• Don massasi tarkibidagi qiyin ajraluvchan begona urug‘larga
  • Don massasi tarkibidagi madaniy ekinlarning qiyin ajraluvchan urug‘lariga




    Download 47,71 Kb.
    bet8/10
    Sana18.05.2024
    Hajmi47,71 Kb.
    #242775
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Mundarija Kirish I bob donni mahsulotlarini xalq xojaligidagi ah-www.fayllar.org

    Don massasi tarkibidagi madaniy ekinlarning qiyin ajraluvchan urug‘lariga bahorgi bug‘doyda arpa, marjumak; arpada bug‘doy va suli; kuzgi bug‘doyda javdar va arpa; sulida arpa kiradi. Marjumak tarkibidagi qiyin ajraluvchan urug‘larga bug‘doy va arpa urug‘lari kiradi.
    Don massasi tarkibidagi qiyin ajraluvchan begona urug‘larga marjumak tarkibida yovvoyi marjumak, yovvoyi turp, ko‘k bo‘tako‘z; bug‘doyda - ko‘k bo‘tako‘z, yovvoyi marjumak safora; arpa va sulida yovvoyi arpa va ko‘k bo‘tako‘z, yovvoyi turp; tariqda- itqo‘noq, g‘umay, yirik va mayda donli tariq, ko‘k bo‘tako‘z, pushti talxa, xazorangul, randak, yovvoyi tariq va suli urug‘lari kiradi. Yonma-yon ombor yoki shtabellarda bir turdagi qishloq xo‘jalik ekinining ikki xil navdagi urug‘larini yoki o‘zaro o‘xshash urug‘larni saqlash taqiqlanadi. Yonma-yon joylashgan ombor bo‘limlari don bilan taxminan 15 sm dan pastroqda to‘ldiriladi [4].
    Alohida bo‘linmalari mavjud bo‘lmagan yalpi omborlarda navdor urug‘larni saqlashda vaqtinchalik bo‘linmalar tashkil qilish uchun mahsus to‘siqlardan foydalaniladi. Bunda to‘siqlar yordamida hosil qilingan bo‘limlar orasida kengligi 1 m dan kam bo‘lmagan yo‘laklar qoldirilishi kerak.
    Urug‘lar qoplarda keltirilganda quyidagilar amalga oshirilishi kerak:
    -urug‘ to‘ldirilgan qoplar asfalt yoki beton polli omborlarda poldan kamida 15 sm yuqoriga, taxta tagliklarga joylanishi kerak;
    -qoplarni ikkitadan yoki uchtadan joylash zarur. Beshtalik taxlash usuli tavsiya etilmaydi.
    -shtabellar orasi, shuningdek devor va shtabellar orasida kamida kengligi 0,5 m bo‘lgan yo‘laklar qoldirilishi kerak. Donlarni yuklash-tushirish ishlari uchun yo‘laklar kengligi kamida 1,25 m bo‘lishi kerak. Ayrim turdagi donlar uchun ombor hajmini aniqlashda don naturasidan aniqlanadigan 1 m3 urug‘larning og‘irligini, don uyumi balandligini va qoplardan tashkil topgan shtabelning balandligini bilish zarur.
    Ayrim don va urug‘larning og‘irligi, don uyumlari balandligi, shuningdek shtabellar balandligi (standart namlikda) 4 va 5-jadvallarda keltirilgan.
    Don uyumi va qoplar shtabelining balandligi don turi va mavsumdan kelib chiqib 5-jadval bo‘yicha belgilanadi.
    Donlar uyum holatida saqlanganda omborning zarur hajmi quyidagi formuladan aniqlanadi:

    Bu yerda:


    M - joylanayotgan don massasi, t da;
    В - uyum balandligi, m da;
    K – 1m3 donning og‘irligi, t da;
    Qoplarga qadoqlangan don va urug‘lar uchun zarur ombor hajmini aniqlash uchun partiyadagi qoplar soni va og‘irligi, qoplar shtabelining balandligi, shtabel egallagan maydon va yo‘laklar maydonini bilish kerak.
    Odatda, yon tomoni bilan joylashgan standart qop ikkitadan terilganda 0,36 m2 (0,9×0,4=0,36) joyni, qoplar uchtadan yoki beshtadan terilganda 0,45 m2 (0,9×0,5=0,45) maydonni egallaydi. Agar bunga qoplar ikkitadan terilganda, ular orasidagi 10 sm qoldirilgan joy ham qo‘shilsa, ikkitalik usulda terilgan ikkita qop 0,82 m2 (0,9×0,4 ×2+0,10=0,82), uchtalik qop 1,35 m2 (0,9×0,5x3=1,35), bitta beshtalik qop esa 2,25 m2 (0,9×0,5×5=2,25) maydonni egallaydi. Shtabellar va ombor devorlari orasidagi masofa 0,5 m dan 1,0 m gacha bo‘lishi kerak.
    2.3-jadval
    Donlarning massasi, t/m3 da (L.A.Trisvyatskiyga ko’ra)

    Don turi


    Don massasi t/m3


    Bug‘doy

    0,730-0,850

    Javdar

    0,670-0,750

    Makkajo‘xori


    0,680-0,820


    Arpa

    0,580-0,700

    No‘xat

    0,750-0,850

    Loviya

    0,700-0,800

    Marjumak


    0,560-0,650


    Suli

    0,400-0,550

    Tariq



    0,670-0,730



    Download 47,71 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 47,71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Don massasi tarkibidagi madaniy ekinlarning qiyin ajraluvchan urug‘lariga

    Download 47,71 Kb.