Davlat va xo’jalik boshqaruv idoralari axborot tizimlari va




Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/72
Sana13.06.2024
Hajmi1,79 Mb.
#263182
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   72
Bog'liq
Elektron hukumat

 
3. Davlat va xo’jalik boshqaruv idoralari axborot tizimlari va 
resurslari 
Axborotlashtirish to’g’risidagi qonunda quyidagi tushunchalar o’z aksini 
topgan: 
- axborotlashtirish - yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo’lgan 
ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda 
axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-
iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni; 

axborot
 
resursi — axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, 
ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi; 

axborot
 
resurslarining
 
yoki
 
axborot
 
tizimlarining
 
mulkdori — axborot 
resurslariga yoki axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va 
ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; 

axborot
 
resurslarining
 
yoki
 
axborot
 
tizimlarining
 
egasi — qonun bilan 
yoki axborot resurslarining, axborot tizimlarining mulkdori tomonidan 
belgilangan huquqlar doirasida axborot resurslariga yoxud axborot tizimlariga 
egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki 
jismoniy shaxs; 

axborot
 
texnologiyasi — axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov 
berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar 
va jarayonlar; 

axborot
 
tizimi — axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish 
hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan 
jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari. 


 105 
Quyidagilar axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish 
va rivojlantirishning asosiy vazifalari etib belgilandi: 
- davlat organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar axborot 
tizimlarining bosqichma-bosqich integratsiyalashuvi asosida Milliy axborot 
tizimini shakllantirishni ta’minlash; 
- davlat organlarining o’z funktsiyalarini bajarishda tezkorlik va sifatni 
oshirishga imkon beruvchi faoliyatini avtomatlashtirish axborot tizimlarini 
yaratish; 
- davlat organlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari va aholiga 
ko’rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari ro’yxatini kengaytirish va sifatini 
yaxshilash, tegishli axborot resurslaridan keng ko’lamda, shu jumladan, qishloq 
joylarda foydalanishni ta’minlash; 
- axborot resurslari, texnologiyalari va tizimlarini, shu jumladan axborot 
xavfsizligini ta’minlash tizimlarini rivojlantirish holatini hisobga olgan holda 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari 
sohasida 
boshqarish 
tizimini 
takomillashtirish; 
21 mart 2012 yildagi PQ-1730 sonli Prezident qarorini soxalarga 
quyidagilar yuklanadi:
-davlat 
organlarida 
foydalaniladigan 
axborot 
tizimlarining 
integratsiyalashuvini 
ta’minlash 
maqsadida 
Milliy 
axborot 
tizimini 
shakllantirishning yagona texnik siyosatini belgilash va amalga oshirish; 
-davlat interaktiv xizmatlarini taqdim etish bo’yicha yagona texnologik 
echimning amalga oshirilishida texnik jihatdan qo’llab-quvvatlash; 
-davlat organlari axborot tizimlarining yanada integratsiyalashuvi bo’yicha 
ishlarni muvofiqlashtirish; 
-milliy axborot tizimining axborot xavfsizligini, uning axborot tizimlari va 
resurslari himoya qilinishini ta’minlash. 

Download 1,79 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   72




Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Davlat va xo’jalik boshqaruv idoralari axborot tizimlari va

Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish