RAD metodologiyasi ichida yashash davri fazalari.
Ilovalarni tezkor ishlab chiqish uslubiyatini qo’llashda yashash davri
(axborot tizimining) to’rta fazadan iborat bo’ladi.
1)
Talablarning taxlili va rejalashtirish;
2)
Loyixalashtirish;
3)
Qurish;
4)
Tizimga kiritish (vnedreniya) ya’ni joriy etish;
Har birini aloxida ko’rib chiqamiz.
Talablar tahlili va rejalashtirish fazasi.
98
Talablar taxlili va rejalashtirish fazasida quyidagilar aniqlanadi:
1)
Ishlab chiqilayotgan tizimni bajarishi kerak barcha funksiyalar;
2)
Saloxiyati yuqoririoq bo’lgan funksiyalarni oldingi o’rinlarga
qo’yish;
3)
Axborotlar extiyoji.
4)
Loyiha masshtabi;
5)
Har bir keyingi faza uchun vaqtlar chegarasi;
6)
Mavjud
apparat
va
dastur
vositalar
asosida
o’rnatilgan
moliyalashtirish chegarasi ichida berilgan loyixani amalga oshirish imkoniyati.
Agar loyixani amalga oshirish prinsipial jixatdan mumkin bo’lsa, u holda talablar
rejalashtirishi va tahlili fazasini natijasi ishlab chiquvchi axborot tizimining
funksiyalari ro’yxatdan iborat bo’ladi. Bu holda funksiyalraning saloxiyati tartibi
ko’rsatiladi, hamda tizimning oldingi funksional va axborot modeli ko’rsatiladi.
Loyixalashtirish fazasi.
Loyixalashtirish fazasida zaruriy furol-asloxalarga CASE-vositalari kiradi.
Bu vositalar orqali ilovalarning ishlovchi asl nusxalarni (prototip) tezkor olishga
qo’llaniladi.
Prototiplar CASE-vositalar orqali yaratilgan va foydalanuvchi tomonidan
tahlil etiladi. Foydalanuvchlar oldingi fazada aniqlanmagan talablarni aniqlaydi
va to’ldiradi. Shunday qilib, bu fazada tizimni texnik loyixalashtirishda bo’lajak
foydalanuvchilarning qatnashuvchi ham zarur.
Keyinchalik bu fazada taxlil o’tkaziladi va agar kerak bo’lsa tizimning
funkchional modeliga o’zgartirishlar kiritiladi.
Tizimning har bir jarayoni birma-bir ko’rib chiqiladi. Zarur bo’lganda har
bir elementar jarayon uchun qisman prototip yaratiladi: ekran, muloqat darchasi
yoki nisbatan (bu noaniqlik va yagona emasligini yo’qotishga imkon beradi).
Keyinchalik ma’lumotlarga kirish talablari aniqlanadi.
Barcha model va prototiplarni qurish uchun shunday CASE-vositalarini
ishlatiladiki, keyinchalik tizimni qurish uchun qo’llaniladi. Ushbu talab shu bilan
bog’liqki, unda loyiha haqida axborot uzatilshi etapdan etapga o’tganda
ma’lumotlar nazoratsiz ravishda buzilishi ro’y berishi mumkin. Loyiha haqida
axborot saqlovchi yagona muhitning qo’llanilish bu xavsizlikdan qutilishga
imkon beradi.
Jarayonlarni sinchiqlab ko’rib chiqilgandan so’ng ishlab chiqilayotgan
tizim funksional elementlari soni aniqlanadi. Bu axborot tizimini qator tizim
ostilari bo’lish mumkin, ularning har biri RAD-loyihasi vaqti uchun bo’ladigan
ishlov chiquvchining bir bo’yrug’i natijasida amalga oshiriladi (taxminan 1,5 oy
). CASE-vositali ishlatilishi bilan loyixa turli guruxlarga taqsimlanadi-funksional
modellarga bo’linadi.
99
Bu fazada zarur xujjatlar to’lamini aniqlash olib beriladi. Bu fazaning
natijalari:
1) Tizimning umuiy axborot modeli;
2) Aloxida ishlab chiqaruvchilar guruxi amalga oshiraydigan tizim yoki
umuman tizim ostilrning funksional modeli;
3) Tizim ostilarni avtanom ishlab chiqaruvchilarni orasidagi CASE-
vositalari orqali interfeyslarning aniqlaganlari;
4) Ekran, muloqat darchalari va xisobotlarini prototiplarini qurishganlari.
Bu fazada RAD uslubiyatini qo’llashning ya’ni bir xususiyatlaridan biri
shuki, unda xar bir yaratilgan prototip bo’lajak tizim qismlarini rivojlantiradi.
Shunday qilib keyingi fazada to’laroq va muxim axborotlarini uzatadi.Bunga
qarama-qarshi o’laroq, an’anaviy yondashuvda ilovalarni real qurish uchun
mo’ljallanmagan prototip vositalari qo’llanilardi.Shuning uchun ishlab chiqilgan
prototiplar keyingi fazaga yaratmas edi va oddiygina qilib loyixada noaniqliklarni
yo’qotish masalasi yechilgandan so’ng “tashlab” yuboriladi.
Qurish fazasi
Qurish fazasida ilovalarni tezkor ishlab chiqishning o’zi bajariladi.
Bu fzada ishlab chiquvchilar oldingi olingan modellar asosida real tizimini
iberativ qurish ishi amalga oshiriladi,hamda funksional xarakterga ega bo’lmagan
talablar ham qo’shiladi.Ilovalarni ishlab chiqish vizual dasturlash vositalari orqali
olib boriladi. Dastur kodining shakllanishi qisman CASE-vositalari tarkibiga
kiruvchi avtomatik kod generatorlari orqali bajariladi. Kod ishlab chiqilgan
modellar asosida genrasiya qilinadi.
Qurish fazasida olingan natijalar va o’zgarishlar kiritilgan tizim
foydalanuvchilarning qatnashishi talab etiladi, agarda ishlab chiqish jarayonida
oldindan aniqlangan talablarni qanoatlantirish to’xtaydi. Tizimni testdan
o’tkazish ishlab chiqish jarayonida bevosita amlga oshiriladi.
Har bir alohida ishlab chiquvchilar guruhlarining ishi tamom bo’lgach,
tizimning qolgan qismlari bilan integrasiya olib borish ketma-ketligi bajariladi,
dastur kodi shakllanadi, ilovaning ma’lum qismini boshqa qismlari bilan
birgalikda ishlarni testdan o’tkazish va keyinchalik butun tizimni testdan
o’tkazish bajariladi.
Tizimni fizik loyihalashtirish tamom bo’lishi:
1) Ma’lumotlar taqsimlanishining zarurligi aniqlanadi;
2) Ishlatilgan ma’lumotlarning taxlili olib boriladi;
3) Ma’lumotlar bazasini fizik loyixalashtirish olib boriladi;
4) Apparat resurslariga talablar aniqlanadi.
5) Ishlab chiqarish unumdorligini oshirish usullari aniqlanadi;
6) Loyixa xujjatlarini ishlab chiqish yakunlanadi.
100
Bu faza natijalarining amalga oshirishlishi foydalanuvchilarning barcha
talablarini qanoatlantiruvchi tayyor axborot tizimi bo’ladi.
Qo’llash (joriy etish) fazasi
Joriy
etish
fazasi
asosan
ishlab
chiqilgan
axborot
tizimini
foydalanuvchilarga o’rgatishga olib keladi.
Qurish fazasi yetarli darajada uzoqqa cho’zilmagani uchun, rivojlantirish
va joriy qilish vaqtliroq boshlanishi kerak. Ya’ni tizimni loyihalashtirish
etapidayoq boshlanishi kerak.
Keltirilgan
axborot
tizimini
ishlab
chiqish
sxemasi
universal
hisoblanmaydi. Albatta bulardan ozgina chetlash mumkin. Bu loyihalash bajarish
sxemasiga bog’liq ravishda bog’langan bo’lib boshlang’ich shartlari bog’liq
ravishda ishlab chiqish olib boriladi (masalan: yangi tizim ishlab chiqiladi yoki
korxonada biror axborot tizimi mavjud bo’lgan bo’ladi). Ikkinchi xolda mavjud
tizim yoki yangi tizimni prototipi sifatida ishlatilishi yoki tizim ostilarning biri
sifatida yangi ishlab chiqishga integrasiya bo’lishi mumkin.
RAD uslubiyatining cheklanishlari.
O’zining barcha yutuqlariga qaramay, RAD uslubiyati universalikka
da’vogar bo’la olmaydi. RADning qo’llanilashi aniq bir konkret buyurtmachi
uchun ishlab chiqilganda katta bo’lmagan tizimlarni yaratishda samaraliroq
bo’ladi. Yakunlamagan mahsulot bo’lib, axborot tizimlarining tipik elementlari
majmuasi ko’rinishida tasvirlansa tipik tizimlarni ishlab chiqishda boshqarilish va
sifat kabilarga o’xshash loyiha ko’rsatkichlari katta axamiyatga ega. Bu
ko’rsatkichlar ishlab chiqishni soddaligi va tezligini amalga oshirishda qarama-
qarshilikka olib kelishi mumkin. Bularning hammasi shu bilan bog’likki, tipik
tizimlar odatda markazlashgan ravishda kuzatuv olib boriladi va turli dasturiy-
apparat platformalar bilan, ma’lumotlar bazasini, boshqarish tizimlari bilan,
kommunikasiya vositalari bilan moslashtirilishi mumkin, hamda mavjud ishlab
chiqilganlari bilan integrasiya bo’lishi mumkin. Shuning uchun, bunday turdagi
loyixalarda rejalashtirishning yuqori darajasi va loyixalashning qattiq intizomi,
zarur, hamda oldindan ishlab chiqilgan protokollar va interfeyslar kuzatuvi olib
boriladi, bular ishlab chiqish tezligini susaytiradi.
RAD uslubiyati faqatgina tipik axborot tizimlarini yaratishga to’g’ri
kelmay, balki murakkab hisob-kitobli dasturlar uchun ham, operasion tizim va
murrakkab injener-texnik obyektlarni boshqarishda talab qilingan dasturlar uchun
qo’l kelmaydi.
RAD uslubiyati foydalanuvchi interfeysi ikkilamchi bo’lganda, ya’ni ishlab
chiqilayotgan tizimni aniq mantiqni bo’lmaganda ilovalarni ishlab chiqish uchun
ishlatilishi mumkin emas. Bunday misollarga real vaqtda mo’ljallangan ilovalar
xizmat qiladi (drayverlar va xizmatlar). Odmalar xafvsizligiga bog’liq bo’lgan
101
RAD uslubiyati orqali ishlab chiqilgan tizim mutlaqo to’g’ri kelmaydi. Masalan:
transportni boshqarish tizimi yoki atom elektra stansiyalari uchun.
RAD asoslaridan biri bo’lishi iterativ yondashuv tizimni birinchi
versiyalarini ishlash qobiliyatini keskin tushuradi. Bu xolda jiddiy talofatga duch
kelishi mumkin.
|