonxona xodimlarining eng asosiy vazifasi avvalo mijozning talab va istaklarini qondirishdan iborat.
Mehmondo’stlik korxonalarining rivojlanishida AQSH aloxida o’rin tutadi. Tarixchilarning fikricha, birinchi karvonsaroy bu yerda Yevropadan ancha keyin, 1607 yilda paydo bo’lgan. Dastlabki tavernalardan biri 1634 yili Bostonda ochilgan. 1642 yilda Nyu-Yorkda (o‟sha davrda u yangi Amsterdam deb atalar edi) taverna gollandlar tomonidan ochildi. Shu davrdan boshlab tavernalar jamiyat hayotining markaziga, askarlar va tijoratchilar uchrashadigan joyga aylandi. Ular nafaqat shaharlarda, balki katta yo’llar yoqasida, ayniqsa, chorrahalarda ravnaq topdi.
Nyu-Yorkning Brodvey ko‟chasidagi 70 xonali “Siti-otel” qo’shma shtatlarda ochilgan birinchi mehmonxona bo‟ldi. Bu muhim hodisa 1794 yilda sodir bo‟ldi. 1829 yilda Bostonda “Tremont” mehmonxonasi – AQSHdagi birinchi klassli, koridor xizmatchilari, registratura (retseptsiya) ga, ega nomerlarning eshiklari qulflanadigan va hatto mehmonlarga bepul sovun beriladigan ilk mehmonxona ochildi. Bu AQSH da mehmonxona bumi boshlanishiga turtki berdi. Sharqiy qirg’oq shaharlarida, so’ngra g’arb va janubda ko‟plab mehmonxonalar ochildi. XIX asr oxiriga kelib bu yerda mehmonxonalarning ikki turi – katta hashamatli shinam mehmonxonalar, hamda kichkina eskirgan arzon narxda xizmatlar taklif qiluvchi mehmonxonalar tarqalgan edi. Hozirda jahon bo’yicha mehmonxona o’rinlarning soni 17,5 milliondan ortib ketgan. Ularning 37,8 foizi Yevropada, 35 foizi Amerikada, 22,2 foizi Osiyo va Okeaniyada, 2,8 foizi Afrikada va 2,2 foizi O’rta Sharq mintaqasida joylashgan. Dunyo mamlakatlari bo’yicha tahlil qilinadigan bo’lsa, mehmonxonalarning aksariyati AQSH, Yaponiya, Italiya, Germaniya, Xitoy, Fransiya, Meksika, Kanada, Tailand, Gresiya, Avstriya, Indoneziya, 12 Avstraliya, Rossiya, Turkiya va Argentina mamlakatlarida joylashgan. qolgan mamlakatlarning birortasining egalik qilayotgan o’rinlarining soni dunyo bo’yicha umumiy ko’rsatkichning 1%ga yetmaydi.

Download 3,74 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 3,74 Mb.