|
Mundarija kirish I. Bob. Django va flask fremeworklarining nazariy asoslari
|
bet | 2/13 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 343,36 Kb. | | #230759 |
Bog'liq Toshpo\'latov loyixa.1docxKurs ishining vazifalari:
Shu qatorda maqsaddan kelib chiqib quyidagi muhim vazifalarni bajarish rejalashtirilgan:
Django va Flask fremeworklaridan foydalanishning nazariy masalalarini yoritish;
Django va Flask fremeworklarini shakllantirish va u bo‘yicha dasturning qisqacha tavsifini berish;
Kurs ishining ob’ekti: Django va Flask fremeworklari va ulardan foydalanish mavzusini o‘qitish jarayonlari.
Kurs ishining predmeti: Django va Flask fremeworklari foydalanish va uni yoritib berish ko‘zda tutilgan.
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Django va Flask fremeworklarining amaliy tadbiqlari va nazariy asoslarini yoritib berish.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi - kirish, 2 ta bob, 4 ta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I. BOB. DJANGO VA FLASK FREMEWORKLARINING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Django fremeworklari haqida nazariy ma’lumotlar
Django nima va u qanday ishlaydi?
Django - python dasturlash tilida veb ilovalar ishlab chiqish uchun ajoyib freymvork. Freymvork python dasturlash tilida yozilgan. Django freymvorki birinchi bor 2005-yil 21-iyulda ishga tushirilgan. Loyihani ishlab chiquvchilari Django Software Foundationdir va loyiha ular tomonidan qo'llab-quvvatlanadi. Dasturchilar: Rasl Keyt Magi, Adrian Holovaty, Saymon Vilson, Yakob Kaplan Moss, Uilson Mayner. Freymvork krossplatformalikdir(ya'ni barcha operatsion tizimlarni qo'llab quvvatlaydi). Djangoda yaratilgan sayt bir yoki bir nechta ilovalardan tashkil topishi mumkin. Bu esa freymvorkning arxitekturasini boshqalaridan farqli jihatidir (Misol uchun:Ruby on Rails).
Maʼlumki, web-saytlar yaratish bir necha bosqichdan iborat boʻlgan murakkab jarayon boʻlib, turli xil dasturiy vositalarni talab qiladi. Eng avval yaratilajak saytning dizayni yaratiladi. Bunda dizayner photoshop dasturini ishlatib, saytning maketini ishlaydi. Keyin esa frontend mutaxassisi ushbu saytning html kodini yozadi, turli vizual effektlar beradi. Kerakli sahifalar va tugmalarni yaratadi. Shundan soʻng estafeta tayoqchasini backend mutaxassisi oladi. U server va foydalanuvchi oʻrtasidagi muloqotni hamda ma'lumotlar bazasi ishini yoʻlga qoʻyadi. Aynan mana shu bosqichda djangoning yordamidan foydalanishimiz mumkin. Yaʼni server bilan aloqani yoʻlga qoʻyish, maʼlumotlar bazasidan kerakli maʼlumotni chiqarish yoki biron maʼlumotni bazaga kiritish kabi vazifalarni bajaradi.
Freymvorkning ishlash prinsplaridan biri bu - DRY (Don't repeat yourself- "o'z-o'zingni takrorlarma"). Bu degani, siz sayt yozish davomida siz "velosiped"ni qaytadan ixtiro qilmaysiz, u siz uchun tayyor. Ya'ni bir kodni qaytadan yozishga hojat yo'q, bu esa veb ilovaning yaratilish protsessini tezlashtiradi
Boya aytib o'tganimdek, Django 2005-yilda ishlab chiqildi va shu vaqtdan boshlab bosqichma-bosqich eng yaxshi freymvorklar qatoridan o'rin egalladi. Freymvork dasturchilarning muammolarini bir necha daqiqa mobaynida hal etib bermoqda. Django veb ilovalarning yozilish jarayonini sezilarli darajada yengillashtirdi va veb ilovalar yaratish uchun ajoyib, soddalashtirilgan yo'lni taqdim eta oldi.
Freymvork MVC loyihalashtirish shablonidan foydalanadi:
|
| |