|
Xulosa ............................................................................................................................. 181
Glossariy
|
bet | 3/58 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 7,72 Mb. | | #252522 |
Bog'liq Kompyuter grafikasi-1Xulosa ............................................................................................................................. 181
Glossariy ......................................................................................................................... 182
Test savollari .................................................................................................................. 187
Adabiyotlar ro`yxati ...................................................................................................... 199
1-mavzu. Kirish. Kompyuter grafikasi asoslari. Kompyuter grafikasi haqida tushuncha
Reja:
1. Kompyuter grafikasi tushunchasi
2. Kompyuter grafikasining roli, qo`llanilish sohalari
3. Tasvirlarni kompyuter xotirasiga kiritish, saqlash va sifat tushunchasi 4. Grafikaning zamonaviy qurilma vositalari 6. Tasvirlarni saqlashni tashkil etish
Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirgi keng qamrovli sohalarni o`zida birlashtirgan bo`lib, bunda oddiy grafik chizishdan toki real borliqdagi turli tasvirlarni hosil qilish, ularga ko`rinish berish, dastur vositasi yordamida tasvirga doir yangi loyihalarni yaratishga mo`ljallangan. Bu esa multimedia muhitida ishlash imkoniyatini yaratadi. Kompyuter grafikasi jamiyatning barcha sohalarida keng qo`llaniladigan dastur ta’minoti bo`lib, u mavjud va yangi yaratilayotgan dasturlarga asoslanadi. Kompyuter grafikasi jarayonlarni uch o`lchovli fazoda qanday kechishini aniq tasvirlash imkoniyatini yaratdi. Shu boisdan hozirda mavjud amaliy dastur paketlari orqali ko`rilayotgan masalaning asosiy qiymatlarini kiritgan holda uning natijasini grafik shaklda olishimiz mumkin.
Yurtimizda ham dasturlashga bo`lgan talab va e`tibor oshib bormoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvardagi Oliy majlisga qilgan murojaatnomasida ta`kidlangan «Soha uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda 1 million dasturchi» loyihasini amalga oshirilishi dasturlashga bo`lgan e`tibordan darak beradi. Bu loyihadan ko`zlangan maqsad kelgusida jamiyatimizning qurilish, energetika, qishloq va suv xo`jaligi, transport, geologiya, kadastr, sog`liqni saqlash, ta`lim, arxiv sohalarini raqamlashtirishdan iborat.
Hozirda kompyuter grafikasi ilmiy xodimlar uchungina emas, balki rassomlar, loyihachilar, dizayn va reklama bilan shug`ullanadigan mutaxassislar, web sayt yaratuvchilar, o`qitish jarayoni va boshqa sohalarda keng qo`llanilmoqda. Shuning uchun kompyuter grafikasi sohasida yetuk kadrlarni tayyorlash, yosh kitobxonlarga kompyuter grafikasiga doir adabiyotlarni yetkazish oldimizda turgan vazifalardan biri hisoblanadi. Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda ushbu o`quv qo`llanmada tasvir turlari, kompyuter grafikasi turlari, grafik formatlar, rang modellari, proyeksiyalar, tasvirlarni sifatini yaxshilash usullari, tasvirlarni filtrlash, Adobe Flashda animatsiyalar kabi mavzular to`liq yoritib berilgan.
O`ylaymanki, ushbu o`quv qo`llanma oliy o`quv yurti talabalari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, umumiy o`rta maktab o`quvchilari va mustaqil o`rganuvchilarda kompyuter grafikasiga bo`lgan qiziqishini oshirishga, dasturlash muhitida ishlash va mustaqil dastur tuzishga, mamlakatimizning turli sohalari uchun ilovalar yaratishga, zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish ko`nikmalarini shakllantirishga va ularning amaliy ishlarida yangi qirralarning ochilishiga zamin hozirlaydi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Xulosa ............................................................................................................................. 181
Glossariy
|