|
Agar protsedura soxta parametrlarga ega bo‘lmasa, uning sarlavhasida ham, protsedurani chaqirganda ham qo‘yilmaydi
|
bet | 10/14 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 47,18 Kb. | | #104059 |
Bog'liq 20 Paskal tilida dasturlash asoslari mavzusini o\'qitishda in 1. Agar protsedura soxta parametrlarga ega bo‘lmasa, uning sarlavhasida ham, protsedurani chaqirganda ham qo‘yilmaydi; 2. Agar ketmaket keluvchi bir necha formal parametrlar bir tipga ega bo‘lsa, shu parametrlarni vergul bilan ajratib yozilib, oxirida bir marta tipni ko‘rsatish mumkin. Xuddi shu jarayon VAR so‘zidan keyin keluvchi parametrlarga ham tegishli; 3. Protseduraning oxirgi operatori bajarilgandan keyin boshqarish protsedura chaqirilgan joyga qaytariladi. Hozirgi davrda o’sib kelayotgan avlodni mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalash vazifasi muhimdir. Ushbu masalaning hal etilishi ko’p jihatdan o’qitishning interfaol metodlarini qo’llashga bog’liq. Interfaol so’zi inglizcha “Interakt” so’ziga mos kelib, “Inter – o’zaro”, “akt – ish ko’rmoq, ishlamoq” degan ma`nolarni anglatadi. Interfaol o’qitish – muloqotli o’qitish bo’lib, jarayonning borishida o’qituvchi va o’quvchi orasida o’zaro ta`sir amalga oshiriladi. Interfaol o’qitishning mohiyati o’quv jarayonini shunday tashkil etishdan iboratki, unda barcha o’quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo’lib, erkin fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega bo’ladilar.Darslardagi interfaol faoliyat o’zaro tushunishga, hamkorlikda faoliyat yuritishga, umumiy, lekin har bir ishtirokchi uchun ahamiyati nazorat topshiriqlarini birgalikda echishga olib keladigan muloqotli aloqani tashkil etish va rivojlantirishni ko’zda tutadi. Interfaol metodlardan foydalaniladigan o’quv jarayonida o’quvchilar tanqidiy fikrlashga, shart-sharoitlarini va tegishli axborotni tahlil qilish asosida murakkab muammolarni echishga, alternativ fikrlarni chamalab ko’rishga va asosli ravishda qarorlar qabul qilishga, bahslarda ishtirok etishga, boshqalar bilan muloqot qilishga o’rganadilar. Buning uchun darslarda individual, juftli va guruhli ishlar tashkil etiladi, izlanuvchi loyihalar, rolli o’yinlar, ijodiy ishlar qo’llaniladi, hujjatlar va axborotning turli manbalari bilan ish olib boriladi.
|
| |