• Sinf, guruhni joriy o‘quv ishlarini tashkil qilish formasi (dars va uning turlari)
  • Mundarija kirish i-bob. Informatika fanini kasbga yo’naltirib o’tish texnologiyasi




    Download 184.09 Kb.
    bet3/7
    Sana25.05.2023
    Hajmi184.09 Kb.
    #64484
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    16. INFORMATIKANI GUMANITAR FANLAR VA SAN\'ATGA YO\'NALTIRIB O\'QITISH
    Korxona MT4, 2 Elektron didaktik materiallardan foydalanib Informatika va axborot, Matematik fizika tenglamalari (M.Salohiddinov) (2), 1123885, Mavzu 1, Mavzu 10, 1-maruza (1), Lagranj va Nyuton ko‘phadlarini differensiallash-fayllar.org, Id.uz saytidan ruyxatdan utish(Sardor-13), file, 9-sinf-informatika-testlar-2, 1 amaliy, кереккккккк, Elektronika asoslari fanidan MUSTAQIL TALIM
    O‘QITISH FORMASI




    Yaxlit o’qitish shakllari (pеdagogik tеxnologiyalar)

    O’rganuvchilar o’quv faoliyati formalari (juftlik, guruhli, yakka, jamoaviy)



    Sinf, guruhni joriy o‘quv ishlarini tashkil qilish formasi (dars va uning turlari)

    Ssu bilan birga darsdan tashqari ishlar (ekskursiya, uy ishi, fakultativ va h. k. ). Boshqa o’quv qo’llanmada o’qitish shakllari klassifikatsiyasida uchta asosiy tizimga e’tibor qaratiladi.


    Mavjud pedagogik adabiyotlarda “forma” atamasi ancha keng ma’noda ishlatiladi. Bu o’quvchilarda ko’pincha savollar tug’ilishiga olib keladi. Yakka forma va yakka ish bular aynan bir xil narsami yoki yo’qmi, ma’ruza ekskursiya – bu o’qitish shakllarimi yoki usullari?
    Yangi bilimlarni o’zlashtirish darsi – bu dars turimi yoki shakllarimi? Bu savollarga javob berish uchun savolning tarixini o’rganib chiqish zarur.
    “Forma” lotinchadan tarjima qilinganda tashqi qiyofa degan ma’noni bildiradi.
    Shu belgilarga asosan tarixan o’qitishning quyidagi formalari mavjud:

    • yakka (juft bo’lib, XV asrda);

    • guruhli (frontal);

    • mustaqil.

    O’qitishning birinchi shakli, yakka forma bo’lib, bunda o’qituvchining o’zi o’qitadi, qoidalarni tushuntiradi, mashqlarning bajarilishini tekshiradi, o’quvchilar bilan suhbat olib boradi.
    Jamiyatning rivojlanib borishi davomida o’qitishning yakka-guruhli shakli paydo bo’ladi. Bu o’qitish formasi turli yosh va tayyorgarlik darajasiga ega bo’lgan guruhlar uchun mo’ljallangan. Shuning uchun, mashg’ulot navbati bilan har bir o’quvchi bilan yakka tartibda olib boriladi. Unga mos bo’lgan belgilar: o’rganuvchilar soni 10-15 ta odam, o’zaro ta’sir xarakteri juft-parallel, mustaqil darajasi va o’qituvchi tomonidan rahbarlik yakka formadagi kabi. Uni quyidagi sxema ko’rinishda tasvirlash mumkin:



    O’quvchi 1


    O’quvchi 2

    O’qituvchi
    O’quvchi 3
    . . . . . . . . . . . . . . .
    XVI asr oxiri XVII asr boshlariga kelib ommaviy o’qitishga ehtiyoj paydo bo’ldi, chunki jamiyat ishlab chiqarishi va ma’naviy hayot taraqqiyotida siljishga ega bo’lgan edi. O’qitishning ommaviy Shakli paydo bo’ldi. U hozirgi oliy o’quv yurtlaridagi o’qitishning ma’ruza Shaklidir. Bir xil darajadagi tayyorgarlikka ega bo’lgan, o’zgarmas tarkibli katta guruhlar tuzildi. Yil davomida o’qitish jarayoni qat’iy jadval asosida barcha o’quvchilar bilan bir vaqtda olib boriladi. O’rganilayotgan material yildagi mashg’ulotlar soniga mos ravishda qismlarga bo’linadi. Bu qismlar dars deb ataladi. Shunday qilib, sinf-dars tizimi paydo bo’ldi. O’qituvchining bilimlarni bayon qilishi, predmetlar, ko’rgazmali vositalarni tabiiy holda namoyish qilish o’qitishning asosini tashkil qiladi. O’rganuvchilar mustaqil fikrlaSh, kuzatish, tajriba o’tkazishni o’rgana boshlaydilar. Shunday qilib, o’qitish faolroq va ongli xarakterga ega bo’la boshlaydi. O’qitishning bu shakli quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi: o’quvchilarning soni – 100-300 ta (keyinroq 50 tadan 60 gacha) aloqaning frontal xarakterdaligi, o’quvchilarning mustaqillik darajasi oshib boradi, o’qituvchining yetakchi funksiyasi ­ informatsion-nazorat qiluvchi.

    Ta'limni tashkil etish shakllari.


    Ta'limni tashkil etish shakli – bu o’qituvchi va o’quvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq ma’lum rejimda tashkil etiladigan o’quv-bilish faoliyatining tashqi ifodasidir.
    Jahon pedagogika fani va amaliyotida ta’limni tashkil etishning turli shakllari mavjud. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi ta’limni tashkil etishga o’z ta’sirini o’tkazadi.
    Ayni vaqtda ta’limning quyidagi shakllari ajratib ko’rsatiladi: individual, individual-guruhli, sinf-dars, leksiya-seminar va sinfdan tashqari, auditoriyadan tashqari, maktabdan tashqari. Ular o’quvchilarni qamrab olishi, o’quvchilar faoliyatini tashkil etishi, jamoaviy va individual shakllarining nisbatlari, mustaqilligi darajasi va o’qish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari kabi belgilariga ko’ra quyidagi uch asosiy turga ajratiladi:
    1) individual;
    2) sinf-dars;
    3) ma’ruza-seminar.
    O’qitishning eng qadimgi shakli ta’limning individual shakli hisoblanadi. O’qishni tashkil etishning individual shakli antik davr va o’rta asrlarda yagona usul bo’lgan, undan ba’zi mamlakatlarda XVIII asrgacha keng foydalanilib kelingan.
    XVI asrdan boshlab individual o’qitish shaklining ahamiyati pasayib, uning o’rnini ta’limning individual-guruhli shakli egallashiga imkon berdi.
    Ulardan biri bolalarning guruhli (jamoali) ta’limi sanaladi. U G’arbiy Rossiya (hozirgi Belorussiya va Ukrainaning g’arbiy qismlari) birodarlik maktablarida ilk bor qo’llanilgan va u sinf-dars shaklining asosi bo’lib qolgan. Bu tizimlar XVII asrda Yan Amos Komenskiy tomonidan «Buyuk didaktika» asarida nazariy jhatdan asoslab berildi va ommalashtirildi. Olim pedagogikaga o’quv yili, o’quv kuni, dars, mashg’ulotlar orasidagi tanaffus, o’quv ta’tillari kabi tushunchalarni kiritdi.
    Sinf-dars tizimi garchi 350 yil avval asoslangan bo’lsada, bugungi kunda ham keng ko’lamda qo’llanilib kelinmoqda.
    XIX asr oxiri XX asr boshlarida, aqliy rivojlanishida farqi bo’lgan o’quvchilarni o’qitishda individuallashtirishga ahamiyat qaratish masalasi ayniqsa dolzarb xususiyat kasb etdi. Shunga mos ravishda tanlab o’qitish shakli yuzaga keldi (AQShda Batov, yevropada Mangeym tizimi).
    Yevropa va AQShda XX asr boshida o’quvchilarning individual, faol, mustaqil o’quv ishlarini ta’minlashga qaratilgan ko’plab ta’lim tizimlarining samaradorligi sinab ko’rilgan. 1905-yili Dalton shahrida (Massachusets shtati) o’qituvchi Elena Park Xerst tomonidan birinchi bor qo’llanilgan ta’limning individuallashtirilgan tizimi ular orasida eng radikal hisoblangan. Bu tizim dalton-reja nomi bilan pedagogika va maktab tarixiga kirdi. U ba’zan laboratoriya yoki ustaxonalar tizimi deb ham ataydilar.
    ХIII асрда birinchi universitetlar paydo bo’lishi bilan ta’limning ma’ruza-seminar tizimi yuzaga kela boshladi. U yaratilgan paytdan beri hali deyarli hyech bir katta o’zgarishlarga ega emas. Ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya ishlari, konsultatsiya va tanlagan kasbi bo’yicha amaliyot hozirgacha leksiya-seminar tizim sifatida o’qishning asosiy shakllaridan biri bo’lib kelmoqda. Leksiya-seminar tizimi o’zining sof ko’rinishida oliy va oliy maktabdan keyingi ta’lim amaliyotida qo’llaniladi.


      1. Download 184.09 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 184.09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mundarija kirish i-bob. Informatika fanini kasbga yo’naltirib o’tish texnologiyasi

    Download 184.09 Kb.