|
Erituvchilarning fizik xususiyatlari
|
bet | 5/6 | Sana | 02.06.2024 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #259455 |
Bog'liq fErituvchilarning fizik xususiyatlari
Ichki (oraliq) rafinatlarni quyidagi texnologik usullar bilan ajratib olinadi. 1. Ekstrakt eritmasining haroratini pasaytirish bilan. 2. Ekstrakt eritmaga suv qo'shish bilan. 3. Ekstrakt eritmaga yana ekstrakt qo'shish bilan. 4. Yuqori haroratda erituvchini yangi miqdori bilan yuvish. Buning natijasida birinchi uch usulni qo‘llaganda erituvchini selektivligi ortadi va ekstrakt eritmadan oraliq rafinatni ajratib olinadi. To‘rtinchi usulda esa moy gach va petrolatumdan ajratib olinadi.
. Moylarni deasfaltlash
Qoldiq moylarni gudron va yarim gudronlardan ishlab chiqariladi. Bu fraksiyalarda ayniqsa smolali neftlardan olingan bo‘lsa, 50 % gacha smola va asfalten bo'ladi. Smola asfaltenli birikmalaming murakkabligi selektiv erituvchini qo‘llashga yo‘l bermaydi. Shuning uchun moyni qimmatbaho uglevodorodlari uchun erituvchi tanlanadi. Smola-asfaltenli birikmalar erituvchida deyarli erimasdan cho‘kmada qoladi. Erituvchi sifatida suyuq propan ishlatiladi. Jarayonning ko‘rsatkichlari
Moy uglevodorodlarining propandagi eritmasidan smolalar 50—85°C oralig'ida yengil ajraladi. Haroratning yuqori darajasi propanning kritik harorati bilan (96,8°C) chegaralanadi. Propan harorati kritik harorat yaqinlashgani sari uni eritish qobiliyati pasayadi, moyning uglevodorodlari qisman smolalar bilan cho‘kib qoladi. Buning natijasida moyning chiqishi pasayadi. Past haroratda buni teskarisi bo‘lib suyuq propanni eritish qobiliyati ortadi va 40°C da smolalar propanda eriydi va moyning sifati pasayadi. Jarayon kolonnada olib boriladi. Propan kolonna tagidan beriladi, moylar esa tepa qismidan, kolonnani tepa qismida, harorat 70-75°C va pastki qismida 50-60°C bo‘ladi. Kolonnani tepa va pastki qismida haroratni har xil ushlab turish natijasida moydan smola va asfaltenlami to‘liq ajratib olinadi. Haroratni bu farqiga deasfaltlash gradiyenti deyiladi. Propanni suyuq holda ushlab turishi uchun jarayon 4—4,5 Mpa da olib boriladi. Erituvchini va boshlang‘ich mahsulotning nisbati tajriba yo‘li bilan topiladi va u xomashyodagi uglevodorodlar soniga bog'liq. Uglevodorodlar miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, propan bilan boshlang‘ich mahsulot nisbati ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Propan va boshlang‘ich modda 4:1 dan 8:1 gacha bo‘lgan nisbatda olinadi. Propanning miqdori ma’lum darajagacha oshirish deasfaltizat sifatiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi, smolali-asfaltenlarni cho'ktirish tezlashadi. Deasfaltdash jarayonini bir bosqichda olib borish mumkin, lekin olingan mahsulotning sifati ikki bosqichli jarayonda ko‘ngildagidek bo‘ladi. Birinchi bosqichda, olingan asfalt eritmasidan qimmatbaho uglevodorodlami ajratib olish uchun ikkinchi bosqichda deasfaltlanadi. Ikki bosqichli sxemada gudrondan moyni olish 10 % ga ortadi. I va II bosqich deasfaltizatlari sifat bo‘yicha katta farq qiladi. II bosqich deasfaltizatidan juda yopishqoq moylar olinadi.
|
| |