Elektron xujjat va elektron xujjat aylanish tizimlarida elektron




Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/72
Sana13.06.2024
Hajmi1,79 Mb.
#263182
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   72
Bog'liq
Elektron hukumat

 
2. Elektron xujjat va elektron xujjat aylanish tizimlarida elektron 
raqamli imzoni qo’llash 
Elektron hujjat. Elektron hujjat O’zbekiston Respublikasining “Elektron 
hujjat aylanishi to’g’risida”gi 2004 yil 29 apreldagi 611-II son Qaroriga binoan 
quyidagicha ta’riflanadi. 
Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va 
elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish (tanib olish) imkoniyatini beradigan 
boshqa rekvizitlariga (ma’lumotlarga) ega bo’lgan axborot elektron hujjatdir. 
Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan 
hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi 
va saqlanadi.
Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni 
idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak.
Odatda hujjatlarni an’anaviy tarzda almashish jarayonida pochta xizmati 
muhim axamiyatga ega, chunki pochta xizmatining asosiy vazifasi jo’natmalarni 
o’z manzillariga etkazib berishdan iboratdir. Ushbu holatda hujjatlar konvertga 
solinadi va aloqa bo’limiga topshiriladi. Shundan so’ng pochta xizmati xodimlari 
tomonidan hujjat kerakli manzilga jo’natiladi va etkaziladi. 
Elektron hujjatlarni almashish tizimi esa an’anaviy hujjat almashish 
tizimidan biroz farq qilinadi. Bunda hujjat elektron ko’rinishda kompyuter, 
telekommunikatsiya va Internet tarmog’i orqali uzatiladi. Elektron hujjatlarni 
almashish jarayonida maxsus ixtisoslashtirilgan tizimlardan (E-hujjat) yoki 
elektron pochta xizmatidan foydalaniladi. Elektron hujjat almashish tizimlarida 
hujjatlarni uzatish juda tezkor amalga oshiradi. 
Imzo va uning ahamiyati. Imzo – hujjatning haqiqiyligini va yuborgan 
jismoniy shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlaydigan insonning fiziologik 


 103 
xususiyati. Imzo orqali insonning shaxsi hamda u yozgan hujjatning haqiqiyligi 
aniqlanadi. 
Muhr va uning ahamiyati. Muhr – hujjatning haqiqiyligini va biror bir 
yuridik shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi isbotdir. Muhrlar o’zining alohida 
shakliga ega bo’lib, asosan hujjatlarning va undagi imzolarning aslligini 
tasdiqlaydi.
 
Elektron raqamli imzo O’zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli 
imzo to’g’risida”gi 2003 yil 11 dekabrdagi 562-II son Qaroriga binoan 
quyidagicha ta’riflanadi: 
- elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat 
axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus 
o’zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq 
kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo’qligini aniqlash va 
elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini 
beradigan imzo; 
- elektron raqamli imzo - xabar yoki hujjat yaxlitligini va muallifining 
xaqiqiyligini tekshirishda qo’llaniladigan va shaxs imzosini to’laligicha o’rnini 
bosa oladigan hujjatga tegishli isbotdir. U axborot - kommunikatsiya tizimlari 
orqali uzatilayotgan xujjatlarni va axborotlarni haqiqiyligini tekshirishda 
qo’llaniladi. 
Elektron raqamli imzodan muhr o’rnida ham foydalanish mumkin, bunda 
faqat va faqat hujjatga tegishli elektron raqamli imzo hujjatdagi barcha 
o’zgarishlarni yoki o’zgartirishlarni ko’rsatib beradi. Buning uchun elektron 
raqamli imzo yuridik shaxs nomiga, ya’ni kompaniya va tashkilotlar nomiga 
ruyxatdan o’tkaziladi. 
Elektron xujjatning rekvizitlari quyidagilardan iborat: elektron raqamli 
imzo; jo’natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki jo’natuvchi jismoniy shaxsning 
familiyasi, ismi va otasining ismi; jo’natuvchining pochta va elektron manzili; 
hujjat yaratilgan sana. Qonun hujjatlari asosida yoki elektron hujjat aylanishi 
ishtirokchilarining kelishuvida boshqa rekvizitlar ham belgilanishi mumkin. 
Elektron kalitlar va sertifikatlar. Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - 
bu faqat xujjat muallifiga ma’lum bo’lgan va elektron hujjatda elektron raqamli 
imzoni hosil qilish uchun mo’ljallangan belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli 
imzoning ochiq kaliti bu elektron xujjatning kim tomonidan yuborilganligini 
aniqlash va uni haqiqiyligini tasdiklashda qo’llanilishi mo’ljallangan belgilar 
ketma-ketligi. Elektron sertifikatlar - bu sertifikatsiya tizimi qoidalariga binoan 
belgilangan talablarga ko’ra elektron raqamli imzo vositalarining muvofiqligini 
tasdiqlash uchun hamda elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron 
raqamli imzoning ochiq kalitining elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga 


 104 
mosligini tasdiqlaydigan va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga 
ruyxatga olish markazi tomonidan berilgan hujjat. 
Elektron hujjat almashish tizimlari. Elektron hujjat almashish tizimlari 
O’zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to’g’risida”gi 2004 yil 
29 apreldagi 611-II son Qaroriga binoan quyidagicha ta’riflanadi va faoliyat 
yuritadi. 
Elektron hujjat almashish tizimlari – elektron hujjatlarni axborot-
kommunikatsiya tizimi orqali jo’natish va qabul qilish jarayonlari yig’indisi. 
Elektron hujjat aylanishidan bitimlar (shu jumladan shartnomalar) tuzish, hisob-
kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa 
axborotlarni almashishda foydalanish mumkin. Turli kompaniyalarning 
avtomatlashtirilgan tizimlari orasida standartlashtirilgan shakldagi ish 
hujjatlarining (buyurtmalar, hisob raqamlari va sh.k.) ma’lum shakldagi elektron 
almashinuvi elektron hujjat almashinuvi tizimini belgilaydi. 

Download 1,79 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   72




Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron xujjat va elektron xujjat aylanish tizimlarida elektron

Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish