• 2. Farosat uchun maosh
  • Mundarija: Kirish: Asosiy qism




    Download 223 Kb.
    bet13/14
    Sana14.05.2024
    Hajmi223 Kb.
    #233628
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    Mundarija Kirish Asosiy qism

    Pedagogic masala:
    1. 5 sinfning yangi sinf rahbari ishni o’quvchilar jamoasini o’rganishdan boshladi. Kuzatishlardan, suxbatlardan shu narsa ma’lum bo’ldiki, tortinchoq kamtarin Dilshod o’quvchilar o’rtasida hammadan ko’proq hurmatga ega ekan, Farxod juda xam faol, xushchaqchaq ekan. Dilshod sinf sardori, Farxod esa zveno boshlig`i qilib tayinlandi.
    1. Dilshod sinf sardori qilib noto’g`ri saylangan, Dilshod bilan Farxodni almashtirish kerak degan xulosaga kelish mumkinmi?
    2. Bunday vaziyatda sinf raxbari o’zini qanday tutishi kerak?
    3. Sinf faollarini tez-tez almashtirish mumkinmi? Bu sinf jamoasiga qanday ta’sir qilish mumkin?
    2. Farosat uchun maosh
    Bir savdogarning ikki mirzasi bor ekan. Savdo-tijorat ishlarida barcha yumushlarni har ikkalasi ham birdek bajarishar, savdogarga sidqidildan xizmat qilisharkan. Lekin maosh masalasida anchagina farq bo'lib, biri ko'p, biri esa ozroq haq olar ekan. Bu ahvol anchagina davom etibdi. Maoshi oz mirza ancha vaqt xojasining og'zini poylab yuraveribdi. Biroq savdogar bu haqda hech ham gap ochmas, har kuni odatdagi o'z ishlari bilan mashg'ul bo'lar ekan.
    Sabr kosasi to'lgan mirza bir kun payt topib yuragidagi dardini xojasiga to'kib solibdi.
    Mana qanchadan beri indamay hamma ishlaringizni qilib kelyapman. Ishyoqmaslik qilib, biror vazifadan bo'yin tovlagan yerim yo'q. Anavi mirza bilan bajaradigan ishimizda shuncha kuzatib biror farqni anglay olmadim. Lekin maoshimiz nega turlicha ekanligiga aslo aqlim etmayotir, - debdi.
    Xoja mirzaning so`zini eshitib miyig`da kulibdida, uning da`vosi to`g`ri ekanligini tan olibdi va bu haqda keyinroq gaplashajagini aytib, hozir zarur bir yumushni ado etib kelishini buyuribdi.
    - Bosh ustiga! - debdi mirza tavoze bilan o'rnidan turarkan.
    - Bo'lmasa eshiting - debdi xoja. - Karvonsaroyga Bog'doddan savdogarlar tushishibdi. Borib ulardan so'rangchi, bisotlarida baxmal matosi bormikan?
    Mirza ko'ksiga kaftini qo'yib: «Xo'p bo'ladi», debdi va xojasi huzuridan chiqibdi. Hech qancha vaqt o'tmay, u karvonsaroyga borib kelibdi.
    - Taqsir, bog'dodlik savdogarlarda baxmal mato bor ekan! -debdi.
    - Rangi qanaqa ekan bilmadingizmi? - debdi xoja.
    - Yo'q! Rangini so'ramabman.
    - Rangini bilib keling! - deb buyuribdi xoja mirzaga.
    Mirza yana karvonsaroyga qarab ketibdi va fursat o'tib yana xojasi yoniga kirib kelibdi.
    - Bildim, taqsir! Rangini so'rab bildim! Pistamagiz ekan, baxmal rangi!
    - Yaxshi, - debdi xoja.
    - Baxmalning gazini necha so'mdan sotarkanlar Bog'dodlik birodarlar?
    Tili lol mirza baxmal narxini bilib kelish uchun yana karvon­saroyga zing`lllabdi va u erdan.baxmal narxini ham aniqlab kelibdi. Lekin xojasi tushmagur mirzaga yana: «Hammasi bo'lib qancha baxmallari bor ekan, bilmadingizmi?» - degan savolni ko'ndalang qilib, uni mulzam etibdi. Mirza baxmalning qancha ekanligini bilib kelish uchun yana karvonsaroyga junayotgan ekan, xoja uni to'xtatibdi.
    - To'xtang, - debdi va ikkinchi mirzani chaqirtirib, birinchi mirzaga aytgan dastlabki topshiriqni aytibdi. Ikkinchi mirza ham karvonsaroyga qarab ketibdi va bir fursat o'tgach, xoja va birinchi mirza o'tirgan yerga kirib kelibdi.
    - To'g'ri taqsir! Karvonsaroyga Bog'doddan savdogarlar kelishibdi. Bisotlarida baxmal matolari ham bisyor emish, - debdi.
    - Rangi qanday ekan uning?
    - Rangi pistamag`lz, sifati ham soz!
    - Har gazini qanchadan deyishmoqda?
    Ikkinchi mirza baxmal narxini ham aniq aytib beribdi. U xoja-sining «Hammasi bo'lib qancha baxmallari bor ekan?» degan savoliga ham aniq javob qilibdi.
    Shu payldan xoja ikkinchi mirzaning xizmati uchun unga minnatdorchilik aytib, javob beribdi va birinchi mirzaga yuzlanibdi:
    - Mirzam, endi tushungandirsiz, maoshingidagi farq sababini? Maosh belgilashda xodim farosati xam e'tiborda tutilur. Kishi farosatining maoshi bebahodir! - debdi.
    Savol: 1) Mazkur hikoyat nima uchun shunday nomlangan? Fikringizni izohlab bering. 2) Mustaqil fikrlovchi inson bo'lib shakllanishda farosatning o'rni qanday? Sizning fikringizcha, xalq manfaatini ko'zlashda, vatan ravnaqini yuksaltirishda mustaqH fikrlash ko'nikmalari zarurmi? Javobingizni asoslab bering.
    Xulosa:

    Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fanining predmeti bo‘lajak o‘qituvchi- tarbiyachilarga kelajak avlodni ma’naviy yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalash


    sanatining qirralari, shakl va yo‘llari hamda bilim, ko‘nikma va malaka hosil qilish
    haqida bahs yuritadi. Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fanining o‘rganish obyektini esa ta’lim muassalaridagi uzluksiz ta’lim –tarbiya jarayoni tashkil etadi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi ijtimoiy faollikni shakllantirishga xizmat qiladi. Tarbiya - yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq- atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat bo‘lib, shaxsni aqliy, jismoniy, axloqiy, ma’naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, insonning jamiyatda yashashini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarini tarkib toptirishningBoshlang‘ich ta’limda tarbiya fanining asosiy maqsadi, bugungi kun talabiga
    javob beradigan barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan ekan, aynipaytda bu
    o‘qituvchilarga katta mas’uliyatni yuklaydi. Shu jihatdan ham o‘qituvchining
    pedagogik faoliyat yuritishi davr talabiga javob bermog‘i lozim. Shu jihatdan ham yosh avlodni barkamol qilib voyaga yetkazish uchun Respublikamizda ijtimoiy – tashkiliy, tarbiyaviy ishlar amalga oshirilmoqda. Barkamol avlodni tarbiyalash, ma’naviy, ma’rifiy, tashkiliy uslubiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari bilan murakkab tarbiyaviy ishlar tizimi kundan-kunga takomillashib bormoqda. Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fanining asosiy vazifasi yosh avlodni ma’naviy- axloqiy jihatdan tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy-tarixiy merosimizga, umumbashariy qadriyatlarga, urf-odatlar va ananalarga tayanib,ongli shaxslarni intelektual salohiyatli qilib tarbiyalashdir. Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fanining vazifalari quyidagilardan iborat:
    ✓ o‘quvchilar jamoasining tarbiyalanganlik darajasini o‘rganib, unga tarbiyaviy
    ta’sir ko‘rsatish mahoratiga ega bo‘lish ;
    ✓ tarbiyaviy ish va tadbirlar uchun zarur bo‘lgan metodlarni tanlab, ko‘zlangan
    maqsadga erishish chora-tadbirlarini ko‘ra bilish ;
    ✓ ilg‘or tajribalarni tahlil qilish va uni o‘z faoliyatida ijodiy foydalanish;
    ✓ tarbiyaviy ishlarning o‘quvchilar ruhiyatiga qanchalik ijobiy ta’sir etganini
    kuzatib, uni yanada rivojlantirish va takomillashtirish ;
    ✓ tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o‘z bilimini doimiy rivojlantirib borishi lozim.



    Download 223 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 223 Kb.