Yengil avtomobillarda yoʻlovchilar tashish




Download 1.46 Mb.
bet4/10
Sana12.05.2023
Hajmi1.46 Mb.
#59107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Logistika Kurs ishi Utayev Shohruh
Filoviridae, Mustaqil ish Sh.X.I.Sulaymonov, 3-Mavzu АМАЛ. ПТЭ. (2), Markaziy osiyoda bo\'lishi mumkin bo\'lgan tabiiy xavflar, chiziqli, Multimedia, 6753 Operatsion hiso, obnovlenie signatur, chala, Ganeman bo‘yicha gomeopatik dorilar patogenezi, QORAQALPOG\'ISTON GEOGRAFIYASI, DOC-20230417-WA0000. (3), 1 variant o\'lchash, Xolida Tojiboyeva
1.2. Yengil avtomobillarda yoʻlovchilar tashish.
Yengil avtomobillarda yoʻlovchi tashish avtobuslar bilan tashishga nisbatan foydalanilayotgan transport vositalari va tashish ishlarni tashkil etish tamoyillarga koʻra tubdan farqlanadi. Yengil avtomobillarda yoʻlovchilarni tashish asosan quyidagilarga boʻlinadi:
- maxsus taksi avtomombillarda yoʻlovchilarni tashish;
- xizmat yuzasidan yoʻlovchilarni yengil avtomobillarda tashish. Keyingi tashishlar qatoriga aholi buyurtmasiga binoan tantanalarga xizmat etuvchi yengil avtomobillar ishlari ham kiradi. Bundan tashqari aholining shaxsiy mulklari boʻlgan yengil avtomobillarda tashishlar ham bordir. Yengil avtomobillarda yoʻlovchilar tashish ishlarining aksariyati yengil taksi va shaxsiy mulk egalari avtomobillari zimmasidadir.
Taksi yengil avtomobillarda shahardagi yoʻlovchilarni eng qulay tashish turlariga kiradi. Ammo, taksi yengil avtomobillardagi yoʻlovchilarni tashish shahar marshrut transporti almashtirolmay, ularga qoʻshimcha transport turi boʻlib, aksariyat hollarda vaqti ziq boʻlgan yoʻlovchilarni tashishlarda, yoʻlovchining talabiga binoan u aytgan ―eshikdan-eshikgacha‖ boʻlgan tashishlarda, yukli yoʻlovchilar qatnovida, shahar yoʻlovchilar transportning boshqa turi boʻlmagan hududlardagi tashishlarda yoki shahar yoʻlovchilar transporti ishlamaydigan tungi soatlardagi tashishlarda ishlovchi yoʻlovchilar transporti hisoblanadi. Ayrim hollarda yengil avtomombillardan shahar atrofi, qishloq joylardagi va shaharlararo yoʻlovchilar tashishda ham foydalaniladi.
Yengil taksi avtomobillarni ishlatishlikda ulardan jadal foydalanish xarakterlidir. Sutka davomida bunday avtomobillar 13-14 soat ishda boʻlib, oʻrtacha bosib oʻtish masofasi 200-250 km ni tashkil etadi. Aksariyat hollarda yengil taksi avtomobillardan foydalanuvchi yoʻlovchilar yuk bilan qatnovchi yoʻlovchilardir.
Shuning uchun ham taksidan foydalaniladigan avtomobillarga texnik jihatdan yuqori darajada ishonchli, dinamik sifati yuqori, yoʻlovchilarni oʻtirish va ular yuklarini joylashtirish qulay boʻlishi talablari qoʻyiladi.
Barcha yengil taksi avtomobillarida kira haqini oʻlchab boruvchi asbob-taksometr hamda chiroqli signal qurilmalari boʻlishi lozim. Bunda koʻk chiroqli signal taksi boʻshligini, qizil chiroqli signal uning aksi,yaʼni bandligini koʻrsatadi. Taksometrning bir necha xil kira haqini hisoblovchilari boʻlib, avtomobil harakatiga uzatmalar qutisi orqali ishlaydi, agar buyurtmachi talabiga binoan kutib turilsa yoki harakat tezligi 15 km/soatdan kichik boʻlsa, asbob ichiga oʻrnatilgan soat mexanizm bilan avtomobildan foydalanish haqi hisoblanib boriladi.Taksometrlar Davlat standarti talabiga binoan va avtomobil spidometri (harakat tezligi koʻrsatuvchi asbob) kabi plombalanishi shart.
Transport turini tanlash masalasi logistika zahiralarining qulay darajasini tashkil qilish va ushlab turish, qadoqlash va o‘rash turini tanlash va boshqa shu kabi masalalar bilan bog‘liq holda yechiladi.
Muayyan bir mahsulotni tashish uchun transport turini tanlashda har xil transport turlarining xarakterli xususiyati haqidagi axborot asos bo‘lib xizmat qiladi. Logistika nuqtai nazaridan avtomobil, temir yo‘l, suv, havo transportining kamchilik va afzalliklarini ko‘rib chiqamiz.
Avtomobil transporti yordamida yukni kerakli muddatda yetkazib berish mumkin. Transportning bu turi yetkazishning muntazamligini ta’minlaydi. Bu yerda boshqa turlariga nisbatan qadoqlanishiga kamroq talablar qo‘yiladi.
Avtomobil transportining kamchiligiga tashishga nisbatan yuqori tannarxi, ya’ni odatda avtomobilning yuk ko‘tarish qobiliyati (eng ko‘p miqdor) bo‘yicha olinadigan to‘lov kiradi. Bu transport turining boshqa kamchiliklariga yuk tushirish va tashish, yukni yo‘qotish imkoniyati va avtotransportning yo‘lda buzilish imkoniyati borligi, nisbatan yuk ko‘tarilish quvvatining pastligi kiradi.

Download 1.46 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 1.46 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yengil avtomobillarda yoʻlovchilar tashish

Download 1.46 Mb.